II.Fanning maqsad va vazifalari
Fan o‘qitilishining asosiy maqsadi- bo‘lajak “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklariga aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi qoidalarini o‘rgatishdan iborat.
Fanini vazifasi-uni o‘rganuvchilarga:
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish;
- sanoat xavfsizligi xavfli ishlab chiqarish ob’ektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish,
- xavfli ishlab chiqarish ob’ektidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olish
- xavfli ishlab chiqarish ob’ektida avariya yuz bergan holda zarar etkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish;
- sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoya qilish bilim, ko‘nikma va kasbiy malakaga ega mutaxassis kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
«Mashina mexanizmlar xavfsizligi» fanini o‘zlashtirish jarayonida talaba:
sanoat va transportdagi mashina mexanizmlarning ishlash prinsipi xamda xavfsizligi haqida tushunchaga ega bo‘lishi kerak;
mashina va mexanizmlardan foydalanishda mehnat sharoiti, elementlari, uskunalar konstruksiyalarini xavfli omillari, xavfsizlik qoidalari;
mashina va mexanizmlarga qo‘yiladigan asosiy xavfsizlik talablari;
nosozliklar sabablari, xavfli omillarni aniqlash usullari bilishi va foydalana olishi kerak;
mashina mexanizmlar uskunalarida xavfli zonalari;
mashina va mexanizmlarda tormoz, ogohlantirish tizimlari belgilari;
harakatlanish oldidan mexanizmlarning texnik holatini tekshirish;
texnologik jarayonlarda masofadan boshqarish;
mashina va mexanizmlarni o‘ta xavfli zonalarida xavfsizlikni ta’minlash, to‘siqlar bilan birgalikda blokirovkalash qurilmalaridan foydalanish;
saqlash qurilmalari ko‘nikmaga ega bo‘lishi kerak;;
mashina mexanizmlarning bosim ostida ishlovchi qismlariga qo‘yiladigan talablar;
ko‘p qavvatli binolardagi ko‘tarish-tashish mexanizmlardagi xavfsizlik talablari;
mashina mexanizmlarni o‘rnatilishda xavfsizlik;
mashina va mexanizmlarning xavfli zonalarga ajrata olish;
umumiy xavfsizlik chora–tadbirlarini belgilash bo‘yicha malakalariga ega bo‘lishi kerak;
Do'stlaringiz bilan baham: |