Bir programmali tizimlarda faqat bita foydalanuvchi ishlashi mumkin. Bu hol resurslar cheklanganligidan kelib chiqadi. Multiprogramma tizimida bir vaqtda bir necha foydalanuvchi masalalari yechilishi mumkin. Masalalar bir-biriga xalaqit bermasligi uchun o`zining operatsion qobig`ini yaratadi. Multiprotsessorli tizimlarda bittidan ortiq protsessor ishlatiladi. Paketli qayta ishlash tizimlarida topshiriq malumot (berilganlar) tashuvchilarida yozilgan (disklarda) boshqaruv operatorlari ketma-ketligi sifatida keladi va disklarni almashtirish kabi ishlardan tashqari, prgrammani o`qish va bojarish OS o`z zimmasiga oladi. Dialog yoki interaktiv rejimda foydalanuvchilarning murojat vaqti taqsimoti tizimlari orqali taminlanadi. OSda foydalanuvchi tomonidan berilgan har bir buyruq, u kiritilgan zaxoti bajariladi. Tashqi qurilmalardan kelayotgan signallarni qayta ishlash va tezda javob berish uchun real vaqt tizimlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |