Chiqarib yuboriladigan zaxob suv miqdorini hisobga olish uchun xoʻjaliklararo va magistral K. lar suv oʻlchash postlari bilan jihozlanadi. Oʻzbekistondagi eng yirik magistral K.lar: Sirdaryo vi-loyatida — Shoʻroʻzak, Markaziy Mirzachoʻl, Asosiy Qayir; Fargʻona vodiysida — Shim. Bagʻdod, Soʻx — Isfara, Achchiqkoʻl, Yozyovon, Sari Joʻga; Buxoro viloyatida — Shim. Buxoro, Parallel, Bosh Qorakoʻl; Xorazm viloyatida Koʻlli, Devonkoʻl va Daryolik (davlatlararo). Ularning oʻz. 30–180 km, suv oʻtkazish imkoniyati — 10–170 m³/s, suv yigʻadigan maydoni 13—225 ming ga. Ochiq K.larni ishlatish davomida oʻtkaziladigan ishlar: drenaj oqimini va uning minerallashuvini hisobga olish, loyqa va oʻt bosishdan saqlash va boshqa - Ochiq K.lar qishloq xoʻjaligiga yaroqli yerlarning kattagina qismini egallaydi, yer isrof boʻladi (ularga ajratiladigan may-don sugʻoriladigan yerlarning 5—10% ini tashkil etadi). Shuning uchun ham yangi yerlarni oʻzlashtirishda, asosan, yopiq xoʻjalik K.lari qurilmoqda (yana q. Gorizontal drenaj).
Do'stlaringiz bilan baham: |