Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi



Download 63,32 Kb.
bet3/8
Sana27.06.2022
Hajmi63,32 Kb.
#707687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
34-MAVZU QISHLOQ BOZOR INFRATUZILMASI MOXIYATI VA UNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOLARI

Ts – Texnik samaradorlik; RTs – Resurslarni taqsimlashning samaradorligi.
Kaliforniya shtati universiteti professori Rojer Arnold fikricha «Samaradorlikka marjinal daromadlar marjinal xarajatlarga teng bo’lganda erishiladi».
AQSh olimlari K.Makkonnell va S.Bryular ikki turdagi samaradorlikni farqlashadi: ishlab chiqarish samaradorligi va resurslarni taqsimlashning samaradorligi: «Ishlab chiqarish samaradorligi bu ma’lum bir mutanosiblikdagi tovar va xizmatlar miqdorini eng kam xarajat bilan ishlab chiqarishdir....Resurslarni taqsimlashning samaradorligi esa, aksincha jamiyatning tovar va xizmatlarga bo’lgan extiyojini to’laroq qondirilishini ifodalaydi». Ya’ni, resurslarni taqsimlashning samaradorligi nazariyasiga ko’ra, birinchi o’rinda resrslar tejami emas, balki jamiyatning ma’lum turdagi tovar va xizmatlarga bo’lgan talabining qondirilishi yotadi.
Olimlarning samaradorlik tushunchasiga oid yuqoridagi fikrlariga ma’lum darajada qo’shilgan holda quyida o’z tushunchalarimizni beramiz. Samaradorlik bu-aniq maqsadni hal etish uchun ma’lum muddatda (1 yilda) sarflangan moddiy, mehnat, mablag’ shaklidagi xarajatlarning (pul shaklida) 1 so’mi evaziga yaratilgan yalpi ichki maxsulot (mamlakat, majmua, tarmoq miqyosida) va olingan sof foyda (korxona, yo’nalish, mahsulot doirasida) ning inikosidir.
Iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bahodagi resurslar hisobiga iqtisodiy samaraga erishilganligini bildiradi. Samara qancha katta va xarajat shuncha kichkina bo’lsa, ishlab chiqarish iqtisodiy samadorligi shuncha katta bo’ladi va aksincha. Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o’rtasida ma’lum bir uzviy aloqa mavjud. Xarajatlar ikki xil bo’lishi mumkin: jonli va buyumlashgan. Jonli mehnat, asosiy va moddiy aylanma vositalarning absolyut miqdori resurslar (xarajatlar) sifatida, ular miqdorining kamayishi va ularni tejash – iqtisodiy samara shaklida ko’rinadi. Yoki boshqacha qilib aytganda, iqtisodiy samaradorlik ta’rifidan ikki asosiy vazifani keltirib chiqarish mumkin: bevosita – ma’lum bir xarajatlar hisobiga maksimal darajada samara olish (ko’pincha resurslarning cheklanganligi bilan ifodalanadi) va bilvosita – belgilangan samaraga minimal xarajatlar bilan erishish.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining mohiyati, uning mezoni (kriteriyasi) va ko’rsatkichlari orqali ochiladi.
Mezonning ilmiy tushunchasi ma’lum bir belgi, baho o’lchovini ifodalaydigan asosiy sifati, uning muhim xossasidir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining mezoni jamiyatga kerak bo’lgan yer maydoni birligidan chiqadigan qishloq xo’jaligi mahsulotlarining olinishi va shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning tejamliligi va yuqori sifatini ta’minlash va pirovard natijada resurs birligi hisobiga ko’proq sof mahsulot va sof foyda olishdir.
Ko’rsatilgan mezon qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining maqsadiga – tarmoq mahsulotiga aholining o’sib borayotgan talabini to’laroq qondirishga javob beradi va uning yutuqlari yo’lini – ishlab chiqarish resurslaridan oqilona foydalanish va intensivlashtirish asosida sistemali ravishda ishlab chiqarishni yuksaltirishni aniqlab beradi. Shu bilan birga bu mezonda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyati, eng avvalo yer resurslari bilan mustahkam aloqasi aks etadi.
Xalq xo’jaligi samaradorligi oziq-ovqatga bo’lgan iste’molini qondirish, sanoatning xom ashyoga bo’lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek, tarmoqni umumdavlat, xalq xo’jalik topshiriqlari va muammolarini hal qilishda moliyaviy hissasi nuqtai nazaridan baholanadi. Tarmoq samaradorligi resurslar potensialidan foydalanishda, xalq xo’jaligining shu tarmog’ida samara (natija) va resurs (xarajat) o’rtasidagi erishilgan nisbatning natijasini aks ettiradi.
Qishloq xo’jaligida samara va resurslarning bosqich darajasiga qarab, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi turlarga bo’linadi: qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish samaradorligi, davlat, kooperativ korxonalar, ijara kollektivlari, dehqon xo’jaliklari samaradorligi, ayrim qishloq xo’jaligi tarmoqlari va mahsulotlari samaradorligi, alohida ishlab chiqarish resurslari, shuningdek alohida xo’jalik tadbirlari agrotexnik, zootexnik, veterinariya, texnika, iqtisodiy tashkiliy munosabatlar va boshqalarning samaradorligi aniqlanadi.
Davlat va kooperativ korxonalar, ijara jamoalari, dehqon xo’jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi korxona darajasidagi samaradorlik bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari va alohida mahsulot turlarini ishlab chiqarish samardorligi dehqonchilik, chorvachilik va shu tarmoqlar mahsulotlari – g’alla, paxta, kartoshka, sabzavot, go’sht, sut, tuxum va boshqalarning pirovard iqtisodiy natijalarini xarakterlaydi.
Alohida ishlab chiqarish resurslari bu – yer, suv, mehnat va moddiy resurslar samaradorligidir.
Yangi sharoitda, ishlab chiqarishni intensivlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan turli xo’jalik tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash ancha muhim hisoblanadi. Bunday tadbirlar jumlasiga ekin maydonlarining turli tarkibi, qishloq xo’jaligining yangi navlari, ilg’or texnologiya va alohida agrotexnik tadbirlar (tuproqni ishlash, ekish, hosilni yig’ish va boshqa usullar), hayvonlarning yangi zoti, poda strukturasi, oziqlantirish rasioni va boshqalarning samaradorligi kiradi.
Shu bilan birga, kishilarning iste’molini qondirish darajasi ishlab chiqarilgan mahsulotning faqat miqdoriga emas, balki sifatiga ham bog’liq. Mahsulot sifatini yaxshilash bir tomondan oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining ko’payganligini bildirsa, qayta ishlash sanoati uchun qishloq xo’jalik xom-ashyosining sifatining yaxshilanishi aholining turli xil iste’mol buyumlariga bo’lgan talabini to’laroq qondirishga imkoniyat yaratadi.
Demak, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari bir tomondan ishlab chiqarish resurslari va samara(natija) o’rtasidagi nisbatni va boshqa tomondan, joriy ishlab chiqarish xarajatlari bilan natija o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi, bu ishlab chiqarish samaradorligining ikkita konsepsiyasini – resurs va xarajat – vujudga keltiradi. Resurs konsepsiyasi – takror ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilgan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini, xarajatlar konsepsiyasi – shu resurslarning iste’mol qilingan qismi samaradorligini baholashga imkon beradi. Maqsadga qarab resurs yoki xarajatlar konsepsiyasi yoki ikkalasidan ham bir vaqtda foydalanish mumkin. Resurslar konsepsiyasida ham, xarajatlar konsepsiyasida ham samaradorlikning asosila sof foyda yotali. By haqda rentabellik bobida fikr yuritiladi.
Korxonalarning sifatli ishlab chiqarish faoliyatini ta’minlash xodimlarga mehnat jarayonida ham va ish kuchini takror ishlab chiqarish jarayonida ham me’yordagi sharoit yaratishni talab qiladi. Bu vazifani bajarish ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari zimmasiga yuklatiladi.
Ijtimoiy infratuzilma deganda, ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning samarali harakat qilish uchun zaruriy sharoitlarni yaratishga yo’naltirilgan jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining bir qismiga aytiladi. Ijtimoiy infratuzilmaning bosh vazifasi qishloq aholisining ijtimoiy-maishiy sharoitlarini yanada yaxshilashdir. Ijtimoiy infratuzilma tarmoqlari bevosita pirovard mahsulot yaratishda katnashmaydi, lekin ishlab chiqarish jarayonini me’yor darajasida rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Ijtimoiy infratuzilmaning roli shundan iboratki, ular ishlab chiqarishning malakali kadrlarga bo’lgan ehtiyojini ta’minlash imkoniyatini beradi, ularni takror ishlab chiqarish va qishloq joylarida samarali ishlashlariga yordam beradi, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligini ta’minlaydi. Bo’linmalar ham korxona xodimlari, ham ularning oila a’zolarining kommunal-maishiy ehtiyojlarini kondirish uchun sharoit yaratishda qatnashadi.
Ijtimoiy infratuzilmada qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining o’ziga xos xususiyatlari aks ettiriladi. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari, qishloq xo’jaligi korxonalari resurslari va aholining pul mablag’lari hisobiga, hamda uy-joy, maktabgacha bolalar muassasalari, maktablar, madaniyat uylari, poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalarni rivojlantirish davlat investisiyasidan samarali foydalanish yo’li bilan yaratiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy bo’linmalar nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan xodimlarga, balki korxona hududida yashovchi aholining boshqa qatlamlariga ham xizmat ko’rsatadi. Qishloqdagi ijtimoiy infratuzilma xo’jalik hududi bo’yicha bo’lib-bo’lib joylashtirilsa, ulardan samarali foydalanishni qiyinlashtiradi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri ijtimoiy infratuzilma xizmati va bo’linmalari ishida ham o’z izini qoldiradi. Uning yaratilishi va rasional harakat qilish, shu obyektlar joylashgan qishloq xo’jaligi korxonalari iqtisodiyotining rivojlanish darajasiga bog’liq. Ijtimoiy infratuzilma bo’linmalarining vujudga kelishiga xo’jaliklar zarur bo’lgan moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar.
Qishloq xo’jaligida ijtimoiy infratuzilma obyektlariga uy-joy kommunal xo’jaligi bo’linmalari tibbiyot va maktabgacha bolalar muasasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat muhofazasi bo’yicha xizmatlar, sport-sog’lomlashtirish tashkilotlari, ishchi va xizmatchilarga xizmat qiluvchi transport, aloqa va axborot xizmatlari kiradi. Barcha xizmatlarni maqsadli yo’naltirilganligiga, shakllanish manbalariga, hududiy joylashishiga va ishlab chiqarish jarayonida qatnashishi bo’yicha ikki guruhga bo’lish mumkin.
Birinchi guruhga xo’jalik bo’linmalariga joylashgan, korxona mablag’lari hisobiga qurilgan va ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning dam olish va texnika xavfsizligi, mehnat sharoitlarini yaxshilashga yo’naltirilgan obyektlar tegishli. Bu guruhga dehqonchilik bo’linmalari va chorvachilik fermalaridagi maishiy xonalar, bo’linmalar umumiy ovqatlanish (bufetlar, tamaddixonalar, oshxonalar) punktlari, sog’liqni saqlash, madaniyat va dam olish (profilaktoriyalar, tibbiyot punktlari, ma’naviyat burchaklari), yong’inga qarshi xavfsizlik punktlari kiradi. Ular chorvachilik komplekslarida, fermalarda, ustaxonalarda va dala shiyponlarida joylashtiriladi.
Ikkinchi guruhni davlat resurslari va agrosanoat birlashmalari va yirik korxonalarning maxsus vositalari hisobiga barpo etilgan va aholining kommunal-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun mo’ljallangan, qishloq xo’jaligi korxonalari aholi punktlari hududida joylashgan obyektlar tashkil qiladi. Bularga uy-joy kommunal xo’jaligi obyektlari, maishiy xizmat korxonalari, sog’liqni saqlash (poliklinikalar, kasalxonalar, ambulatoriyalar), sport muassalari, maktablar va maktabgacha muassasalar, madaniyat uylari va klublar, savdo tashkilotlari tegishlidir. Ijtimoiy infratuzilmaning bu obyektlari ijtimoiy kelib chiqishidan va mehnatning kaysi sohaga yo’naltirilganligidan qat’iy nazar qishloq joylarda yashovchi barcha aholiga xizmat qilishga qaratilgan.
Aholining ijtimoiy infratuzilma xizmatlari bilan ta’minlanishi ijtimoiy ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga bevosita ta’sir ko’rsatadi, chunki xodimlar yashash va dam olish sharoitlarining yaxshilanishi, ular malakasining oshishi mehnat unumdorligining o’sishiga imkon beradi. Lekin, bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bu muhim yo’nalishga yetarlicha e’tibor berilmagan edi.
Hozirda Respublikada qishloqning ijtimoiy infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanish darajasi, daromadlar miqdori qishloq xo’jaligining malakali kadrlar bilan mustahkamlanishiga hal qiluvchi ta’sir ko’rsatadi. Bunday sharoitda dehqonchilikda fan-texnika taraqqiyotining yutuqlaridan foydalanishga katta imkoniyat yuzaga keladi.
Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, yaxshi rivojlangan xizmat ko’rsatish shahobchalari qishloq xo’jaligi xodimlariga ish vaktidan unumli foydalanishga, o’z shaxsini rivojlantirishga katta e’tibor berishga va ijtimoiy hayotga faol ishtirok etishga imkon beradi.



  1. Download 63,32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish