Gʻ
ao
≤ S
o
Gʻ
ao
-
axborot oqimi
S
o
-
insonni qabul qilish qobiliyati
Shu shart bajarilmasa, odam xatolarga yoʻl qoʻyadi yoki umuman boshqaruv
masalasini hal qilolmaydi. Amaliyotda quyidagi AEQdan keng foydalaniladi:
tasviriy, matnli, induktsiyali (nazorat oʻlchov asboblari va signal chiroqlari).
AEQning turi boshqarish va nazorat tizimining konstruktsiyasiga,
operatorning vazifalariga va faoliyat sharoitlariga, texnologik jarayonlarga va
ulardagi tezliklarga qarab tanlanadi. AEQdagi , odam bir vaqtning oʻzida nazorat
etadigan yoki koʻrib qabul qiladigan ob’ektlar soni 5...9ta boʻlishi kerak. Bundan
ortiq boʻlsa, operatorning xatolari keskin koʻpayib ketadi.
AEQning optimal gorizontal oʻlchami , agar uni nigohini uzmay kuzatishi
lozim boʻlsa, 30...40ºdan nigohni uzib kuzatsa, 50...60º , chegaradan chiqmasligi,
boshni burishga toʻgʻri kelsa-90ºdan ortiq boʻlmasligi kerak. Asbob shkalalarida
daraja chiziqlari va raqamlaridan boshqa shakllar, belgilar, yozuvlar boʻlmasligi
kerak.
Ergonomikada
mashina
va
mexanizmlarni
boshqarish
organlarini
konstruktsiyalash muhim oʻrin tutadi. Ular qulay va ishonchli boʻlishi, ortiqcha
- 41 -
zoʻriqishlarda va odam xato harakatlar qilganda avariyaga yoki jarohatlarga olib
kelmasligi lozim.
Boshqaruv organlari vazifasiga qarab 4 guruhga boʻlinadi:
1.
ulash va uzish organlari-boshqaruv ob’ektini ishga tushiradi va toʻxtatadi;
2.
almashlab ulash organlari-ob’ektni bir turdagi ishdan boshqasiga oʻtkazadi;
3.
rostlovchi organlar;
4.
avariyaviy organlar (tez ishga tushishi kerak).
Boshqaruv organlari bir xil boʻyoqlar bilan bezatilmasligi, shakllari ham har
xil boʻlishi kerak. Ular qoʻl-oyoq oson etishi, tez koʻzga tashlanishi lozim.
Koʻz bilan koʻrib nazorat etiladigan va qoʻl etar optimal zonada (9 rasm) eng
muhim boshqaruv organlari joylashishi kerak.
3-rasm. Pultda, qoʻl bilan bajariladigan operatsiyalar zonalari va boshqaruv
organlarini joylashtirish: 1-nigoh bilan nazorat va qoʻl etadigan optimal zona; 2-
qoʻl oson etadigan zona; 3-pultning motorli qismining qoʻl etadigan zonasi.
Tez-tez ishlatiladigan boshqaruv organlari qoʻl oson etadigan zonaga
joylashtiriladi. Avariyaviy organlar va koʻz bilan topib oʻtirmay boshqariladigan
organlar boshqalaridan ajralib turishi (rangi, shakli, va boshqa belgilari bilan) kerak.
Kerakli boshqaruv organini qidirib topish uchun juda kam vaqt sarflanishi
kerak, titrash va zarbalarda ular oʻz-oʻzidan ulanib yoki surilib qolmasligi lozim.
Odam boshqaruv organlariga qoʻyadigan kuchlar quyidagi jadvalda berilgan.
- 42 -
Boshqaruv organi
Maksimal kuch, N
Engil tugmalar
Ogʻir tugmalar
Oyoq bilan bosmaydigan tugmalar
Oldinga-orqaga suriladigan richag
Chapga-oʻngga suriladigan richag
Engil tumblyor
Ogʻir tumblyor
Maxovik, shturval
5
30
30-90
150
130
4,5
20
150
Boshqaruv organlariga qoʻl bilan-150N, oyoq bilan-40Ndan qoʻyiladigan
kuchlardan oshmasligi kerak.
Ma’lumki, xavfli harakatlar xavfli sharoitga qaraganda koʻproq baxtsiz
hodisalarni keltirib chiqaradi. Ergonomika xavfli harakatlarning oshirish sabablarini
aniqlash imkonlarini ochib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |