To‘g‘ri burchakli dimetrik proyeksiyalar
Aylana ichiga chizilgan muntazam uchburchak uchyoqli prizmaning asosi deb qabul qilingan (3.8, a-chizma).
Uchburchakning АС tomoni ОХ o‘qiga parallel, uchburchakning balandligi ВD ОZ o‘qiga parallel va ular to‘g‘ri burchakli dimetrik proyeksiyalarda ham O1X1 ва O1Z1 o‘qlarga parallel ravishda qoladi.
Dimetrik proyeksiyalarda ОХ va ОZ o‘qlarga parallel joylashgan kesmalarni haqiqiy kattaliklarda, ОY o‘qiga parallel joylashgan kesmalarni ikki barobar qisqartirib bajarish qabul qilingan.
Prizmaning asosi АВС uchburchak frontal proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan vaziyatda prizmaning to‘g‘ri burchakli dimetrik proyeksiyasi qurilgan (38, b-chizma). Prizmaning qirralari O1Y1 o‘qqa parallel chizib olinib, ularning o‘lchamlari ikki barobar qisqartirilsa, prizmaning ikkinchi asosi birinchi asosiga parallel quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |