Andijon mashinasozlik instituti «gumanitar fanlar» kafedrasi


Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog’liqligi



Download 10,69 Mb.
bet14/260
Sana28.05.2022
Hajmi10,69 Mb.
#612650
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   260
Bog'liq
МАЖМУА

Milliy mustaqillik va demokratiyaning uzviy bog’liqligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng kelajakda qanday yo’ldan borishi masalasi kun tartibiga qo’yilgan eng dolzarb masalalardan biri bo’ldi. Uning dolzarb bo’lib qolishining bir qator obhektiv va subhektiv sabablari va omillari ham mavjud edi. Uning obhektiv sabablaridan biri jahonda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barcha davlatlarga mos keladigan biron bir tayyor andozasining yo’qligi va bo’lishi ham mumkin emasligi edi. Ikkinchi obhektiv sababi – mahmuriy buyruqbozlikka asoslangan tuzumga xos ijtimoiy munosabatlar va qoidalar endilikda respublikada barpo etilayotgan yangi ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat manfaatlariga mos kelmasligi edi. Mulkchilik, mulkka egalik va uni boshqarish, ishlab chiqarishdagi inson omilining ortishini hisobga olgan holda davlatni boshqarishning butunlay yangi shaklini vujudga keltirish zarur edi. Demak, birinchidan, har bir davlat demokratik taraqqiyot yo’liga kirishi uchun ma’lum bir muddat talab qilinar edi. Ikkinchidan, vaqtni qo’ldan boy bermasdan rivojlanishning tarixiy jihatdan asrlar mobaynida shakllangan anhanalari asosida O’zbekistonning o’ziga xos taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishni bir daqiqa ham kechiktirib bo’lmas, yangi kontseptsiya ishlab chiqish zarur edi.
Xalqaro hamjamiyat katta va kichik millatlar, davlatlar tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, mustaqillikning ilk asnolarida vujudga kelgan muammolar yechimida sustkashlikka yo’l qo’yish og’ir ijtimoiy larzalarga olib kelishi mumkin. Zotan, har qanday yechilmagan muammo yana boshqa qator xavf-xatarlarni keltirib chiqarib, davlat taraqqiyotining ancha murakkablashishiga olib keladi. Demak, mamlakat taqdiri uchun mashullikni o’z zimmasiga olgan hokimiyat tuzilmasi bu borada bir nafas ham beg’amlikka yo’l qo’ya olmaydi, doimo uyg’oq va harakatda bo’ladi. Darhaqiqat, mustaqillik bir tomondan milliy taraqqiyot yo’lini erkin tanlashda ulkan mashuliyat yuklasa, ikkinchi tomondan eskilikka barham berish va yangi jamiyatga asos yaratish uchun beqiyos imkoniyat yaratadi. SHu nuqtai nazardan, mustaqillikni demokratiya uchun eng zarur shart-sharoit deb hisoblasak bo’ladi.
O’tmish, bugun va kelajak bir-biriga tutashgan bunday tarixiy paytlarda mustaqillik davrini kechirayotgan har bir davlat bir tomondan, demokratiya borasida jahon xalqlari orttirgan boy tajriba hamda undan millat manfaatlari yo’lida foydalanishni, ikkinchi tomondan esa, uni o’ziga xos noyob bir sharoitda joriy etish bilan bog’liq muammoga duch kelganligini tarixiy tajribalar ko’plab mamlakatlar misolida tasdiqlagan.
O’zbekistonda asosan ikki narsa mushtarak holda olib borildi. Ulardan biri mamlakatimizning o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo’lini ishlab chiqishda rivojlangan mamlakatlarning ko’p asrlik tajribasini o’rganish va ularning bizga maqbul jihatlarini ijobiy jihatdan o’zlashtirish bo’lsa, ikkinchisi - O’zbekiston xalqining turmush tarzi, mentaliteti va anhanalariga tayanishdan iborat bo’ldi. Unga besh asosiy tamoyil asos qilib olindi.
XX asr 50-yillardan keyingi yillarda ko’pchilik sobiq mustamlaka mamlakatlar o’z mustaqilligiga erishib, milliy davlat qurish yo’liga o’ta boshladilar. Bu vaqtda asosiy 3 taraqqiyot yo’li: 1) kapitalistik; 2) sotsialistik; 3) milliy ozodlikka erishgan davlatlarning aralash yo’nalishi haqidagi qarashlar bor edi. XX asr oxirlariga kelib biron-bir mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotini qathiy qabul qilingan qoidalar doirasi bilan cheklab turish mumkin emasligi, taraqqiyot yo’llari (modellari) ancha keng ko’lam va maqsadga egaligi, ulardan birini tanlashda har bir mamlakat o’z ichki sharoitlaridan kelib chiqmog’i zarurligi mahlum bo’ldi.
Iqtisodiyot nazariyasida ayrim olimlar iqtisodiy taraqqiyot modelini davlat tuzumi desa, boshqalar ijtimoiy-iqtisodiy formatsiya, uchinchilari esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning aniq belgilangan yo’li, deb hisoblaydi. Iqtisodiy taraqqiyot modeli, N.To’xliev va boshqa bir guruh olimlarning fikriga ko’ra, iqtisodiy munosabatlarning keng miqyosli tizimi bo’lib, u huquqiy, mahmuriy hamda xo’jalik mexanizmlari orqali boshqariladi19. Bunday munosabatlarning subhekti mulk egalari, xo’jalik faoliyati ishtirokchilari, uyushmalar, davlat va xususiy sektor, mamlakat doirasidagi mintaqa va tarmoqlar hisoblanadi. Iqtisodiy taraqqiyot modeliga axloq va dunyoqarash, mentalitet, turmush tarzi, madaniyat kabi ijtimoiy mehyorlar mahlum darajada o’z tahsirini o’tkazadi.
Iqtisodiy taraqqiyot modeli global va milliy xarakterda bo’ladi. Hozirgi vaqtda taraqqiyotning bir qator tipik global quyidagi modellari mavjud:

Download 10,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish