Andijon mashinasozlik instituti “gumanitar fanlar” kafedrasi


Kurs ishining maqsadi vazifasi



Download 44,97 Kb.
bet2/5
Sana21.06.2022
Hajmi44,97 Kb.
#688890
1   2   3   4   5
Bog'liq
16-MAVZU PANDEMIYA DAVRIDA SHAROITIDA, XOZIRGI ZAMON ILMIY – TEXNIKA TARAQQIYOTI VA ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARINING KENGAYIB BORISHI.

Kurs ishining maqsadi vazifasi : Aholi hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan mamlakat raqobatdoshligining asosiy ko‘rsatkichiga aylangan bugungi sharoitda taraqqiyotning muhim omili sifatida ta’limning roli ortib bormoqda. Hozirgi paytda jamiyat va sivilizatsiyalar avvalo ijtimoiy qadriyatlar va ta’lim tizimlari bilan raqobatlashmoqda. 
Barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni innovatsion rivojlanishsiz, keng ko‘lamli ilmiy-texnik kooperatsiyasiz va yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. 
Ilmiy-texnika har qanday davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim sohadir. O‘zbekiston zamini azaldan bashariyat sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan, jahon ilm-fani va madaniyati taraqqiyoti yo‘nalishini ma’lum darajada belgilab bergan ulug‘ allomalari, buyuk mutafakkirlari bilan shuhrat qozongan. Bugungi kunda ham olimlarimiz buyuk ajdodlari an’analarini munosib davom ettirib, mustaqil Vatanimizning ilmiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyoti yo‘lida keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Jumladan, ushbu kurs ishida ham ijtimoiy va ilmiy texnika taraqqiyotining fuqarolik jamiyati rivojlanishiga ta’siri hamda ularning tarixiy jarayonlar bilan o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilishga qaratiladi.
Muhimi, ilmiy-texnika taraqqiyotining bizning mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini va mamlakatimizning ijtimoiy hayot sohasida moddiy-texnika bazasida takomillashtirishdagi ta’sirini ko‘rsatishga asosiy e’tibor berilgan.



  1. XOZIRGI ZAMON ITT MOXIYATI VA UNING ASOSIY YOʻNALISHLARI.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada ilmiy-texnika taraqqiyoti yuqori darajadagi murakkab jarayon bo‘lib hisoblanadi, u mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida ishlab chiqarish kuchlarining barcha elementlari unumdorligi oshadi, masalan: mehnat predmetlari, ishchi kuchlari, mehnat mahsuli, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkil etish, boshqarish va boshqalar. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ishlab chiqarish samaradorligini oshiruvchi asosiy omil bo‘lib hisoblanib, u aholining turmush darajasining barqaror o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Ilmiy taraqqiyot konsepsiyasi mehnat qurollarni o‘zgartirishni talab qiladi, ya’ni mashina, ishlab chiqarish jihozlari, transport vositalar, barcha turdagi mashina texnikasi, mehnat vositalaridan - yonilg‘i, xomashyo, energiya hamda texnologik jarayonlarni yaxshilash, ishchi xodimlar malakasini oshirish, ishlab chiqarishni samarali boshqarish va tashkil qilishni taqozo qiladi.1
Ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanish qo‘l mehnatini yengillashtirish omili bo‘lib xizmat qiladi, uning doimiy takomillashuvi ishchilarning moddiy ta’minlanganlik va ma’naviy dam olish imkoniyatlarini yaratadi.
Ilmiy-texnik taraqqiyoti, iqtisodiyotning moddiy-texnik bazasining shakllanishiga va uning asosida ilm-fan va texnika rivojlanishiga zamin yaratadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti tovar mahsulotlaming kengayishi va nomenklaturasining yangilanishi va ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Sanoat mahsulotlarining yangilanish ko'rsatgichi mamlakatning ishlab chiqarish potensialini rivojlanishini ko‘rsatadi. Ilmiy-texnika taraqqiyoti ta’sirida maishiy xo‘jalik mahsulotlari doimo yangilanib turadi, bu bilan aholining maishiy xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabi qondiriladi. Fan va texnikaning rivojlanishini prognoz qilish muhim o‘rin tutadi, zotan, ishlab chiqarish samaradorligining oshishi, axolining shaxsiy va ijtimoiy extiyojlarini qondirish darajasi va usullari, boshqaruv usullari va vositalari tizimi, tabiiy resurslardan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish, mamlakatning mudofaa qudratini ta‘minlash fan-texnika taraqqiyoti sur‘atlarini jadallashishiga bog`liq.
Fan-texnika taraqqiyoti prognozlarini quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarga bo‘lish mumkin.
Birinchi yo‘nalish - inson faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida fanning, istiqboldagi davrda eng progressiv hisoblangan asosiy fundamental, amaliy tadqiqotlarining rivojlanishi va iqtisodga joriy etilishi prognozlari (yangi texnika, texnologiyalarning joriy etilishi, ishlab chiqarishning tashkil qilinishi, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi amaliy tadqiqotlar, alohida mahsulot turlari ishlab chiqarish va boshqalar ).
Ikkinchi yo‘nalish - hayotning turli sohalarida fan-texnika taraqqiyotining ijtimoiy oqibatlarini aniqlash.3
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot – bu xo‘jalik hayotidagi yangi bilim va erishilgan yutuqlarni ochish va ulardan foydalanishning uzilmas va og`ir jarayonidir. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida quyidagi ishlab chiqarish kuchlarining elementining rivojlanishi va mukammallashishi ro‘y beradi: mehnat predmetlari va vositalari, ishchi kuchi, texnologiyalar, ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarish.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning bevosita natijasi bo‘lib innovatsiya yoki yangiliklar hisoblanadi.
Bu ilmiy bilimlar qo‘llaniladigan texnika va texnologiyalarning o‘zgarishi. O‘z rivojlanish jarayonida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bir nechta bosqich etaplaridan o‘tgan.
Birinchi bosqich – ХVIII asr oxiri va ХIХ asr boshlaridagi birinchi sanoat inqilobi. Ilmiy asosda mashinali ishlab chiqarishga o‘tish.
Ikkinchi bosqich – ХIХ asr oxiri ХХ asr boshlaridagi ikkinchi sanoat inqilobi. Mashina asosidagi ishlab chiqarishni rivojlantirish, ishlab chiqarishning energetik asosining o‘zgarishi, texnik baza asosida ilmning rivojlanishi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasiga o‘tish, yangi tarmoqlarni barpo etish.
Uchinchi bosqich – ХХ asrdagi uchinchi sanoat inqilobi, u o‘z navbatida ilmiy-texnik inqilobga aylanib bordi.
IТT – bu ilmning, ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lgan bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishi asosida ishlab chiqarish kuchlarining tubdan sifatli o‘zgarishidir.
ХХ asrning oxirgi 10 yilliklarida sanoat inqilobining yangi to‘rtinchi bosqichining belgilari shakllana boshladi.
Uning asosiy belgilari:

  • elektronika asosida ishlab chiqarish texnologiyasining o‘zgarishi;

  • biologik jarayon va tizimlarni o‘sib boruvchi masshtablar asosida tartibga solish;

  • ishlab chiqarishni kompleks avtomatlashtirish;

  • energetikaning yangi turlari;

  • yangi materiallarni tayyorlash texnologiyasi va boshqalar.

Rivojlanishning barcha bosqichlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: evolyutsion, revolyutsion (inqilobiy) va aralash.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ishlab chiqarish jarayoniga bo‘lgan ta‘sirining umumiy ko‘rinishi bu ekstensiv va intensiv o‘sish o‘rtasidagi nisbatni ikkinchisining hisobiga o‘zgarishidir.
Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning asosiy natijasi bu – ishlab chiqarishda shakllanadigan va moddiylashadigan iqtisodiy samaraning oshishi.2
Ilm va texnika rivojlanishini tartibga solish va prognozlash quyidagi prognoz hujjatlarining tizimi vositasida amalga oshiriladi:

  • muddati 15 yilgacha bo‘lgan ilmiy-texnikaviy rivojlanishining umumdavlat prognozi;

  • 5-10 yilga mo‘ljallangan makroiqtisodiy va tarmoq darajasida bo‘lgan xususiy ilmiy-texnik prognozlar;

  • 10-15 yilga mo‘ljallangan davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari. Ko‘rsatilgan hujjatlarni davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati birlashtiradi. Ilmiy-texnikaviy rivojlanishning umumdavlat prognozida quyidagilar mavjud:

  • mahalliy va jahon ilmiy-texnikasida erishilgan muhim yutuqlarning texnik- iqtisodiy baholanishi;

  • ilmiy texnik yutuqlarini xalq xo‘jaligida ishlatilishi haqidagi xulosalar;

  • ilmiy-texnikaviy taraqqiyot bosh yo‘nalishlarini va birlamchi tarmoqlararo ilmiy-texnik masalalarni aniqlash;

  • bu masalalarni yechish bevosita va yo‘llarining variantlari;

  • ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.

Prognozda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar mamlakat ilmiy-texnik rivojlanishining uzoq muddatli strategiyasi doirasida global xarakterga ega.
Хususiy ilmiy-texnik prognozlarni ishlab chiqarish jarayonida prognozlashtirish ob‘ekti sifatida ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning turli yo‘nalishlari hamda innovatsion siklning asosiy bosqichlari qatnashishi mumkin. Perspektiv (5-10 yil) va yillik xususiy ilmiy-texnik prognozlar ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni davlat tomonidan tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ular boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqarilishi mumkin (mamlakatning xalq xo‘jaligi, respublika, viloyat, tarmoqlararo kompleks, tarmoq, tashkilot). Davlatning maqsadli ilmiy-texnik dasturlari umumdavlat va tarmoqlararo xarakterga ega bo‘lgan eng perspektiv ilmiy-texnik yo‘nalishlarning muhim muammolari bo‘yicha ishlab chiqariladi. Bu dasturlar texnikaning yangi avlodlarini va bazaviy texnologiyalarni yaratishga yo‘naltirilgan bo‘lib, yangiliklarning butun innovatsion siklini o‘z ichiga oluvchi 10-15 yil muddatiga ishlab chiqariladi. Markaziy, tarmoq, region va davlatlararo ilmiy-texnik dasturlari mavjud.3
Davlatning ilmiy-texnikaviy siyosati shu davlatning ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatiga bo‘lgan munosabatni ifodalaydi hamda ilm, texnika va ilmiy-texnik yutuqlarini amalga oshirish sohasida O‘zbekiston davlat hukumat organlar faoliyatining shakli, yo‘nalishi va maqsadlarini aniqlab beradi.
Uning asosiy maqsadlari quyidagilar:

  • Ilmiy-texnik potensialni rivojlantirish, ratsional joylashtirish va samarali foydalanish.

  • Moddiy ishlab chiqarish sohasida progressiv tuzilmaviy o‘zgarishlarni ta‘minlash, uning samaradorligini va mahsulot raqobatbardoshligini oshirish.

  • Davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda ilm va fan-texnikaning hissasini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarni amalga oshirish.

  • Mamlakat mudofaa kuchlarini mustahkamlash.

  • Ekologik muhitni yaxshilash va boshqalar.

Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida asosiy masalalardan biri, ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish prinsip va omillaridir.
O‘zbekistonda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni moliyalashtirish qonunchilik asosida uning maqsadli mo‘ljaliga va moliyalashtiruvchi omillarning ko‘pligiga asoslanadi.
Fundamental ilmiy izlanishlar asosan, markaziy byudjet mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi. Markaziy ilmiy-texnik dasturlar, asosiy izlanishlar va eksperimental yangiliklar, markaziy byudjet mablag`lari, ilmiy-texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlash fondi mablag`lari hamda qatnashish ulushiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlar hisobidan moliyalashtiriladi.
Regional ahamiyatga ega bo‘lgan ishlar O‘zbekiston sub‘ektlarining byudjeti, mahalliy byudjet, regional fondlar va qatnashish hissasiga qarab tashkilotlar, uyushmalar, banklar va boshqa xo‘jalik sub‘ktlari mablag`lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Shuningdek, O‘zbekistonda davlat, nodavlat va xalqaro ilmiy va ilmiy- texnik faoliyatni qo‘llab-quvvatlaydigan fondlar faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat grantlar hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin.


  1. PANDEMIYA DAVRIDA ITT VA ISHLAB CHIQARISH IMKONIYATLARINING KENGAYIB BORISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR.

Ma’lumki, har qanday holatda ham ilmiy – texnika taraqqiyotining bosib o’tgan tarixiy asoslari bor. Bunga yaqin kelajakka bir nazar solaylik. XX asrning o’rtalariga kelib fanning ijtimoiy hayotdagi roli mislsiz darajada oshdi. Fanlar taraqqiyotidagi inqiloblarning xarakteri o’zgardi, ya’ni ilm sohasidagi inqiloblar texnika sohasidagi axborotlar bilan uyg’unlashib ketdi va ilmiy – texnika inqilobi yuzaga keldi. XX asr 40 – yillarining oxirlaridagi ilmiy – texnika inqilobi fanining bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanish natijasida fanning o’zida, texnikada va ishlab chiqarishda katta sifat o’zgarishlariga olib keldi. Natijada har 10 – 15 yilda ilmiy faoliyat hajmi ikki marta oshib kela boshladi. Shu narsani mamnuniyat bilan qayd etish mumkinki XX asrning 70 – yillaridagi olim va ilmiy xodimlar soni butun fan taraqqiyoti davrlarida yashagan olimlar sonining 90 % dan ko’prog’ini tashkil etadi4, degan xulosalarga ham kelindi. Umuman olganda shuni qayd etish mumkinki, jahon miqyosida ilmiy xodimlarning o’sish foizi aholining o’sish foiziga qaraganda bir necha marta ortiq, ya’ni fan va ta’lim ijtimoiy salohiyatning muhim omiliga aylandi.


Natijada XX asrlarda ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlar (muassasalar) soni keskin ravishda oshdi. Fan sohalari bo’yicha ilmiy muassasalar tashkil bo’la boshladi hamda yangi nomdagi fanlar yo’nalishlari va ularga xos ta’lim mazmuni yuzaga kela boshladi. Jumladan, kibernetika (iqtisodiy kibernetika, bio – med kibernetika, texnika kibernetikasi va h.k.), matematik lingvistika, geofizika, biotexnika, ehtimollar nazariyasi, informatika, texnik estetika va shu kabilar yangi nom olgan fan yo’nalishlaridir. Bularning hammasi fan sohalarini rivojlantirishda katta rol o’ynaydi. Jumladan, Ona vatanimizda qadimgi matematika, falakiyot ilmi, tibbiyot, geodeziya, geografiya va shu kabi fanlar rivojida uyg’onish davrlari, ya’ni Sharq madaniy yuksalishining “Oltin davri” deb atalgan bo’lsa, bugungi kunda ham ma’lum va mashhurligini yo’qotgan emas, ya’ni bugungi kunda matematik statistika va integral tenglamalar, sonlar nazariyasi, hisoblash matematikasi sohalarida katta yutuqlar qo’lga kiritildi. Ehtimollar nazariyasi bo’yicha “Toshkent maktabi” deb nom olgan ilmiy yo’nalish dunyoga mashhur. Yadro fizikasi va geofizika va elektronika, aerogidromexanika va gaz dinamikasi yutuqlari xalq xo’jaligining turli sohalariga tadbiq qilinmoqda. Bioorganik va fizik, kimyo, o’simlik moddali va yuqori molekulalar birikmalar kimyosi ko’plab tabiiy va sun’iy kimyoviy moddalarni olish imkonini berdi. Botanika va seleksiya, zoologiya va medisina, biokimyo, biofizika va geologiya yirik muvaffaqiyatlarga erishdi.
Keyingi chorak asr davomida ilmiy – texnik taraqqiyotga nazar tashlasak, bu davr ichida ko’pincha, ayniqsa fizika, matematika, mexanika, kimyo, biologiya kabi aniq fanlar va shu bilan birga texnikada tamomila yangicha sifat va tamoyillarga ega bo’lgan qonunlar, nazariyalar va gipotezalarning vujudga kelganligini shohidi bo’lamiz. Fanlarning o’zaro hamkorligi tezlashib, fanning yangi sohalari paydo bo’la boshladi. Bular ta’lim mazmuniga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi va bular o’z navbatida texnika – texnologiya taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, hozirgi kunda xalq xo’jaligini boshqarishni avtomatlashtirish keng ko’lamda amalga oshirilmoqda. Bu borada fan - texnika yutuqlarini o’z navbatida yoshlarga yetkazib borish, hozirgi zamon darslarga qo’yilgan talablardan biridir.
Ta’lim mazmunida “Fan  ta’lim  amaliyot” integrasiyasining zarurligi. Fan va texnikaning ishlab chiqarish bilan yaqindan integrasiyalashib borish bu davr taqozosidir. Shuning uchun ham bugungi yoshlar maktablarni bitirib hozirgi zamon texnikasining asoslari haqida ma’lum tasavvurlarga ega bo’lishlari lozim. Bugungi yuksalayotgan fan va texnikamiz bizga jamiyat qonunlari va tabiatdagi hodisalar mohiyatini, bizni o’rab turgan muhitni rivojlantirishni tushunib yetishga yordam beradi. Ilg’or fan va texnika – texnologiyalar tufayli inson atrof – muhit bilan faol hamkorlikda bo’ladi, uning yashash sharoitlari yaxshilanadi. XIX asrning oxiri XXI asrning boshlarida fan va texnika misli ko’rilmagan darajada rivojlandi. Bu davrda sanoat, transport va boshqa sohalarni avtomatlashtirishga kirishildi. Avtomatik boshqarish nazariyasiga asoslangan “Kibernetika” nomli yangi fan vujudga kelishiga asos bo’ldi. O’tgan yillar mobaynida yetuk olimlar yordamida kibernetika fanining texnik asoslari bo’lmish kompyuterlarning o’nlab, yuzlab turlari yaratilgan bo’lib, ular hisoblash jarayonini yengillashtiradi. Shunga qaramay, bugungi kunda yaratilgan kompyuterlarning turli ko’rinishlarini, ya’ni kompyuterlarni va mini – kompyuterlarni takomillashtirishga olimlar tezlik bilan kirishdilar. Kelgusi davr kompyuterlari sekundiga ulardan bir necha ming barobar tez ishlaydigan bo’lishi kutilmoqda. Ko’rinib turibdiki, bugungi dunda hisoblash ishlarini tezkor bajarish uchun ko’plab kompyuterlar zarur.
Kompyuterlardan fizika, matematika, astronomiya, kimyo, geofizika, texnika va boshqa bir talay fan sohalariga oid turli xil murakkab matematik masalalarni yechishda muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Ayniqsa, atom energiyasi, qurilish, kosmik fazoni zabt etish va boshqa ko’pgina sohalarning beqiyos rivojlanishini ularga hisoblash texnikasini keng ko’lamda qo’llanilayotganligining natijasi deb qarash mumkin. Keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, fizika, matematika, elektronika kabi fanlarning eng ulkan yutuqlarini mujassamlashtirilgan kompyuterlar shu paytgacha yaratilgan har qanday hisoblash mashinalaridan ham ustunlik qiladi. Hozirgi kunda kompyuterlar qo’llanilmayotgan biron sohani topish qiyin. Ular dastgoh, sex, zavodlarni boshqarishda ham insonga yaqindan ko’maklashmoqda. Kompyuterlarning ikki muhim xususiyati: hisoblashni tez bajarishi va xotirasida katta hajmdagi axborotni ishlab chiqish uchun juda ko’p imkoniyatlar yaratib bermoqda.
Turli xil jarayonlarni har tomonlama o’rganishga bo’lgan ehtiyoj ma’lum tarzdagi hisoblash operasiyalarini tezlashtirish, aqliy faoliyatining ayrim tomonlarining modellashtirish va shu kabi ishlarni avtomatlashtirishni talab qiladi. Bu esa faqat hozirgi kunimiz kashfiyotlari emas, balki kelajagi porloq davlat barpo etish uchun jiddiy harakatlarning biridir.
Tadqiqotlar insonning uzoq yashashi, farovon turmushi uchun yaratilishini e’tiborga olib bu sohadagi olimlarning keyingi maqsadi odam turli organizmlarga mos ishlab chiqilgan tizimlarni birlashtirish “Sun’iy odam” yasashdek buyuk maqsadga qaratilgan. Umuman olganda hozirgi zamon fan – texnika inqilobi avtomatika, uning elementlari va vositalari yadrosini tashkil qiladi va bunday bo’lishi hozirgi davr taqozosi. Demak, uchinchi ming yillik birinchi asrida yashovchi barkamol avlod muntazam ravishda ilmiy - texnik taraqqiyot bilan tanishtirilib borilmog’i lozim ekan. Bu taraqqiyotdan tanish bo’lish uchun bugungi kunda Respublikamizda keng imkoniyatlar mavjud. Ular: masofaviy ta’lim, “Internet” tarmog’iga ulanish, elektron darsliklar, elektron o’quv qo’llanmalar va hokazolardir.
Demak, har bir yosh uchinchi ming yillikning birinchi asri bo’lmish “XXI asr – intellektual asr” ning faol ishtirokchisi bo’lish uchun ular mazkur davrning ta’lim – tarbiya sivilizasiyasining faol ishtirokchisi bo’lmog’i lozim va buning uchun zamonaviy ta’lim mazmunini yuqoridagi kabi fan va texnika yutuqlari bilan boyitib borish kerak. Buning uchun barkamol avlodni shakllantirishni quyidagicha amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • xalqimizning boy ma’naviy va intellektual salohiyati hamda umumbashariy qadriyatlariga suyangan holda ta’lim – tarbiyani rivojlantirishning jahon talablarini hisobga olib DTSni takomillashtirish;

  • shakllanishi lozim bo’lgan barkamol avlodning ma’naviy – ma’rifiy tarbiyasida boy milliy, madaniy – tarixiy an’analari, xalq urf – odatlari va umumbashariy qadriyatlariga asoslangan samarali tashkiliy va pedagogik shakllar hamda manbalarni ishlab chiqish va joriy qilish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida o’quv – axborot muhitini yaratish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari va kompyuter tarmoqlari bazasida ta’lim jarayonining axborotli ta’minotini rivojlantirish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida kompyuter – kommunikasiyasi tarmoqlari (kompyuterlar, kompyuterli tizimlar, kasbiy kompyuterli o’yinlar, elektron telekonferensiyalar va h.k.) dan keng foydalanishga erishish;

  • uzluksiz ta’lim tizimi – dagi yutuqlarni keng joriy etishda ommaviy axborot vositalaridan muntazam foydalanib borish mexanizmlarini asoslash;

  • yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish;

  • uzluksiz ta’lim tizimida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqishga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlarini salmog’ini kengaytirish, “Ilm fan  ta’lim  amaliyot” integrasiyasining uzluksiz ta’lim tizimiga samarasini aniqlab borish;

  • uzluksiz ta’lim tizimiga ilg’or rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlashga erishish, hamkorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va h.k.

Insoniyat madaniyatining butun rivojlanishi Ilm fan -texnika taraqqiyoti (I.T.T.) bilan qattiq bog’langan Lekin bu taraqqiyot jarayonida ishlab chiqarish kuchlari tez va chuqur o’zgargan ayrim davrlar ham bo’lgan. XVIII-XXasrlarda bir qancha mamlakatlarda sanoatda keskin burilish bo’lgan davr ana shunday davrlardir. Bu davrlarda qo’l mehnati yirik mashinalashgan ishlab chiqarishga o’tildi. XX asrning o’rtalaridan boshlangan hozirgi I.T.T ham shunday keskin burilish davridir.
I.T.T insoniyat ishlab chiqarish kuchlarida tub sifatiy burilish bo’lib, u fanni jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanishiga asoslangan. I.T.T asta-sekin rivojlana borib, keyin insonning moddiy va ma’naviy imkoniyatlarining benihoya o’sishiga turtki bo’ladi. Biz I.T.T yanada chuqurlashib borayotgan davrda yashayapmiz. Hozirgi zamon I.T.T 4 ta asosiy hususiyatga ega: Birinchidan, ko’p qirrali bo’lib, hamma tarmoqlar, hamma sohalarni mehnat jarayonini, turmush sharoitini, madaniyatini, kishilar ruhiyatini o’zgartiradi. Agar ilgari sanoatda burilishning ramzi deb bug’ mashinasi hisoblangan bo’lsa, hozirgi I.T.T ning ramzi EHM, kosmik kema, samolyot, AES, televizor, telefon, mini kompyuterlar bo’lishi mumkin.
Hozirgi ITT ning ko’p qirrali ekanini geografik jihatdan ko’p sharxlash mumkin. Chunki FTI dunyoning barcha mamlakatlariga, Yerning butun geografik qobig’iga, shuningdek koinotga ham ozmi-ko’pmi ta’sir ko’rsatadi.
Ikkinchidan fan-texnika qayta qurishni nihoyatda tezlashtirib yubordi. Bu tezlanish ilmiy kashfiyot bilan uni ishlab chiqarishga tadbiq qilish o’rtasidagi vaqtning keskin qisqarganida mahsulotlarning juda tez ma’naviy eskirib qolishida va binobarin, muntazam yangilanib turishida o’z ifodasini topdi.
Uchinchidan, insonning ishlab chiqarishdagi o’rnining tubdan o’zgarishiga olib keldi. FTI mehnat resurslari malakasi darajasiga talabni keskin oshirdi. Bu talab sizlarning har biringiz uchun ham zarurdir. Bu hol ingson faoliyati barcha sohalarida aqliy mehnat salmog’ini oshirdi, ya’ni mehnatni aqliylashtirish ro’y berdi.
To’rtinchidan, FTI ning muhim hususiyati shuki, FTI II-jahon urushi vaqtida harbiy texnika inqilobi sifatida paydo bo’ldi. 1945 yil Xirosimada portlagan atom bombasi harbiy-texnika inqilobi boshlanganligi haqida jar soldi. Butun “sovuq urush” davomida fan-texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlari harbiy maqsadlarda foydalanishga qaratildi.
Iqtisodchilar, faylasuflar va sosiologlar hozirgi zamon FTI ko’p qirrali bo’lib, yagona murakkab tizimdan iborat. Bu tizimda uning 4 ta tarkibiy qismi bir-biri bilan o’zaro juda bog’lanib ketgan, deb hisoblaydilar. Bu 4 ta tarkibiy qism5:
1.Fan
2.Texnika va texnologiya.
3. Boshqaruv.
4. Ishlab chiqarish.
Fan va talab tarmoqlarning rivojlanishi.
Bu mamlakatlarda IYAMning 2-3 %i fanga sarflanadi. Hamma rivojlanayotgan mamlakatlarga esa jahondagi fanga qilinadigan harajatning 4-5%i to’g’ri keladi. Texnika va texnologiya: taraqqiyotning 2 yo’li.
Texnika va texnologiya ilm va kashfiyotni o’zida mujassamlashtiradi. Yangi texnika va texnologiyadan foydalanishdan maqsad ishlab chiqarish samarasini, mehnat unumdorligini oshirishdir.
Jami eksport mahsulotining Malayziyada 50 % ini, Yaponiya va Koreya Respublikasida 38 % ini, AQSH da 31 % ini yuksak texnologiya buyumlari tashkil etadi (2005 y.). Keyingi yillarda texnika va texnologiyaning asosiy vazifasi bo’lgan mehnatini iqtisod qilish bilan birga resurslarni iqtisod qilish va tabiatni muhofaza etish vazifalari tobora kuchayib bormoqda. Masalan: Buyuk Britaniya va Italiyada po’latni 2G’3 qismi temir-tersakdan olinadi. Buyuk Britaniya bilan Yaponiyada qog’ozning 1G’2 qismi makulaturadan iborat, AQSH va Yaponiyada alyuminiyning katta qismi ikkilamchi alyuminiydan olinadi. FTI sharoitida texnika va texnologiyaning rivojlanishi 2 yo’ldan iborat: 6
1.Evolyutsion (mukammallashish) tarqqiyot yo’li. Bunda mavjud texnika va texnologiya tobora mukammallashib, mashina va jihozlar quvvati oshib, transport vositalarining yuk ko’tarish qobiliyati ko’payib boradi. Masalan: Dunyodagi eng yirik energiya bloklari va domna pechlari Rossiya bilan Yaponiyada, Kostroma GRESida quvvati 1,2mln. kVtli energiya bloki ishlab turibdi. 50 yillar boshida eng katta dengiz tankeri 50ming t. Neftni tashiy olardi. 60- yillarga kelib yuk ko’tarish qobiliyati 100,200,300 ming t. 70 yillarga kelib 500,550 ming t. Bo’lgan ulkan tankerlar vujudga keldi. Bulardan eng yirigi Yaponiya va Fransiyada qurildi. Hozirgi zamondagi jamiyat hayotini uy-ro’zg’orda ishlatiladigan elektron asboblarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Tranzistor, radiopriyomniklar, televizor, magnitafon, personal EHM, elektron soatlar, elektron o’yinlar tobora keng tarqalmoqda. FTI davridagi texnika va texnologiya taraqqiyotining asosiy inqilobiy yo’l. Ishlab chiqarish taraqqiyotning 6 asosiy yo’nalish. FTI davrida ishlab chiqarish 6 ta asosiy yo’nalishda rivojlandi. 1.Elektronlashtirish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarini elektron hisoblash texnikasi bilan to’ldirish. Elektronlashtirish tufayli ko’p ishlab chiqarish jarayonlari butunlay o’zgaradi. Elektronlashtirish ta’lim sog’liqni saqlash maishiy, uy-ro’zg’or ishlariga tobora ko’proq singib bormoqda. Hozirgi vaqtda elektron jihozlar ishlab chiqarish sanoatning ilm-fanga talabi kuchli bo’lgan asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib qoldi.
2.Kompleks avtomatlashtirish. 50 yillarda EHM paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirish boshlandi. 70 yillarda mikro EHM va mikropressiya paydo bo’lishi bilan kompleks avtomatlashtirishni yangi bosqichi boshlandi. Chex yozuvchisi K.Chapek 20 yillardayoq mikroprosessorlarni robotlar deb atagan7. Hlzirgi vaqtda robot yasash ishlab chiqarishning ilm-fanni talab qiladigan eng yangi tarmoqlardan biri bo’lib qolmoqda. Horijiy dunyoda sanoat robotlari eng ko’p bo’lgan mamlakatlar Yaponiya va Germaniya, Italiya va Fransiyadir.
3.Energetika xo’jaligini qayta qurish. Energiya xo’jaligi energiyani iqtisod qilishga yoqilg’i energetika balansi tarkibini mukammallashtirishga energiyaning yangi manbaalaridan tobora ko’proq foydalanishga asoslanadigan bo’ldi.
4.Yangi materiallar ishlab chiqarish. Hozirgi kunda ishlab chiqarish eski konstruktiv materiallar bo’lgan qora va rangli metallarga, sintetik polimerlarga yuqori talab qo’yadi. Bunday materiallar salmog’i oshdi. Lekin hozirgi ishlab chiqarish tamoili yangi kompozision yarim o’tkazgich, sopol materiallar, shaffof tolalar, shuningdek, “XX asr metallari” hisoblanadi. Berilliy, litiy, titan va boshqa ko’pgina metallar ishlatiladigan bo’ldi.
5.Biotexnologiyaning jadal rivojlanishi. Bu yo’nalish 70 yilda paydo bo’ldi. Hozirda eng istiqbolli sohaga aylanib qoldi. FTIning ilm-fanni eng ko’p talab qiladigan yangi tarmoqlaridan bo’lgan biotexnologiya va biosanoat ham Yaponiya, va Fransiyada rivojlanmoqda.
6.Kosmosning o’zlashtirilishi. Boshqarish yuqori axborot madaniyat yo’lida. FTIning hozirgi bosqichi boshqarishga yangi talablar qo’yadi. Eskichasiga nazar solib boshqarish endi mumkin emas. Informatika kursidan sizga ma’lumki, amaliyot talabiga javob tariqasida boshqarish haqidagi yangi fan-kibernetika vujudga keldi. Kibernetika shu bilan birga axborot haqidagi fan ham hisoblanadi. Biz hozir axborot davrida yashayapmiz. Akademik A.P.Ershov ta’biri bilan aytganda axborotlarni qayta ishlash va uzatishning hozirgi sistemalari insoniyat jamiyatining o’ziga xos asab sistemasini shakllantiradi. Chunonchi, ilm-fan talab ko’p tarmoqlar yaxshi tashkil etilgan va turli xil axborotlar manbaiga yaqin erga, ya’ni yirik shaharlar hamda shahar aglomerasiyalarda joylashtirishni taqozo qiladi. Hozirgi vaqtda ilmiy axborotlar hajmi va axborot manbalari juda tez ko’payib bormoqda. Shuning uchun ham oddiy qog’ozli axborotdan mashina axborotiga o’tib borish juda muhimdir. Masalan: yozuv mashinkasi va kompyuter diski. Bu texnikani ishlatish uchun dasturchi (programmist), boshqaruvchi (operator) va boshqa mutaxassislar vujudga keladi. Konchilik sanoati xalq xo‘jaligining barcha sohalarini xom ashyo va yoqilg‘i bilan taminlaydi. Konchilik sanoati xom ashyo, yoqilg‘i, qurulish materiallarini etkazib berishi bilan davlatning xalq xo‘jaligini rivojlanishini, texnikaviy yuksalishini va iqtsodiy mustaqilligini taminlashda katta ahamiyat kasb etadi. Xalq xo‘jaligi moddiy ishlab chiqarilgan va ishlab chiqarmaydigan sohalarni o‘z ichiga oladi. Xalq xo‘jaligining etakchi va yirik sohasi foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sanoati hisoblanadi. Ushbu sanoatning etakchiligi barcha moddiy ishlab chiqarish sohalari iqtisodiyotini rivojlantirishdagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Shu bilan birga texnikaviy yuksalishning asosi hisoblanadi va barcha sohalar uchun xom ashyo bazasi hisoblanadi. Shu sababli Respublikamizda konchilik sanoatini har tomonlama rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi.
Malumki Respublikamizning barcha viloyatlarida foydali qazilmalarning u yoki bu turlari yani qattiq, suyuq, gazlar mavjuddir. Respublikamiz hududida foydali qazilmalarni qazib olish, qayta ishlash va ulardan foydalanish juda qadim zamonlarda boshlangan. Bunga misol qilib Toshkent viloyatining Ohangaron vohasidagi,Surxondaryo viloyatidagi konlarning lahmlarini olsa bo‘ladi. Angren darasining chap qirg‘og‘ida olimlar tomonidan qadimgi kon lahimlari topilgan. Oqtuproqda oltin qazib olish VII - XII asrlarda amalga oshirilganligini isbotlashgan.
Yana Qulota deb nomlangan shaharning qoldiqlarini tekshirilganda, bu erda ming yil oldin odamlarning metall eritish bilan shug‘ullanganliklari malum bo‘lgan. Qidirish ishlari shuni ko‘rsatadiki bu erda tarkibida mis, qo‘rg‘oshin, ruh, oltin, kumush bo‘lgan rudalar qayta ishlangan ekan. Shu bilan birga ko‘mirdan yoqilg‘i sifatida foydalanish va uni qazib olish ham bir necha asrlarga borib taqaladi.
Yuqorida aytilganlardan xulosa qilinsa konchilik sanoati Respublikamizda qadimdan bo‘lgan va tobora rivojlanib borgan. Ayniqsa mustaqillik davrida konchilik sanoatini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bir necha yangi konlar ochildi. Mavjud konlar yangi elektromexanik vositalar bilan jihozlanmoqda. Malakali ishchi va oliy malumotli mutaxassislar bilan taminlash uchun bir qancha kollejlar, litseylar va OTM faoliyat ko‘rsatayapti. OTMning faoliyatlari qayta ko‘rib chiqilib, takomillashtirilyapti, chet elning ilg‘or OTMlari bilan bir qatorda faoliyat ko‘rsatish uchun harakatlar amalga oshirilmoqda.



Download 44,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish