Silindrik sirtlarning o‘zaro kesishishi
Jism sirtlari o‘zaro kesishganda ularning kesishish chizmalarini yoki o‘tish chiziqlarini qurishda shu chiziqlarga tegishli nuqtalarni aniqlash uchun yordamchi kesuvchi tekislik usuli yoki yordamchi sfera usuli qo‘llaniladi.
Yordamchi kesuvchi tekislik usuli kesishayotgan sirtlarning har ikkilasi ko‘pyoqlar bo‘lsa yoki ulardan biri ko‘pyoq bo‘lib, ikkinchisi aylanish sirti bo‘lsa,
57
shuningdek, kesishayotgan sirtlar aylanish sirtlari bo‘lib, ularning o‘qlari ayqash va o‘zaro parallel bo’lgan hollarda qo‘llaniladi.
Yordamchi kesuvchi sferalar usuli aylanish sirtlari umumiy simmetrik tekisligiga teng bo‘lganda, kesuvchi sirtlarning o‘qlari o‘zaro kesishadigan va bir proyeksiyalar tekisligiga parallel joylashgan hollardagina qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |