Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi “buxgalteriya hisobi”


Asosiy vositalarning qayta tiklash qiymati



Download 0,9 Mb.
bet31/238
Sana05.02.2023
Hajmi0,9 Mb.
#908128
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238
Bog'liq
Sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish

Asosiy vositalarning qayta tiklash qiymati - bu asosiy vositalarni joriy vaqt sharoitidagi takror ishlab chiqarish qiymatidir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati inflyatsiya darajasini hisobga olgan holda ma’lum davrda qayta baholanadi. Qayta baholash maxsus qarorga muvofiq amalga oshiriladi.
Joriy qiymat – buasosiy vositalarning ma’lum sanada amal qilayotgan bozor baholari bo’yicha qiymati yoki o’zaro manfaatdor tomonlar o’rtasida aktivlar-ni almashtirish mumkin bo’lgan summadir.
Asosiy vositalar ishlatilishi jarayonida eskiradi va buning oqibatida esa uning boshlang’ich qiymati kamayib boradi. Asosiy vositalarni o’z texnik-iqtisodiy sifatlarini sekin-asta yo’qotib borishini pul ko’rinishida ifodalanishi ularni eskirishi deb aytiladi.
Qoldik qiymat - asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati yoki joriy qiymatidan uning eskirish summasini ayirgandan keyingi qolgan qiymatdir.
Tugatish qiymati - bu asosiy vositalarning foydali xizmat qilish muddati oxirida asosiy vositalarni tugatishda paydo bo’ladigan qiymatdan taxmin qi-linayotgan chiqib ketish xarajatlarlarini ayirgandan keyin qolishi kutilayotgan qiymatdir.
Asosiy vositalarning baholash tamoyillari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar uchun bir xildir. Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati ularga qo’shimcha qurishlar, qo’shimcha jihozlashlar, rekonstruktsiya qilishlar va qisman tugatishlar natijasida o’zgarishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalarda asosiy vositalarni hisobga olish ularni turkumlanuvchi turlari (natural-buyum shakli ) inventar ob’ektlar bo’yicha amalga oshiriladi.
Inventarь ob’ekt deganda – tugallangan qurilma, buyum yoki ushbu ob’ekt uchun belgilangan funktsiyani bajarish uchun kerakli moslamalari bo’lgan buyumlar majmuasi tushuniladi.
Asosiy vositalarni saqlanishini nazorat qilish maqsadida har bir in-ventar ob’ektga inventar raqam beriladi. Inventar raqamlar bir marotaba ishlatiladi. U asosiy vosita korxonaga keltirilgan vaqtda beriladi, u belgi tariqasida ob’ektda va buxgalteriya xisobining boshlang’ich hujjatlarida qayd qilinadi. Bu raqam ob’ekt korxonada bo’lgan davr mobaynida saqlanib turiladi. Asosiy vosita chiqib ketgandan keyin inventar raqam boshqa ob’ektga berilmaydi.
Asosiy vositalarni keltirilishi «Asosiy vositalarni qabul qilib olish–topshirish dalolatnomasi» orqali rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni qabul qilib olish-topshirish dalolatnomasi odatda ikki tomon vakillaridan tuzilgan maxsus komissiya – ob’ektni qabul qilib oluvchi va topshiruvchi tomonidan rasmiylashtiriladi. Ob’ektni qabul qilib olish bo’yicha komissiya tarkibiga, odatda, korxonaning bosh mexanigi, asosiy vosita ishlatiladigan bo’lim boshlig’i va ushbu ob’ektni saqlanishiga javob be-ruvchi – mas’ul shaxslar kiritiladi.
Asosiy vositalarni qabul qilib olish–topshirish dalolatnomasi komis-siyaning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi. SHundan keyin korxona buxgal-teriyasi ushbu operatsiya natijasida yuzaga keluvchi schyotlar bog’lanishini ko’rsatib, dalolatnomani buxgalteriya yozuvlari bilan rasmiylashtiradi.
Buxgalteriya yozuvlarida odatda asosiy vositalar qiymat ko’rinishida aks ettiriladi. Binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalarning sotib olish qiy-matiga ularni tashib kelish, montaj qilish, o’rnatish, va foydalanishga topshirish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlari xam kiradi.
Asosiy vositalarni sotib olish va foydalanishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar kapital qo’yilmalar shaklida yoki daromad olish bilan bog’liq xarajat-lar shaklida hisobga olinadi. Hisobot davri tugagandan keyin ham kapital qo’yil-malar manfaat keltirishi kutiladi. SHuning uchun bunday xarajatlar kapital-lashtiriladi, ular aktivlarni sotib olish deb tavsiflanadi va schyotining debeti bo’yicha hisobga olinadi. Aktivning kapital-lashtirilgan qiymati joriy va kelgusi davrlar uchun xarajatlar deb eskirish (amortizatsiya) orqali tan olinadi.
Asosiy vosita sotib olingandan keyin uni foydalanishga tayyorlash uchun qilingan barcha xarajatlar aktivning qiymatiga qo’shiladi. Uskunalarni o’rnatish va rekonstruktsiya qilish xarajatlari, binoni zamonaviylashtirish va tarkibiy o’zgartirishlar, ya’ni sotib olingan yoki foydalanilayotgan asosiy vositalar bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq shunga o’xshash xarajatlar ularning boshlang’ich qiymatining qismi sifatida kapitallashtiriladi.
Zamonaviylashtirish vaqtida qilingan ustama xarajatlar, jumladan, sug’urta to’-lovi, soliqlar, nazorat idoralariga to’lovlar, shuningdek, oldin foydalanishda bo’lgan vositani ta’mirlash bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lgan yordamchi xa-rajatlar ham kapitallashtiriladi. Bu xarajatlar asosiy vosita qiymatini oshiradi va ular korxona uchun uzoq muddat xizmat qilishiga olib keladi. Olingan vosita ta’-mirlash bilan bog’liq bo’lgan shunga o’xshash xarajatlar kapitalizatsiya kilinmaydi. Masalan, asosiy vositalarni o’rnatishda paydo bo’lgan shikastlanishlarni ta’mirlash xarajatlari kapitalizatsiya qilinmaydi.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   238




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish