Andijon mashinasozlik instituti «materialshunoslik va yangi matеriallar tеxnologiyasi» kafedrasi «materialshunoslik»


Gaz bilan to‘ldirilgan plastmassalar



Download 7,16 Mb.
bet81/93
Sana08.11.2022
Hajmi7,16 Mb.
#862450
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93
Bog'liq
ma`ruzalar

Gaz bilan to‘ldirilgan plastmassalar. Makrostrukturasiga qarab gaz bilan tuldirilgan plastmassalar 2 guruhga bo‘linadi: 1-penoplastlar; 2-poroplastlar.
Penoplastlarning asosi polimer bo‘lib, yopik bir-biridan xolis yacheykalar tizimini hosil qiladi. Yacheykalar gaz bilan tuldirilgan.
Poroplastlarda esa asos polimer yacheykalari orasidagi tusiqlar qisman buzilgan va bir-biri bilan tutashgan. Poroplastlar elastik, hajmiy og‘irligi 25-45 kg/m3; Poroplastlar tarkibiga shunday moddalar qo‘shiladiki, ular qizdirilganda kaynab-parlanib ketishi kerak yoki suv bilan yuvganda yuvilib chikib ketishi kerak. Poroplastlar blok tarzida, yuzalari plyonka bilan qoplangan holda chiqariladi. Tovushni juda yaxshi yutadi-70-80%.
Penoplast-bikir material, kichik hajmiy og‘irlikka ega-20-300 kg/m3. Cho‘kmaydi, issiqlikni o‘tkazmaydi hisob. Issiqlik o‘tkazish koeffitsienti 0,003-0,007 Vt/(m*K).
Polistirol, polivinilxlorid, polietilen va boshqalar asosidagi termoplastik renelplastlar ularni kupirtirib yuqori elastik deformatsiya holatida olinadi. Bu holat oynalanish haroratidan 10-200S yuqorida qizdirilganda bo‘ladi. Termoturgunlik past ttur<600S.
Govakli struktura smolalar tarkibiga gaz hosil qiluvchilar qo‘shish bilan olinadi: poroforlar;
Eng ko‘p tarqalgani va puxtasi-bu penopolistirol (PS) va penopolivinilxlorid (PXV), t=+600S da ishlaydi. Fenolkauchukli (FK) penoplastlar t = 120-1600S da ishlaydi. Agar alyuminiy upasi qo‘shilsa, FK-20-A-20 penoplasti uchun t=200-2500S. Penoplast K-40 uchun t=3000S.
Penoplastlar issiq utkazmaydigan konstruktsiyalarda ko‘p ishlatiladi: samolyotda, xolodilniklarda, konteynerlarda va h.k. Konstruktsiya ichki hajmlarini to‘ldirishda ham ishlatiladi. Bunda nisbiy mustahkamlik, bikirlik, titrashga qarshilik ortadi.

Nazorat savollari:

1. Plastmassa deb qanday birikmaga aytiladi?


2. Organik to`ldiruvchili termoplastik plastmassalar qaysilar?
3. Organik oyna qanday oyna?
4. Qanday material kompozitsion material deyiladi?
5. Rezinaga tashqi muhitning ta'siri qanday?
6. Mashinasozlikda keramika nima uchun qo`llaniladi?
15-modul. Nanotexnologiya asosida olingan materiallar
Reja:

  1. Nanomateriallarni tarkibi, tuzilishi, xossalari.

  2. Ularni olinish texnologiyalari va qo’llanilish sohalari.

“Nanotexnologiya” termini birinchi marta yapon olimi N. Tanituchi tomonidan 1974 yilda ishlatilgan.


“Nano” so‘zi milliarddan bir qism, milliardni bir qismi degani va (NM)=10-9mdegani. Eslatamiz, angstrem=10-8sm (1millimetr=10-3m, 1mikrometr=10-6m). Demak, nano bu uzunlik birligi. Buni “sezib” taqqoslash uchun, shuni aytish kerakki inson sochining qalinligi-diametri taxminan 50000 nanometrga teng.
Nanotexnologiya asosida konstruktsion materiallarga miyaga (xayolga) kelgan xossalarni berish mumkin. Hozirda nanotexnologiyaga yiliga 9-10milliard dollar sarf qilinyapti :AQSh da 4-5 milliard, Yaponiyada 2-3 milliard. Lekin nanotexnologiyadan keladigan foydani 2010-15yillir davomida bir necha trillion dollar kutilyapti.
Nanotexnologiya sanoatda 1994 yildan boshlab qo‘llanila boshlagan.
Nanomateriallar – bular moddalar va moddalar kompozitsiyasidir, qaysilarki, sun’iy yoki tabiy tartibga solingan yoki solinmagan nanometrik xarakteristikali o‘lchamli bazoviy elementlar tizimi – sistemasidir. Bularda nanometrik o‘lchamli elementlarni kooperatsiya qilganda (birlashtirganda-yiqqanda) ularni o‘zaro fizikaviy va kimyoviy ta’siri alohida (maxsus) namoyon bo‘ladi. Bularning hammasi materiallar va sistemalarda ilgari ma’lum bo‘lmagan xossalarni paydo bo‘lishini ta’minlaydi: mexanik, kimyoviy, elektrofizik, optik, teplofizik va h.k.
Hozirgi paytda nanomateriallarni (molekulyar o‘lchamli yoki unga yaqin darajada strukturalashtirilgan) har xil perspektiv-istiqbol usullaridan foydalaniladi. Usullarni nanoob’ekt yuzaga kelish printsipiga qarab asosan ikki gruppaga bo‘linadi. 1)Materiallar yuzalarida nanostruktura hosil qilish: neytron atomlar, ionlar elektronlar tutamlari bilan ishlash plazma bilan xurushlash (“travlenie”) va boshqa usullar bilan ishlash. 2)Nanoobektni-nanomaterialni atomma-atom yoki molekulama-molekula yig‘ish. Nanoob’ektlarni ikki usulda olinadi.
1)Sun’iy usullar: olinayotgan nanoobekt xarakteriga qarab har xil usullar qo‘llaniladi; fizikaviy, kimyoviy, biologik va boshqalar. Ba’zi hollarda birnechtasi birgalikda. Nanoobektlarni o‘ta vaakum sharoitida, suyuq muhitda yoki gaz atmosferasida olish mumkin.
2)O‘z – o‘zidan yig‘ilish: Bunga nanotexnologiyada katta e’tibor beriladi. O‘z-o‘zidan yig‘ilish molekulalarni hamma vaqt energiyasi kam satxga o‘tishga intilish printsipiga asoslangan.
O‘z – o‘zidan yig‘ilishda nanokonstruktor yuzaga yoki oldindan yig‘ilgan nanokonstrukturaga ma’lum atomlar yoki molekulalar kiritiladi. So‘ngra molekulalar o‘zlarini ma’lum holatda tekislaydilar-to‘g‘rilaydilar, ba’zan kuchsiz bog‘lanish hosil qilib, ba’zan kuchli kovalent bog‘lanish qilib.
O‘z – o‘zidan yig‘ishning yana bir turi – bu kristallarni o‘stirishdir. Kristallarni eritmadan o‘stirish mumkin, dastlabki (murtak, xomila) kristalldan foydalanib. Bunda katta emas kristall tarkibida o‘zi materiali ko‘p bo‘lgan muhitga (ko‘proq eritmaga) joylashtiriladi. So‘ngra bu komponentlarga kichkina kristall yoki murtakka-xomilaga taqlid (“imitatsiya”-o‘xshash) qilishga ruxsat qilinadi. Mikrochipplarni yaratishda ishlatiladigan kremniyli bloklar shu tarzda o‘stiriladi.
Nanostrukturalarni tabiy hosil bo‘lishi. Bu hodisa ko‘proq rudalarni hosil bo‘lishiga tegishli. An’anaviy yondoshish bo‘yicha kristallanish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshadi.
-moddalarni kondensatsiyasidagi (energiya yig‘ishdagi) hosil bo‘lgan parlardan.
-eritmalardan, ularni sovib-qotishidan.
-eritmalardan, erigan moddani cho‘kishi natijasida.
-qattiq holatdagi diffuzion o‘zgarishlaridan.
Bular tog‘ jinslarini barchasiga, shu bilan birga oltinga ham tegishli.



Download 7,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish