Silindr sirtlarining o‘zaro kesishishi. Turli diametrdagi ikki silindrning kesishishi va aksonometriyasi to‘g‘ri burchakli proyeksiyalar (4.16-chizma)da keltirilgan.
4.16-chizma.
Silindrlarning o‘qlari o‘zaro kesishgan va ular V tekislikka parallel. Kesishish chiziqlarini aniqlash uchun istalgan mavjud usullardan foydalanish mumkin: kesuvchi tekisliklar usulidan va konsentrik sferalar usulidan.
62
Silindrlarning kesishish chiziqlari frontal proyeksiyada 1', 2', 3', 4', 5'-nuqtalar orqali lekalo egri chizig‘i bo‘lib proyeksiyalanadi. Kesishish chizig‘i gorizontal proyeksiyada aylana, u proyeksiyalovchi silindr asosining proyeksiyasi bilan ustma-ust tushgan. Profil proyeksiyada esa, kesishish chizig‘ining hamma nuqtalari profil proyeksiyalovchi silindrni aylana bo‘lib proyeksiyalangan tasviri bilan ustma-ust tushadi. 1", 3", 5"-nuqtalar markaziy chiziqlarning aylana bilan kesishishidan hosil bo‘ladi. 2" va 4"-nuqtalar esa, aylanani teng sakkiz bo‘lakka bo‘lish yo‘li bilan olingan. 2" va 4"-nuqtalar profil proyeksiyadan frontal proyeksiyaga hamda gorizontal proyeksiyaga proyeksiyalangan. Buning uchun ular gorizontal proyeksiyasidan o‘tkazilgan bog‘lovchi chiziqlar bilan profil proyeksiyadan OX ga o‘tkazilgan bog‘lovchi chiziqlar o‘zaro kesishib, frontal proyeksiyada 2', 3', 4'-nuqtalarni beradi. Frontal proyeksiyada 1' va 5' nuqtalar silindrlarning qiyofa yasovchilarining kesishishidan hosil bo’ladi. Ikki o‘zaro kesuvchi silindrlarning aksonometriyasi to‘g‘ri burchakli izometrik proyeksiyada qurilgan. Bunda birinchi bo‘lib vertikal silindrni qurish kerak. So‘ng vertikal silindr balandligining teng yarmidan gorizontal silindr o‘qi o‘tkaziladi va gorizontal silindr quriladi. Ikki silindr kesishish chizig‘i aksonometriyada qurish uchun gorizontal silindrning hamma 1', 2', 3', 4', 5'-nuqtalarining chap asosdan uzoqliklari izometrik proyeksiyasiga o‘lchab qo‘yiladi (4.17-chizma).
4.17-chizma.
Hosil bo‘lgan nuqtalar lekalo yordamida tutashtiriladi. Natijada ikki silindrning kesishish chizig‘i hosil bo‘ladi.
63
Konsentrik sferalar usulida yordamchi sferalar kesishuviga aylanish jismlari xusisiy holda, o‘qdosh sifatida kiritiladi. Bu usul kesishayotgan aylanish sirtlarining o‘qlari o‘zaro kesishgan va V tekislikka parallel bo‘lgan holda qo‘llaniladi, ya’ni o‘qdosh o‘zaro kesuvchi ikki silindr, silindr bilan konus va ikki konusning o‘zaro kesishish hollarida. Bu usul bilan ikki silindrning kesishish chizig‘ini aniqlash 4.17-chizmada keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |