Babbitlar. Babbitlar deb asosiy qalay va qo’rg’oshindan tashkil topgan antifriktsion qotishmalarga aytiladi. Kimyoviy tarkibi bo’yicha babbitlar uch guruxga bo’linadi.
1.qalayli babbitlar (B 88, B 83).
2.qalay-qo’rg’oshinli babbitlar (B 16, BN, BS6).
3.qo’rg’oshinli babbitlar (BKA , BK 2, BS ).
Bulardan xossalari bo’yicha B 83 eng yaxshi babbit hisoblanib, uning tuzilishi yumshoq qalaydan iborat bo’ladi. Qotishmaning asosida surma donachalari, Q – qattiq eritmaning donachalari va Cu3 Sn kimyoviy birikmaning kristallari joylashgan bo’ladi.
B 83 da 83% Sh, II % Sb, 6 % Cu, bor. Lekin bu qotishmada qalayning miqdori ko’p bo’lganligidan u qimmatbaxo material hisoblanadi, shuning uchun juda muxim podshipniklar tayyorlashda ishlatiladi. (B 83) ning mikrotuzilishi 33-rasmda ko’rsatilgan.
B 83 markali babbitning mikrotuzilishi (HNO3 ning 4% spirtdagi eritmasida Kuydirilgan)
x 100.
Do'stlaringiz bilan baham: |