Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan


Ikkinchi rejada quyidagi masalalar yoritiladi



Download 5,34 Mb.
bet45/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Ikkinchi rejada quyidagi masalalar yoritiladi. Ibtidoiy jamiyat-ibtidoiy odamlarning paydo bo‘lishidan to davlat yuzaga kelgunga qadar bo‘lgan davrdir. Ibtidoiy jamiyat poleolit, mezolit, neolit, eneolit va bronza davrlariga bo‘lib o‘rganiladi. Mazkur davrlar o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular quyidagilardir:





1Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – B. 140.

2Karimov I.A. Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch. – Toshkent: Ma‘naviyat, 2008. – B. 4.

Poleolit davri bu davr «Qadimgi tosh davri» deb ham yuritiladi. Poleolit davri uch bosqichdan iborat: Ilk poleolit, o‘rta poleolit va so‘ngi poleolit.

Avvalo shuni ta‘kidlash o‘rinliki, bu davrda ibtidoiy odamlar hali metall ishlatishni bilmaganlar, ular asosan oddiy toshlardan, yirik hayvonlarning suyaklaridan, shohlaridan va daraxtlarning qattiq shoxlaridan mehnat quroli yasaganlar va undan foydalanganlar.

Ilk poleolitdavrining diqqatga sazovorligi shundaki, bu davrda odamlar va ularning dastlabki mehnat qurollari paydo bo‘lgan. Bu davrning tosh qurollari arxeolog olimlar tomonidan yetarli darajada va yaxshi o‘rganilgan. Insonga tegishli dastlabki mehnat quroli Frantsiya hududidagi Ashel degan joydan topilgan. Olimlarning ilmiy xulosalariga ko‘ra Ashel davri bundan bir million yil burun boshlangan va miloddan avvalgi 200-100 minginchi yillargacha davom etgan. O‘tgan asrning 80-yillarida arxeolog O‘.Islomov boshchiligidagi tadqiqotchilar Farg‘ona vodiysidagi Selo‘ngur (So‘x tumanida) g‘oridan qadimiy odam manzilgohini topdilar. So‘ngi tadqiqotlar natijasiga ko‘ra Selo‘ngur ilk poleolit davriga oid bo‘lib, bu yerdan olingan topilmalarning yoshi bir million yildan ziyodroq ekan. Ushbu topilmalar orasida eng ahamiyatlisi qadimgi odamning jag‘ suyaklari va tishlari, yelka suyaklaridir. Hozir fanda ―Farg‘ona odami‖-―Fergantrop‖ deb nomlangan bu qazilma O‘rta Osiyo, xususan O‘zbekiston insoniyat paydo bo‘lib rivojlangan o‘choqlardan biri ekanligini uzil-kesil isbotlaydi.

Ilk poleolit manzilgohlari yanada Shimoliy-sharqiy O‘zbekistonning, Toshkent viloyatining Qorabuloq makonidan ham topilgan. Shuningdek, Ohangaron yaqinidagi Qizilolmasoy va Toshsoy manzilgohlaridan ham bu davrga oid manbalar topilgan.

O’rta poleolit - qadimgi tosh asrining muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Bu davrga oid dastlabki yodgorliklar Teshiktosh (Surxondaryo) g‘or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan. Surxon vohasidagi (Boysuntog‘) Teshiktosh g‘or-makoni topilmalari nafaqat O‘zbekiston, balki butun dunyo arxeologiya fanida mashhurdir. O‘rta poleolit davriga mansub bu g‘ordan 3000 ga yaqin tosh qurollar topilgan. Eng muhimi shundaki, Teshiktosh makonining yuqori qatlamlarida 9 yashar bolaning skelet suyaklari topilgan. Tadqiqotchilar fikrlariga qaraganda, bu bola neandertal tipidagi qadimgi odam vakilidir. Bu davrga oid arxeologik materiallar yana Toshkent viloyatidagi Obirahmat makonidan, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on hududidaga Qo‘tirbuloq makonidan ham topilgan. O‘rta poleolit davrida odamlar hayotida bir qator o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrda odamlar O‘rta Osiyoning keng hududlariga tarqala boshladilar.

Sovuq iqlim tufayli o‘rta poleolit odamlari olovni kashf etdilar va sun‘iy olov chiqarish hamda uni saqlashni o‘zlashtirganlar.



So’nggi (yoki yuqori) poleolit - bu davr uzoq davom etgan qadimgi tosh asrining oxirgi bosqichi

bo‘lib, mil. avv. 40-12 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda bu davrga oid O‘rta Osiyoda 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Masalan, Samarqand shahrining o‘zida, Farg‘onada Xo‘jag‘or, Pomir etaklaridagi SHug‘nov, Toshkent viloyatidagi Ko‘lbuloq, Tojikistondagi Qorakamar yodgorliklari shular jumlasidandir.

So‘nggi poleolit davriga kelib odamlarning hayoti va turmushida turli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Xususan, odamlar g‘ordan chiqib yengil turar-joylar, chayla va yarim yerto‘lalarda yashay boshladilar. Ular endi faqat tog‘li hududlarda yashab qolmay vohalar bo‘ylab tarqaldilar. So‘nggi poleolit davrining yutuqlaridan biri-nayzaning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Nayza tufayli ovchilik rivojlandi.

Mezolit(o’rta tosh asri)- tosh asrining keyingi rivojlanish davri hisoblanadi. O‘rta Osiyoda mezolit davri nisbiy tarzda mil. avv. 12-7 ming yilliklarni o‘z ichiga oladi. Mezolit - odamlarning yer yuzi bo‘ylab keng tarqalishi bo‘lib, ularga oid materiallar ko‘plab joylardan topilgan. O‘rta Osiyoning mezolit davri makonlari Surxondaryoning Machay, Farg‘onaning Obishir, Markaziy Farg‘onadan Toshkentning Bo‘zsuv, Qo‘shilish, Tojikistonning Oshxona, Chilchorchashna kabi joylaridan topilgan. Mezolit davriga kelib yer yuzidagi ulkan muzliklarning yana shimolga tomon siljishi oqibatida iqlim barqarorlashib hozirgi davrdagiga ancha o‘xshab qolgan edi. Buning natijasida O‘rta Osiyo hayvonot olami va o‘simlik dunyosida ancha o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrga kelib kishilar nisbatan nozikroq qurollarni tayyorlashni o‘zlashtira boshlaganlar. Mazkur davr uchun asosiy ahamiyatli narsa o‘q-yoyning kashf etilishidir. Bu davrning eng katta yutuqlaridan yana biri yovvoyi hayvonlarni, it, qo‘y, echkilarni qo‘lga o‘rgatilishi bo‘ldi.

Jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bir rivojlanish bosqichida chorvachilik dehqonchilikdan ajralib chiqdi va birinchi mehnat taqsimoti yuz berdi. Mezolit davrida (mil.avv 12-7 ming yilliklarda) insoniyat taraqqiyotida, uning xo‘jalik faoliyatida muhim hodisa sodir bo‘lgan. Bu davrda yovvoyi hayvonlardan it, qo‘y, echki kabilar qo‘lga o‘rgatildi ya‘ni xonakilashtirildi. SHuni aytish kerakki, bu davrda ovchilikdan chorvachilikka o‘tish muhim hodisa bo‘ldi. Odamlar turmush tarzida temirdan foydalanilishi xususan,

mehnat va ov qurollarini temirdan yasalishi kishilik taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb qildi. Mezolit davrining mashhur yodgorliklaridan biri Surxon vohasidagi Machay makonidir.

O‘rta Osiyo tarixida Neolit davrining(yangi tosh asri) yuqori chegarasi mil. avv. VI - quyi chegarasi IV-III ming yilliklar bilan belgilanadi. Neolit davri qabilalari aksariyat hollarda daryo sohillari va tarmoqlari yoqasida, ko‘l bo‘ylarida yashab, tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqib baliqchilik va ovchilik yoki dehqonchilik, chorvachilik, ayni vaqtda qisman hunarmandchilik bilan shug‘ullanganlar.



Neolit (yangi tosh) davrida mehnat qurollari ancha takomillashdi. Odamlar o‘troq hayot kechirishga o‘ta boshladi. Bu davrga kelib odamlar doimiy yerto‘lalar, kulbalar qurish, loydan, guvalalardan oddiy uylar solish ko‘chaydi. Qishloqlar paydo bo‘la boshladi. Endi doimiy o‘troqlik xo‘jaligi paydo bo‘ldi bu hol dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho‘lli hududlarda, azm daryo va ko‘l bo‘ylarida esa o‘troq ovchilik xo‘jaligini qaror topishiga sabab bo‘ldi.

O‘rta Osiyo hududidan bu davrga oid ko‘plab makonlar topilgan. Fanda Joytun madaniyati (Janubiy Turkmaniston), Kaltaminor madaniyati (Xorazm hududi), Xisor madaniyati (Xisor-Pomir tog‘lari) nomi bilan ataluvchi makonlar ushbu davrning eng yirik madaniy qatlamlari mavjud topilmalardir. Bu davr uchun eng xususiyatli jihatlar shundaki, Neolit davrida tosh boltalar ancha takomillashtirildi, dehqonchilik va chorvachilik kashf etildi.




Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish