3.O’zbekiston va Malayziya aloqalarining hozirgi holati
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi va Malayziyaning mamlakatimizdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda 30 dan ortiq Malayziya kompaniyasi hamda 100 ga yaqin mahalliy tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok etdi.
Oʻzbekiston va Malayziya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadi koʻzlangan biznes-forumda ikki davlat oʻrtasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Mehmonlar Oʻzbekistonda investitsion muhitni yanada yaxshilash, iqtisodiyotni liberallashtirish, tadbirkorlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.
Malayziya delegatsiyasi vakillari Oʻzbekistonda iqtisodiy oʻsishning ijobiy dinamikasi kuzatilayotganini taʼkidlab, respublikamiz hukumati tomonidan iqtisodiyotning turli sohalarini erkinlashtirish, xorijiy sarmoyadorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni yuqori baholadi.Taʼkidlash joiz, soʻnggi yillarda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora kengaymoqda. 2018-yil yakunlariga koʻra, oʻzaro mahsulot ayirboshlash hajmi 78,274 million dollarni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oldingi yillarga nisbatan qariyb 20 foiz koʻp demakdir. Ayni paytda esa oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan oʻsish 50 foizni tashkil etdi.
Malayziyaga Oʻzbekistondan asosan kimyoviy oʻgʻitlar, meva-sabzavot, asal eksport qilinadi. Bu davlatdan yurtimizga oʻsimlik yogʻi, sanoat, laboratoriya uskunalari, qahva hamda choy konsentrati, sovun va boshqa yuvish vositalari ishlab chiqarish uchun xomashyo kabi mahsulotlar kirib keladi.
Oʻzbekiston – Malayziya: hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasida 2018-yil 20 iyun kuni ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikka bagʻishlangan biznes seminar boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasidan “Gazeta.uz"ga maʼlum qilishlaricha, tadbirda 15 ta tashkilot va kompaniyalardan, jumladan, Malayziya Markaziy banki (Negara Bank Malaysia) va Malayziyaning Tashqi savdoni rivojlantirish boʻyicha korporatsiyasi (MATRADE)dan, jami 30 nafardan ortiq vakillar qatnashdi. Silverlake Group direktori Redzuan Kushairi Oʻzbekistonda rejalashtirilayotgan loyihalar haqida gapirdi. Ular orasida Oʻzbekiston Markaziy banki bilan hamkorlikda mobil va internet toʻlovlarni va bank xizmatlarini, davlat xizmatlarining barcha turlarini taqdim etish uchun identifikatsion kartochkalar tizimini ishlab chiqishda dasturiy yechimlarni joriy qiilish maqsadida Raqamli iqtisod markazini tuzish rejasi bor. Silverlake Group OʻMB bilan hamkorlikda bu loyihalarni amalga tatbiq etish uchun qoʻshma korxona tashkil etmoqchi. Birinchi bosqichda toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya miqdori 50 million AQSH dollarini tashkil etadi. Serbo Dinamik vitse-prezidenti Palendran Palachandran Oʻzbekistonda «Kaustik soda ishlab chiqaruvchi zavod qurish” va “Neft va gaz turbinlarini taʼmirlashda texnik park yaratish” loyihalarini taqdim qildi. Dastlabki bosqichda 80 million dollar miqdoirda investitsiya ajratiladi. Kompaniya iyul oyidaToshkentda vakolatxona ochmoqchi.
Monarch Aesthetic direktori Eddi Go 500 ming dollar investitsiya kiritiladigan,Toshkentda kosmetologik tibbiy markazini tashkil etish loyihasini taqdim etdi. Monarch Holdings qoʻshma korxonasi tashkil etildi, hozir uskunalarni yetkazish ishlari olib borilmoqda.
Frasers Hospitality Hotel mehmonxona kompleksining departament direktori Jeffri Muhammad kompaniyaning Buxoro, Samarqand va Toshkentdamehmonxonalar qurishga qiziqayotganini bildirdi.Tadbirda MATRADE boshchiligidagi Malayziya ishbilarmonlari vakillarining oktyabr oyi oxirida Toshkentda biznes-forum oʻtkazish uchun tashrifini tashkil etish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi. Avgust oyida ORM kompaniyasi Oʻzbekistonga tashrifbuyuradi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi va Janubiy Xitoyga eksport qilish uchun meva-sabzavotlarni yetishtirish, saqlash va qayta ishlash uchun majmua yaratish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.“O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining joriy arxivi. O‘zbekistan va Malayziya munosabatlarining turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi informatsion material, 4-ish, 3 -varaq.
2. “O‘zbekturizm” Milliy Kompaniyasining joriy arxivi. O‘zbekistan va Malayziya munosabatlarining turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi informatsion material, 4-ish, 4-varaq.
3. Malayziyaning O‘zbekistondagi «Petronas» kompaniyasi
joriy arxivi. 1/2-ro‘yxat. – B. 8.
4. Kirgizboyev A. K. Mejdunarodnoye sotrudnichestvo Respubliki Uzbekistan so stranami Azii: Avtoref. dis. ... d-ra ist. nauk. –
Do'stlaringiz bilan baham: |