Soliq hisobi dastlabki hujjatlar asosida foyda solig’i bazasini aniqlash maqsadida axborotlarni umumlashtirish, soliqlarni o’z vaqtida va to’lik hisobla-nishi hamda to’lanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun ichki va tashqi foy-dalanuvchilarni obektiv malumot bilan taminlash tizimidir.Soliq hisobi soliq to’lovchi tomonidan mustaqil tarzda tashkil kilinadi.
Shunday qilib, moliyaviy, boshqaruv va soliq hisoblarini buxgalteriya hisobining ayrim bo’laklari sifatida tushunmoq kerak ekan. Ularning mohiyati, ahamiyati va vazifalari bilan chuqurroq tanishib chiqish uchun buxgalteriya hisobi bo’yicha jahon tajribasiga murojaat etish kerak. Shu sababli biz xalqaro va milliy buxgalteriya hisobi tizimlari haqida to’xtalib o’tmoqchimiz.
Buxgalteriya hisobi tizimi deb, shunday yaxlit majmuaga aytiladiki, u ishlab chiqarish, ta’minot, sotish jarayonlarini birlashtirib ko’rsatuvchi, makro va mikro darajada strategik va taktik masalalarni hal qilishga imkoniyat beruvchi hisoblar rejasiga asoslangan bo’ladi. Хalqaro tajriba ko’rsatishicha, hisob tizimlari milliy va xalqaro darajada quyidagi beshta ko’rsatqich bilan tavsiflanadi:
makro va mikro darajada qarorlar qabul qilish uchun yetarli darajada axborotni olishda rivojlangan milliy buxgalteriya standartlarining mavjudligi va ishlatilishi;
buxgalteriya hisobotining milliy hisoblar rejasi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar miqyosida buxgalteriya hisobining tashkiliy tuzilishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati yakuniy natijalarini aniqlashning turlichaligi;
hisob tizimining maqsadi korxona faoliyati natijalarini ma’lum bir ko’rsatkich yoki ko’rsatkichlar tizimi bo’yicha aniqlashga qaratilgan bo’lishi.
Mana shu ko’rsatkichlar bilan bir-biridan farq qilib turuvchi hisob tizimlari soni ХХ asr 60-yillari oxiriga kelib 100 dan ortib ketdi. Bu tizim-larning birortasi to’lig’icha boshqa birortasiga mos tushmaydi.
Jahon tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, ko’pchilik hisob tizim-larida buxgalteriya, yuqorida aytganimizdek, ikkiga, ya’ni moliyaviy va boshqaruv buxgalteriyasiga bo’linar ekan. Moliyaviy yoki umumiy buxgalteriya korxonaning davlat, bank, aksionerlar, mol yetkazib beruvchilar,xaridorlar va boshqa aloqador tashkilotlarni axborot bilan ta’minlash masalalarini hal qilish bilan shug’ul-lanadi.
Ayrim milliy hisob tizimlariga mos keluvchi tashqi yoki moliyaviy buxgalteriya u yoki bu darajada davlat tomonidan belgilanadi, ba’zi hollarda bir necha davlatlar tomonidan aniqlab beriladi. Bu hisob turi ko’proq tashqi aloqalar bilan bog’liq bo’lgani uchun davlat tomonidan aralashuv turli firmalar moliyaviy va mulkiy faoliyatini bir xil baholash, moliyaviy natijalar, ya’ni foydani aniqlash bir xil usulda amalga oshishi uchun tashkil etiladi.
Boshqaruv hisobi esa yordamchi yoki ichki buxgalteriya deb yuritilib, u korxona faoliyati samaradorligini oshirish muammolarini hal qilishga yordam beradi.
Boshqaruv hisobi, odatda, davlat yoki kasbiy tashkilotlar tomonidan belgilanmaydi. Lekin ba’zi bir milliy va millatlararo tizimlarda (masalan, fransuz hisob tizimi, Germaniya hisob tizimi) bir yoki ikki sinf hisoblari bilan ajratilgan bo’ladi.
Boshqaruv yoki tahliliy buxgalteriyaning maqsadi mas’uliyat markazlari, faoliyat sohalari bo’yicha axborot berish va uning tahlilidir. Natijada juda yirik bo’lgan firma va korporatsiyalarda daromadlar (marjalar), xarajatlar va foyda hisobi bir necha o’n yoki yuzlab mas’uliyat markazlari bo’yicha tashkil qilinadi. Bunda boshqaruv hisobi va moliyaviy hisob o’rtasida o’zaro bog’liqlik turli usullar bilan maxsus (aks ettiruvchi, parallel, kesishuvchi, yig’ib taqsimlovchi) hisoblar yordamida amalga oshiriladi.
Moliyaviy hisob umumqabul qilingan standartlar va tamoyillar asosida yuritiladi. Aynan ana shu standart va tamoyillar moliyaviy axborotning qayd qilinishi, baholanishi va topshirilishini tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |