Andijon mashinasozlik instituti “sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish” kafedrasi


Materiallarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi. Xo’jalik jihozlari va inventarlar hisobining hususiyatlari



Download 0,74 Mb.
bet66/195
Sana06.05.2023
Hajmi0,74 Mb.
#935981
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби - дарслик 2019

Materiallarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi. Xo’jalik jihozlari va inventarlar hisobining hususiyatlari.


        1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish. Olingan materiallar bo’yicha hisob-kitoblar hisobi.

Xo’jalik sub’ektlarining tovar-moddiy qiymatliklari asosiy va aylanma mablag’lardan tashkil topadi. Tovar-moddiy boyliklarning yuqoridagi ikki guruhga bo’linishi birinchidan, ularning mahsulot tannarxining shakllanishidagi ishtirokiga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan ularni sotib olish manbalariga qarab bir-biridan farq qiladi.


Korxonalarda aylanma mablag’larning asosiy qismini materiallar tashkil etadi. Ularning hisobi 4-sonli O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standartiga binoan yuritiladi.
Tovar-moddiy zahiralari deb nomlangan 4-sonli Uzbekiston Respublikasi BHMSga muvofik tovar-moddiy zahiralari bu xujalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy kurinishga ega bulgan aktivlaridir.
Tovar-moddiy zahiralarning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Ishlab chikarish va xizmat kursatish jarayonida ishlatilishi kuzda tutilgan xom - ashyo va materiallar, sotib olingan yarim tayyor maxsulotlar, butlovchi buyumlar, yokilgi, extiyot kismlari, xamda arzon baxoli tez eskiruvchi buyumlar.

  • Tugallanmagan ishlab chikarish .

  • Xujalik yurituvchi sub’ektning ish faoliyatida sotish uchun muljallangan tayyor maxsulot va tovarlar.

Tovar-moddiy qiymatliklarning to’liq saqlanishi, ular bo’yicha moddiy javobgarlikni to’g’ri tashkil qilinishi bo’yicha nazoratni olib borish bevosita rahbari va bosh buxgalteri zimmasiga yuklatiladi.
Korxona bosh buxgalteri tovar-moddiy qiymatliklarni to’liqligini ta’minlash maqsadida ularni tegishli moddiy javobgar shaxslarga moddiy javobgarlik to’g’risidagi shartnmaga asosan biriktiradi. Har bir moddiy javobgar shaxs buxgalteriyaga belgilangan muddatlarda tovar-moddiy boyliklarning holati va harakati bo’yicha hisobot berib boradilar. Hisobotda tovar-moddiy qiymatliklarning nomi, natural o’lchovi, miqdori, bahosi, summasi ularning har bir turi bo’yicha ko’rsatiladi.
Moddiy javobgar shaxslar tomonidan tuzilgan tovar-moddiy qiymatliklar to’g’risidagi hisobot buxgalteriyaga topshirilgandagina ularning harakati bo’yicha hisob va nazorat ishlarini tashkil qilish uchun asos yaratiladi.
Tovar-moddiy qiymatliklarning to’liqligini ta’minlash birinchidan ishlab chiqarish, ta’minot va sotish rejalarining bir me’yorda bajarilishini ta’minlash, ikkinchidan xarajatlarni kamaytirish, mahsulot tannarxini pasaytirishga zamin yaratadi.
Tovar-moddiy qiymatliklardan unumli foydalanish birinchidan mahsulot tannarixini arzonlashtirishga qaratilgan omil hisoblansa, ikkinchidan ularni sotib olishga sarf qilinadigan pul mablag’larini tejash imkonini beradi.
Hisob tizimida mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan xarajatlar haqidagi ma’lumotlar shakllantirilib, ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxi aniqlanadi. Unda mahsulot ishlab chiqarishga belgilangan xarajat me’yorlari bilan qilingan haqiqiy xarajatlarni bir biri bilan taqqoslanadi. Buning natijasida sifatli mahsulot ishlab chiqarish, mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan xarajatlarni tejash imkoni yaratiladi.
Tovar-moddiy qiymatliklarning harakati asosan ikki sub’ekt o’rtasida, ya’ni mahsulot yetishtiruvchi va mahsulotni qayta ishlovchi, qayta ishlangan mahsulotni oluvchi o’rtasida sodir bo’ladi. Ular o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tomonlar bilan tuzilgan shartnomalar bilan tartibga solinadi.
Tovar-moddiy qiymatliklar va zahiralar, shu jumladan materiallarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir:

  1. Tovar-moddiy qiymatliklar kirimi, saqlanishi va chiqimi yuzasidan xo’jalik muomalalarini o’z vaqtida va to’g’ri hujjatlashtirilishini ta’minlash.

  2. Tovar-moddiy qiymatliklarning o’rnatilgan tartibda baholanishini amalga oshirish.

  3. Tovar-moddiy qiymatliklar analitik va sintetik hisobini to’g’ri tashkil etish.

  4. Tovar-moddiy qiymatliklar saqlanishi va foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.

  5. Tovar-moddiy qiymatliklar holati va harakati to’g’risidagi ma’lumotlarning ishonchliligini va moliyaviy hisobotda ob’ektiv aks ettirilishini ta’minlash.

Yuqoridagi vazifalarning amalga oshirilishi xo’jalik sub’ekti moliyaviy-xo’jalik faoliyati uning moliyaviy natijalari va moliyaviy holati to’g’risidagi axborotlarning ishonchliligini ta’minlash uchun xizmat qiladi.
Tovar-moddiy zahiralarning harakatini to’g’ri hujjatlashtirish ularning to’liqliligini ta’minlash, moddiy javobgar shaxslar tomonidan hisobotini o’z vaqtida topshirilishini talab qiladi. Hisobotlarni o’z vaqtida topshirilishi tovar-moddiy zahiralarga bo’lgan talabni o’rganish imkoniyatini beradi. O’z navbatida tovar-moddiy zahiralar buxgalteriya hisobining turli schyotlarida hisobga olinishi tufayli ularni hujjatlashtrishda ham ayrim farqlar bo’lishi tabiiy. Tovar-moddiy zahiralarni hujjatlashtirish ularni saqlash joylariga qanday maqsadlarga yo’naltirilganligiga, qabul qilib oluvchi va sarflanishi bo’yicha moddiy javobgar shaxslarning to’g’ri tanlab olinishiga, bunday operatsiyalarni amalga oshirish uchun ruxsat beruvchi xodimlarga xam bevosita bog’liq.
Korxona xo’jalik faoliyatida tovar-moddiy zahiralarning holati asosan buxgalteriyada hisobga olib borilsa xam, ularning kirim-chiqimi boshqa bo’limlar tomonidan ham nazorat qilinadi.
Korxonaga tovar-moddiy zahiralarni yetkazib berish tashqaridan yoki mahalliy mol yetkazib beruvchilar tomonidan ikki usulda: birinchisi, bevosita ishlab chiqaruvchi tomonidan yetkazib berish, ikkinchisi, haridor tomonidan mahsulotni ishlab chiqarish korxonasining o’zida yetkazib berish orqali amalga oshiriladi. Agar mahsulot iste’molchiga mol yetkazib beruvchi tomonidan yetkazib berilishi, mol yetkazib beruvchi shartnomaga asosan belgilangan muddatlarda mahsulotni yetkazib berishga majburdir.
Korxona materiallarni qabul qilish, ro’yxatga olish, tekshirish, hisob-kitob hujjatlarining aktseptlanishi va o’tkazilishi tartibini o’zi o’rnatadi. Bunda yetkazib berish shartlari, transportirovka, korxonaning tashkiliy strukturasi, bo’linmalar va mansabdor shaxslarning funktsional majburiyatlaridan kelib chiqiladi.
Materiallarni qabul qilishda umumqabul qilingan harakatlar yoki qoidalar quyidagicha:
1. Hujjatlarni qabul qilinayotgan yuklar hisobi jurnaliga qayd etish, ya’ni registratsiya qilish.
2. Ushbu hujjatlarning yetkazib berish shartnomasi shartlariga, yaьni materiallar assortimenti, bahosi, miqdori, yukni jo’natish shartlari va muddatlari va boshqalar yuzasidan mos kelishini tekshirish.
3. Hisob-kitob hujjatlaridagi hisoblarning to’g’riligini tekshirish.
4. To’lovga rozilik berish yoki asosli raivshda undan voz kechish.
5.SHartnoma shartlari buzligan hollarda haqiqiy javobgarlikning xolati va miqdorini o’rnatish.
6. Korxonada o’rnatilgan hujjatlar aylanishi tartibi va muddatiga mos ravishda hujjatlarni buxgalteriya yoki moliya bo’limiga topshirish.
7. Materiallarni kirim qilish.
Mol yetkazib beruvchidan materiallarni shartnoma asosida qabul qilishda boshqa hisob-kitob va kuzatuvchi (soprovoditelьnыe dokumentы) hujjatlar: to’lov topshiriqnomasi, schet-fakturalar, yuk xatlari, spetsifikatsiya, sertifikat,sifat guvohnomalari va boshqalar birgalikda qabul qilinishi kerak.
Odatda materiallarni omborga ekspeditor olib keladi va unga korxona rahbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolangan, muhrlangan (M-2-shakl va M-2a-shakl) ishonchnoma yozib beriladi hamda u (M-2b-shakl) maxsus daftarga qayd qilinadi.
Ekspeditor tomonidan materiallar omborga topshirilishda moddiy javobgar shaxs tomonidan kirim orderi (M-4 shaklidagi kirim orderi) to’ldiriladi.
TMZlar bo’linmalar ekspeditorlari tomonidan schyot-fakturalar asosida qabul qilinadi. Ekspeditor TMZlarni ombor moddiy-javobgar shaxsiga mol yetkazib beruvchining hujjatlari asosida topshiradi. Agar miqdor va sifat jihatidan hech qanday tafovutlar chiqmasa, javobgar buxgalter ma’lumotni hisob tizimiga kiritadi. Omborning moddiy-javobgar shaxsi esa ma’lumotni analitik hisob tizimiga kiritib, kirim orderini rasmiylashtiradi va hisob kartochkasida aks ettiradi.
TMZ kirim orderi o’rniga mol yetkazib beruvchinig hujjatiga shtamp qo’yish orqali ham qabul qilinishi mumkin. Bunda shtampdagi rekvizitlar to’ldiriladi va navbatdagi kirim orderining nomeri qo’yiladi.
Agar materiallar mol yuboruvchining omboridan avtotransport bilan markazlashgan holda olib kelinsa, to’rt nusxada tovar-transport nakladnoyi (M-5 -shakl va M-6- shakl) tuziladi:

  • mol xarid qiluvchiga – kirim orderining o’rniga materiallarni kirimga olish uchun;

  • mol yuboruvchiga – material qiymatliklarini hisobdan chiqarish uchun;

  • avtotransport xaydovchilariga ish haqi hisoblash uchun;

  • bankka topshirish uchun.

To’lov hujjatlarisiz kelib tushgan materiallarni mol yuboruvchining hujjatlari bilan solishtirgan vaqtda aniqlangan (son, sifat) tafovutlarni rasmiylashtirishda materiallarni qabul qilish to’g’risida dalolatnoma (tipovoy M-7-shakl) tuziladi. Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi:

  • birinchisi – kam yoki ortiqcha chiqqan materiallar summasini schetlarda aks ettirish uchun buxgalteriyaga topshiriladi;

  • ikkinchisi – da’vo rasmiylashtirish, ortiqcha chiqqan materiallar bo’yicha qo’shimcha to’lov talabnomasi yuborish to’g’risida mol yuboruvchilarga xabar berish uchun marketing bo’limiga topshiriladi. Dalolatnoma tuzilgan bo’lsa kirim orderini tuzish shart emas. Kirim orderlari materiallar kelib tushgan kuni tuziladi.

Ba’zan ishlab chiqarish sharoitidan kelib chiqib, materiallar bevosita ishlab chiqarish bo’linmasiga, ya’ni omborni chetlab o’tib, qabul qilinadi. Bunday materiallar omborga qabul qilingan va ishlab chiqarish bo’linmasiga o’tkazilgan materiallar sifatida rasmiylashtiriladi. Bunda omborning kirim va chiqim hujjatlarida yuklar tranzit tariqasida topshirilgani haqida belgilar qo’yiladi.
Bo’linmalarga tranzit tartibda berilishi mumkin bo’lgan materiallar ro’yxati, korxona farmoyish hujjati bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Materiallar vaqtincha javobgarlikda saqlash uchun qabul qilinayotgan bo’lsa (postupayuщie na otvetstvennoe xranenie), ombor mudiri tomonidan maxsus kitob yoki kartochkaga yoziladi va omborda alohida saqlanadi va maxsus ruxsatnomasiz sarflanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Materiallar hisobdor shaxslar tomonidan xarid qilingan bo’lsa, tegishli schyot, chek, kvitantsiya, xarid haqidagi ma’lumotnoma ilova qilingan avans hisoboti asosida qabul qilinadi va o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Moddiy qiymatliklarning omborga topshirilishi TMZlarning ichki harakati bo’yicha yuk xatlari (forma M-11) bilan rasmiylashtiriladi:
-bo’linma tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot korxonaning o’zida iste’mol qilinsa yoki keyingi qayta ishlash uchun berilsa;
- bo’linmalar tomonidan omborga qaytarilayotgan bo’lsa;
- ishlab chiqarish jarayonida chiqindilar yoki brak paydo bo’lsa;
- asosiy vositalarni likvidatsiya qilish paytida materiallar topshirilgan bo’lsa.
Omborlardan tovar-moddiy boyliklar haridorlarga chiqarilayotganda birinchi bor tovar oluvchi xo’jalik sub’ekti o’z vakiliga tegishli xo’jalik sub’ektlardan tovar-moddiy boyliklarni olish xuquqi beruvchi ishonchnomani taqdim qiladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish