Hisobot tarkibi:
Mоddа sаrfi dеgаndа nimа tushinilаdi?
Bоsimlаr fаrqi o’zgаruvchаn sаrf o’lchаgichlаr sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr
Bоsimlаr fаrqi o’zgаrmаs sаrf o’lchаgichlаr sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr
Elеktrоmаgnit (induksiоn) sаrf o’lchаgichlаr sхеmаsi vа ishlаshi to’g’risidаgi mа’lumоtlаr
AMALIY MASHG’ULOT № 4
Mavzu: ULTRATOVUSHLI SARFO'LCHAGICHLAR
Ishdan maqsad: Mahsulotni hisobga olish jarayonlarida moddalarning sarfini o'lchash vositalari va usullarini o’rganish.
ASOSIY MA’LUMOTLAR
Ifloslangan, tez kristallanadigan va agressiv suyuqliklar, shuningdek, tez o'zgaruvchan va pulslanuvchi oqimlar, ayniqsa, elektr o'tkazmaydigan suyuqliklar sarfini o'lchashda induksion sarf o'lchagichlarni ishlatib bo'lmagan hollarda ultratovushli qurilmalardan foydalaniladi. Sarfo'lchashning ultratovushli usuli quvurga nisbatan ultratovush tezligining oqim tezligiga bog'liqligiga asoslangan. Tovush to'lqinining harakatdagi muhitda tarqalishida tovushning manbadan qabul qiluvchi qurilmaga yetib borish tezligi faqat tovushning tezligiga emas, balki harakat qiluvchi muhitning tezligiga ham bog'liq bo'ladi. Sarf o'lchashning ultratovushli prinsipi shunga asoslangan.
Agar tovush to'lqini oqim yo'nalishida harakat qilsa, ularning tezligi qo'shiladi, tovush oqimga qarshi yo'nalsa, tezliklar ayirmasi topiladi. Ultratovushning oqim bo'yicha va unga qarshi yo'nalishdagi tezligining farqi oqim tezligiga, binobarin, oqayotgan suyuqlik sarfiga mutanosib. Ultratovushli sarf o'lchagichlarning ishlash prinsipi quyidagilarga asoslangan:
ultratovushning oqim bo'ylab va unga qarshi yo'nalishdagi vaqt tafovutini o'lchash;
ultratovush tebranishlarining oqim bo'ylab va unga qarshi yo'nalishdagi tebranishlari fazalarining siljishini o'lchash;
avtotebranishlar sxemasi vujudga keltiigan va shu bilan birga, oqim bo'ylab hamda unga qarshi yo'nalishda hosil qilingan ultratovush tebranishlari chastotasining ayirmasini o'lchash.
Ultratovushli sarfo'lchagich ikki kanalli fazaviy sxema bo'yicha ishlaydi. Ultratovushli sarfo'lchagichlar quyidagi asosiy qismlardan iborat: UTG — ultratovush generatorining ta'minlash manbayi; NO',, va N0'2— nurlanuvchi o'zgartkichlar; QP, va QP2 — qabul qiluvchi pyezoo'zgartkichlar; FQ — faza o'zgartiruvchi qurilma, fazaviy siljishlarni o'zgartkichlar kanali asimmetriyasi yo'li bilan bartaraf etadi; K — elektron kuchaytirgich, O'A — o'lchash asbobi. O'lchash asbobi sarf birligida darajalanadi. Pyezoelementlar sifatida, ko'pincha, bariy titanatdan ishlangan plastinkalar ishlatiladi. Pyezoelementlar kvars, titanosirkoniy, sopol hamda magnitostriksion bo'lishi mumkin.
Ultratovush impulslari quvur o'qiga shunday burchakda yuboriladiki, ularning bir kanaldagi yo'nalishi oqim yo'nalishiga mos kelsin, ikkinchi kanaldagi yo'nalishi esa oqimga qarshi boradi. Suyuqlik harakatsiz bo'lgan paytda impulsni D masofaga uzatish vaqti quyidagicha:
bu yerda: τ — impulsni uzatish vaqti, s; Ca — suyuqlikdagi tovushning tarqalish tezligi, m/s.
Ultratovush sarfo'lchagichlar sarfni kontaktsiz o'lchashni ta'minlaydi va boshqa usullarni qo'llab bo'lmagan hollarda foydalaniladi. Murakkabligi tufayli bu asboblar keng tarqalmagan. Ularning katta kamchiliklari: asbob ko'rsatishga o'lchanayotgan muhitning fizik-kimyoviy xossalarining o'zgarishi hamda muhitning harorati, ultratovush tezligiga ta'sir etadi. Asbobning asosiy xatosi o'lchash chegarasi (7000 1/soat) ning ±2 % ini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |