Andijon Mashinasozlik Instituti Transport va logistika fakulteti



Download 9,53 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi9,53 Kb.
#429982
Bog'liq
ysPKIdKjrCbAAnOyWGwBurFRd5HT8OXT


Andijon Mashinasozlik Instituti
Transport va logistika fakulteti
TTE va TL yo'nalishi
3-bosqich 334-guruh talabasi
Jamoldinov Islomjon
Tormoz tizimlarining tasnifi va tuzilishi
Har qanday avtomobilning tormoz tizimi soz bo'lsagina, uni ishlatishga ruxsat etiladi. Avtomobillarda tormoz tizimi - avtomobilni sekinlatish, to'xtatish va to'xtagan joyda tutib turish uchun kerak bo'ladi.
Tormozlash kuchi g'ildirak bilan yo'l orasida, g'ildirakning aylanishiga qarshi yo'nalishda hosil bo'ladi. G'ildirakdagi tormozlash kuchining maksimal qiymati tormozlash kuchini hosil qiluvchi mexanizm imkoniyatlariga, g'ildirakka tushayotgan yuklanishlarga va yo'l bilan Ilashish koeffitsiyentiga bog'hq bo'ladi.

Tormozlash kuchini bclgilovchi barcha shartlar tcng bo'lganda, tormoz tizimining samaradorligi birinchi navbatda avtomobilning tormozlanishini amalga oshiruvchi mexanizmlarning konstruksiyasiga bog'liqdir.

Zamonaviy avtomobillarda harakatlanish xavfsizhgini ta'minlash maqsadida, turlicha vazifalarni bajaruvchi bir necha tormoz tizimi o'rnatiladi. Shu belgilarga qarab tormoz tizimlari ishchi, ehtiyot, to'xtab turish va yordamchi tizimlarga bo"linadi.

Ishchi tormoz tizimi- avtomobilning barcha harakatlanish rcjimlarida uning tezligini to'xtatgunga qadar pasaytirish uchun ishlatiladi. U tormoz pcdalini haydovchi oyog'i bilan bosgandagi kuch ta’sirida ishga tushadi. Ishchi tormoz tizimi boshqa tormoz tizimlariga qaraganda eng katta samaradorlikka ega.

Ehtiyot iormoz tizimi -ishchi tormoz tizimi ishlamay qolganda avtomobilni to'xtalish uchun mo'ljallangan. Uning avtomobilni tormozlashga ko'rsatadigan ta'siri ishchi tizimga qaraganda kamroq bo'ladi. Ehtiyot tizim vazifasini ko'pincha ishchi tormoz tizimining buzilmagan qismi yoki to'xtab turish tizimi bajarishi mumkin.

To'xtab turish tormoz tizimi - avtomobilni o'z-o'zidan yurib ketishini (masalan. qiyaliklarda) bartaraf etish maqsadida, uni to'xtab turgan joyida ushlab turish uchun xizmat qiladi. To'xtab turish tormoz tizimi haydovchi qo'li bilan qo'l tormozining richagi orqali boshqariladi.



Yordamchi tormoz tizimi - uzoq davom etadigan tormozlashda ishchi tormoz tizimiga tushadigan yuklanishlami kamaytirish maqsadida, og'ir yuk ko'taruvchi avtomobillarda (MA3, KpA3. KaMA3) tormoz-sekinlatgich ko’rinishida ishlatiladi (masalan, tog'lik yoki tepalik joylardan uzoq vaqt pastga tushishda).
Tormoz tizimining tuzilishi. Tormoz tizimi umumiy ko'rinishda tormoz mexanizmlaridan va ularning yuritmalaridan tashkil topgan. Tormoz mexanizmlari tizim ishlagan paytda g'ildiraklarning aylanishiga to'sqinlik qiladi, natijada, g'ildiraklar bilan yo'l orasida avtomobilni to'xtatuvchi tormozlash kuchi hosil bo'ladi. Tormoz mexa­nizmlari (2) bevosita avtomobilning oldingi va orqa g'ildiraklariga joylashtiriladi,
Tormoz yuritmasi kuchni haydovchi oyog'idan tormoz mexanizmlariga uzatadi. U asosiy tormoz silindri (5) va tormoz pedali (4), gidrovakuumli kuchaytirgich (1) hamda ularni tutashtiruvchi, ichiga suyuqlik to'ldirilgan naychalardan (trubkalardan) (3) iborat.
Tormoz tizimi quyidagi tartibda ishlaydi: tormoz pedali bosilganda, asosiy silindr porsheni suyuqlikni itaradi va suyuqlik g'ildirak tormoz mexanizmlariga oqib boradi. Suyuqlik amalda siqilmaganligi bois, trubkalardan oqib borib bosim kuchini tormoz mexanizmlariga uzatadi. Tormoz mexanizmlari bu kuchni g'ildiraklarning aylanish qarshiligiga o'zgartirib beradi va tormozlanish sodir bo'ladi. Agar tomioz pedali qo'yib yuborilsa, suyuqlik asosiy tormoz silindriga qaytadi va g'ildirak tormozlanishdan ozod bo'ladi. Gidrovakuumli kuchaytirgich tormoz tizimini boshqarishni yengillashtiradi, chunki u g'ildirak tormoz mexanizmlariga uzatiladigan qo'shimcha kuchni hosil qiladi. Avtomobillar tormoz tizimining ishonchliligini oshirish uchun yuritmada tormoz tizimi qisman ishlamay qolgan paytda yuritmaning ishga yaroqliligini saqlab qolishga imkon beruvchi turlicha qurilmalar ishlatiladi. GA3-24 "Bolga" avtomobilida xuddi shu maqsadda ajratkich qo'llaniladi. Bu ajralkich tormozlash chog'ida tizimda nosozlik yuzaga kelganda, yurilmadagi shu nosoz qismni avtomatik ravishda uzib qo'yadi.

Tormoz tizimining ko'rib chiqilgan ishlash prinsipi gidravlik yuritmaga ega bo'lgan tormoz tizimining asosiy elementlarining o'zaro tasirlashuvini tasavvur etishga imkon beradi. Agarda tormoz tizimining yuritmasida siqilgan havo ishlatilsa, u holda bunday yuritma pnevmatik yuritma deb, bordi-yu bikr (qattiq) tortqilar yoki metall tross ishlatilsa mexanik yuritma deb ataladi. Bu yuritmalarning ishlash prinsipi gidroyuritmadan tubdan farq qiladi.
Download 9,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish