9-MAVZU. KAPITAL, FONDLAR VA MOLIYAVIY NATIJALAR HISOBI Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish. Kapital xarakteristikasi va uning sinflari.
Kapitalning e’lon qilinishi va unga to’lanadigan qo’shimcha haq. Qo’shilgan kapitalni hisobga olish. Zaxira kapitalini hisobga olish. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobini yuritish.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish.
Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish. Kapital xarakteristikasi va uning sinflari
Korxona o’z faoliyatini yuritishi uchun tegishli miqdordagi kapitalga ega bo’lishi lozim. Korxona yangi tashkil bo’lganda quyidagi tenglikni kuzatish mumkin:
AKTIVLAR KAPITAL Yaьni davlat ruyxatidan o’tgan kapitalning har bir so’miga taьsischilar tomonidan u yoki bu ko’rinishda qo’shilayotgan aktiv to’g’ri keladi. Keyinroq esa bu tenglik o’zgaradi. Buxgalteriya hisobining xalkaro standartlariga ko’ra «kapital korxonaning barcha majburiyatlari chiqarib yuborilgandan keyin qolgan aktivlarning bir qismidir», yaьni
AKTIVLAR- MAJBURIYaTLAR KAPITAL SHuning uchun ham kapital kompaniyaning sof aktivlari deb ataladi. 15 –sonli va «Buxgalteriya balansi» deb nomlangan Buxgalteriya hisobining milliy standartida korxona o’zlik kapitalining tarkibi quyidagi tartibda berilgan:
Ustav kapitali
Qo’shilgan kapital
3axira kapitali
Sotib olingan o’z aktsiyalari
Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)
Maqsadli moliyalashtirish
Kelgusi davr xarajatlari va to’lovlari zahirasi
Ustav kapitali qatnashchilar tamonidan korxonani tashkil topish paytida uni faoiyatini ta’minlash uchun ta’sis hujjatlarida ko’rsatilgan miqdorda qo’shilgan qo’yilmalari qiymatidan tashkil topadi. Ustav kapitali mulk shakliga ko’ra korxonalarda aktsiyalar, paylar va ulushlar holida yuzaga kelishi mumkin. Davlat va no-davlat tashkilotlari esa Ustav kapitali o’rniga belgilangan tartibda Ustav jam-g’armasini shakllantiradilar.
Ustav kapitali (jamg’armasi)ning summasi ta’sis shartnomasi va korxona Ustavida ko’rsatilgan bo’ladi. Korxona tegishli tashkilotlarda davlat ro’yxatidan o’tganidan keyin uning Ustav kapitalini buxgalteriya hujjatlarida aks etti-rish zaruriyati tug’iladi. Yangi schyotlar rejasiga ko’ra Ustav kapitalini hi-sobga olish va qatnashchilarning ulushlari bo’yicha korxona oldidagi qarzlarining hisobini amalga oshirish uchun quyidagi schyotlar ko’zda tutilgan: «Oddiy aktsiyalar»; «Imtiyozli aktsiyalar»; «Pay va ulushlar», «Ta’sischilarning Ustav kapitali (fondi)ga badallar bo’yicha qarzlari» Ustav kapitalining tarkibi korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga bog’liq bo’ladi. SHuning uchun turli tashkiliy-huquqiy shakldagi korxonalarda Ustav kapitalining yuzaga kelish jarayonini misollar yordamida ko’rib chiqamiz.
Xususiy mulkchilikka asoslangan korxonalarda Ustav kapitali summasi davlat ro’yxatiga olinganidan keyin ta’sis hujjatlarida keltirilgan miqdorda buxgalteriya hisobida aks etti-riladi. Masalan, tadbirkor Dilafro’z Abdullaeva xususiy mulkka asoslangan va Ustav kapitali 500000 so’mni tashkil qilgan o’z korxonasini davlat ro’yxatidan o’tkazdi. Bu xo’jalik muomalasi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: