tok doimo 2' qutbdan chiqadigan tokka teng bo‘ lishi shart. To‘rtqutbliklaming umumiy nazariyasida uning istalgan topologiyasi uchun, ya’ni to‘rtqublikni hosil qilgan elementlarning istalgan sxemalari uchun ham haqqoniy bo‘lgan bog‘lanishlar o‘matiladi. Bu bogianishlar murakkab elektr zanjirlar tahlilini nisbatan soddalashtiradi. Birorta holatni hisoblashga qadar, to‘rtta kattalikning musbat yo‘nalishlarini tanlaymiz. Bular - ikki kuchlanish va ikkita tok 160 yo'nalishlaridir. Ular yo‘nalishlari 6.1-rasmda ko‘rsatilganidek, tanlanadi. To‘rtqutblikni tahlil qilish masalasi quyidagilardan iborat: to‘rtqutblikning rejimini aniqlaydigan to'rtta kattalikdan ikkitasi ma’lum - ular ta’sir orqali beriladi. Qolgan ikkita kattalikni, ya’ni ta’sirga reaksiyani aniqlash talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |