Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet147/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Mafkura yakkahokimligi – muayyan davlat yoki davlatlarda yagona mafkuraning to‘la hukmronligi. Mazkur hodisa ba‘zi jamiyatlar va tuzumlarga hos bo‘lib, odatda vaqtincha davom etadi.

Bunday mafkura yakkahokimligi o‘ta murakkab davrga mansub bo‘lib, go‘yoki boshboshdoqlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘tish davri qiyinchiliklarini uyushqoqlik bilan va tezda yengish maqsadida kiritiladi. Aslida bunday mafkura yakkahokimligi o‘z manfaatlarini amalga oshiradi va jamiyat hayotini, fikrlar erkinligini bo‘g‘ishi mumkin.

Mehnat resurslari- mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; Kishilar yoshining ulg‘ayishiga qarab mehnat resursiga qo‘shiladilar so‘ngra undan chiqadilar. Aholi tarkibida qanchalik yoshlar ko‘p bo‘lsa m.r. shunchalik tez o‘sadi. XX asrning oxiri XXI asr boshlarida O‘zbekistonda mehnat resursi har yili 320-350 ming kishi atrofida ko‘payib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qo‘yganlar tashkil etadi.

Millat- (arabcha-xalq) -kishilarning yagona tilda so‘zlashishi, yaxlit hududda istiqomat qilish,

mushtarak iqtisodiy hayot kechirish, umumiy madaniyat va ruhiyatga ega bo‘lishi asosida tarixan tashkil topgan barqaror birlik.

Millatchilik-o‘z millatining manfaatlarini boshqa millatlar haq-huquqlaridan yuqori qo‘yib hal etishga intiluvchi siyosiy oqim. O‘z ehtiyojlari va manfaatlarini o‘ylab, boshqa millatning yoki boshqa xalqlar vakillarining ehtiyoj va manfaatlarini nazar pisand qilmaslik. Millatchilik milliy biqiqlik, millatparastlikka asoslanib, milliy nizo, ixtiloflarga sababchi bo‘ladi. Millatchilik jamiyatdagi hamjihatlikka ochiqdan-ochiq qarshi chiqadi. Millatchilik ayrim soxta millatparvarlik g‘oyalariga tayanib, milliy o‘zligini anglash bilan bog‘liq, milliy til, milliy ruhiyat, milliy ong, milliy g‘urur, milliy-ma‘naviy qadriyatlar va boshqalarni qurol qilib oladi. Aslida millatchilikda milliy o‘zlikni anglash yotdir. Millatchilikning siyosiy tusda namoyon bo‘lishi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi, davlat va millatning xavfsizligigagina emas, ayni vaqtda mintaqaviy, keng ko‘lamli xavfsizlikka tahdid soluvchi kuchga aylanadi. Tajovuzkor millatchilik shovinizm, fashizm g‘oyalari bilan uzviy bog‘liqdir. Demokratik jamiyatda millatchilik ko‘rinishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

Milliylik-tarixan tashkil topgan barqaror ijtimoiy-etnik birliklarni, ya‘ni millatlar va elatlarni boshqa barqaror ijtimoiy birliklardan, masalan, ijtimoiy sinflardan farqlovchi tomonlar, xususiyatlar, ma‘naviy ruxiy va madaniy qirralar hamda tafovutlar majmui. Milliylik-jamiyat hayotining eng muhim omillaridan biridir. CHunki jamiyat va umuman insoniyat millatlar va elatlardan iboratdir. SHu boisdan jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik va kishilarning bunyodkorlik faoliyati ko‘p jihatdan millatlar hamda elatlarning o‘zaro munosabatlari qanchalik to‘g‘ri va odilona hal qilinganligiga bog‘liq.

Sobiq sho‘rolar tuzumi davrida milliylik masalalarini tadqiq etish va o‘rganish ma‘qul ko‘rilmas edi. CHunki bu holda milliylikni bilish va anglash uchun millatlar, elatlar orasidagi farqlar va taflvutlarni o‘rganmoq zarur bo‘lardi. Holbuki, bu davrdagi hukmron mafkura millatlar va elatlar orasidagi farqlarni emas, ularni yaqinlashtiruvchi, ularni tezroq qo‘shib yuborishga hizmat qiluvchi omillar va xususiyatlarni o‘rganishni talab qilgan. SHuning natijasida istibdod davridagi millatlarning va elatlarning hayoti, tarixi urf-odatlari bir tomonlama, yuzaki o‘rganildi.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish