Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet33/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

1980 yillarning o‘rtalarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy hayotdagi inqiroz. O‘zbekistonda ishchi kuchi tanqisligi bahonasida, ko‘plab ishchi kadrlar markazdan ko‘chirib keltirildi. Dastlab markazning sanoat korxonalari bilan birga bu yerga ko‘chib kelgan kadrlar ma‘lum darajada mahalliy ishchi kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Biroq keyingi yillarda markazdan kadrlar jo‘natish ko‘paydi. Jumladan,






1 Rashidov SH. Adabiy-tanqidiy maqolalar, xotiralar, kamolat. 4-jild. – Toshkent: G‘afur G‘ulom, 1982. – B. 15.

2 O‘zbekiston Respublikasi MDA, 314-fond, 1-ro‘yxat, 26-ish, 421-varaq.

RSFSRdan 1961-1965 yillarda 115,3 ming nafar ishchi ko‘chirilgan bo‘lsa, 1966 -1970 yillarda esa 66,4 ming nafar ishchi keltirildi1. Sovet tuzumining maqsadi mintaqada ishchilar sinfining ko‘p millatli kadrlarini yetishtirishni bahona sifatida ko‘rsatib, o‘lkaning boy tabiiy resurslarini o‘z egalarining qo‘lida emas, balki o‘zlari ishongan kadrlar qo‘lida bo‘lsa o‘zlashtirish yanada tezroq amalga oshishini bilgan. Misol uchun, Muruntov oltin koni 1969 yil ochilgandan keyin ishlashga asosan markazdan kadrlar jo‘natiladi, konda mutaxassislar aniqlashicha oltin zahirasi qalinligi 400 metr bo‘lib, uning 200 metr qalinligi markazga qazib olib ketilgan2. Bunday holatlar bilan respublikada aholi tobora ko‘p millatli bo‘lib bordi. Sovet hokimiyati yillarida bunyod bo‘lgan sanoat markazlari, xususan, CHirchiq, Angren, Olmaliq, Bekobod, Navoiy, Zarafshon, Muborak kabi shaharlarda asosan boshqa millat vakillari, ya‘ni mamlakatning turli mintaqalaridan ko‘chirib va ko‘chib kelgan ishchi kadrlar joylashdi. Shu tariqa respublikadagi sanoat shaharlar ham ko‘p millatli bo‘lib bordi. Masalan, ruslar eng avvalo shahar joylarda, ko‘p qismi Toshkent va Toshkent viloyatida, Buxoro, Samarqand, va Farg‘onada ham ularning soni sezilarli darajada yuqori bo‘lgan. Respublikada yashovchi tatarlarning deyarli yarmisi Toshkent shahri va viloyatiga to‘g‘ri kelgan3. Binobarin xodimlar saflarini tub yerli millat kishilari hisobiga o‘stirish, ularni doimiy ish bilan ta‘minlash respublika uchun ijtimoiy adolat nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega edi.

1966 yil 26 aprelda O‘zbekiston poytaxti Toshkentdagi zilzilaning oqibatida vayron bo‘lgan uy-joy, sanoat korxonalarini tiklash uchun Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiyadan katta hajmda ishchi kuchi O‘zbekistonga jo‘natildi4. Ularning yordami bilan vayron bo‘lgan joylar qayta tiklandi, yanada ko‘rkam, kuchli yangi Toshkent shahri barpo etildi. Biroq yordamga kelgan ishchi kuchlarining asosiy qismi doimiy yashash uchun O‘zbekistonda qolib ketdilar. Yozuvchi Shukrulloning ta‘biri bilan ta‘kidlaganda

―Toshkentliklar kim, o‘zbeklar yuz yillardan beri ota-bobosi yashab, ruslar Toshkentga kirgach ―eski shahar deb ataladigan qismida qanday yashagan bo‘lsa, shunday qolaverdi. Toshkentning yangi qurilgan ko‘p qavatli imoratlariga esa, hasharga kelganlar va Toshkentning asosan ruslar yashaydigan ―yangi shahar‖! deb ataladigan qismida turadiganlar ko‘chib kirishdi. SHunday qilib Toshkent qardoshlik shahri, do‘stlik shahri bo‘ldi qo‘ydi‖5. O‘zbekistondagi yirik korxonalarning ko‘pchiligi boshqa sovet respublikalaridan kelgan ishchi va mutaxassislar yordamida qurildi6. Korxonalarning qurilishida ularning xizmatlari katta bo‘ldi, lekin vaqtincha kelgan ishchi mutaxassislar qurilish tugagach doimiy yashash uchun O‘zbekistonda qolib ketdilar. Buning sabablaridan yana biri ko‘chirib keltirilgan ishchi kadrlar yosh jihatdan alohida guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, ular asosan 20-24 yoshlilarni tashkil etgan holda oila qurish yoshida bo‘lgan va natijada O‘zbekiston aholisining miqdor ulushida ular 1960 yil 28,4%, 1970 yil 31,9%, 1975 yilda 32,9%ni tashkil etdi7. Ular uchun maxsus turar joy binolari tezlikda qurib bitkazildi. Misol uchun, Toshkent to‘qimachilik kombinati uchun




1 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 212.

2 Fan va turmush, 1992 yil, - №1. – B. 3.

3 O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari. – Toshkent: Universitet, 1992. – B. 14.

4 Ташкент город братства- Ташкент: Узбекистан 1969. – С. 13.

5 SHukrullo. Qasosli dunyo. – Toshkent: O‘zbekiston, 1994. – B. 44.

6 Максакова Л.П. Миграция населения Узбекистана. – Ташкент: Узбекистан, 1986. – С. 74.

7 Мулляджонов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 219.

1971 yilda ikkita ko‘p qavatli turar joy binolari topshirildi. Tashqaridan jalb qilingan kadrlarga uy-joylar mahalliy aholi yashaydigan milliy qishloqlar, posyolkalar va kichik shaharlarga qaraganda qiyos qilib bo‘lmas darajada yaxshiroq qilib qurildi va ancha yuqori darajadagi qulayliklar yaratildi. Respublikada 1924-1973 yillar ichida 105 mln.

589 ming kv. metrdan iborat uy-joy qurilib, 1 mln. 684 ming kishi o‘zining uy-joy sharoitini yaxshilab oldi1. Biroq bu ko‘rsatkichning asosiy qismi chetdan kelganlarga to‘g‘ri keldi. Natijada markaziy mintaqalardan ko‘chib keluvchilar soni ortib bordi. Xususan, 1961-1975 yillarda 391,4 ming kishi mamlakatning turli mintaqalaridan O‘zbekistonga ko‘chirilgan bo‘lib, 1971-1975 yillarda RSFSRdan o‘rta hisobda 55,3 ming nafar kishi kelgan2. Ular respublikaning xohlagan shaharlarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin va qisqa muddat ichida uy-joy, imtiyozlar bilan ta‘min etilardi. Biroq respublikaning chekka qishloqlari-dan kelgan mahalliy yoshlarga shahar ro‘yxatiga o‘tish, ishga kirish, yashash uchun joy topish muammo bo‘lib, mahalliy millatga mansub ishsizlar soni ortib bordi. Vaziyat murakkab bo‘lib turgan bir paytda, mintaqada minglab ishsizlar mavjudligiga qaramay, chetdan ishchi kuchi olib kelish adolatsiz-lik, tub millatli aholiga nisbatan ishonchsizlik ko‘rinishi edi. Ishlab chiqarishda mahalliy kadrlar qo‘nimsizligi yuqori bo‘lib, ularga yetarli shart-sharoitlar yaratilmaganligi sabab zavod- fabrikalarda ishdan ketish xollari keskin tus oldi. SHu alfozda mahalliy millat vakillarining salmog‘i sanoat korxonalarida kamayib bordi. Qishloqlarda ishsizlarning katta qismi asosan kichik tomorqalarida ish bilan band bo‘ldi. 1980 yillarga kelib esa mehnatga layoqatli, lekin ishlab chiqarishda band bo‘lmaganlarning soni 2,5 martaga ortdi. Aynan 1975 yil RSFSRning iqtisodiy rayonlaridan ko‘chib kelgan aholi ishlab chiqarish ishchilarining umumiy miqdorida respublikaning ba‘zi shaharlari bo‘ylab quyidagi ko‘rsatkichda: Nukus shahrida-8%, Andijonda-10,5%, Kogonda-21,5%, Jizzaxda-17,2%, Qarshida-15,4%, Namanganda-20,5%, Samarqandda-25,6%, Gulistonda-27,2%, Farg‘onada-18,4%, Marg‘ilonda-18%, Urganchda-12,4%da bo‘lgan3. Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekistonda ushbu millat vakillarining geografik joylashishiga nazar tashlansa, mahalliy millat vakillari qishloqlarda ko‘proq, sanoat markazlarida kamroq joylashgan.

Ko‘chirib keltirilganlarning ko‘pchilik qismi ijtimoiy ahvoli bo‘yicha ishchilar bo‘lgan. Respublikada ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan sharoitda ularning O‘zbekistonga kelishini adolatli xol deb bo‘lmasdi. Yana katta muammolardan, mehnat resurslari jadal o‘sishining ko‘proq qismi mahalliy millat aholisi hisobiga to‘g‘ri kelgan. Biroq ma‘muriyat tomonidan bu kabi yirik muammolar e‘tiborga olinmay, chetdan ishchi kuchi olib keltirishni davom ettirdi. SHu bois mahalliy aholi orasida ishchilar tayyorlashning sifatini yaxshilash va miqdorini kengaytirish zarurati yetilgan yirik muammolardan bo‘lib qolaverdi. Amalda bu siyosat mahalliy aholi bilan boshqa millat aholisi o‘rtasidagi o‘ziga xos mehnat taqsimotini belgilab berdi. Mahalliy aholi bandligi paxta yakkaxokimligi sabab, qishloq xo‘jaligida ko‘pchilikni tashkil etdi. Ko‘chirib kelinganlar asosan shaharlarda, avvalo og‘ir sanoatning muhim tarmoqlarida va aqliy mehnat sohasida, ya‘ni yaxshi maosh to‘lanadigan jabhalarda mehnat qilishdi. Ayni bir vaqtda tuzum siyosatida mahalliy kadrlar faoliyati ustidan doimiy nazoratning yangi







1 O‘zbekiston SSR: Sotsializm va xalqlar do‘stligining qudratli kuchi. Raqamlar va faktlar // O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 0863. - №0z. – B. 82.

2 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С. 212.

3 Мулляджанов И.Р. Демографическое развитие Узбекской ССР. – Ташкент: Узбекистан, 1983. – С.

С. 215.


shakllari yuzaga keltirilib, ularning mustaqil ishlash imkoniyatlarini cheklab qo‘ygandi. Amalda bu siyosat mahalliy aholi bilan boshqa millat aholisi o‘rtasidagi o‘ziga xos mehnat taqsimotini belgilab berdi. Mahalliy aholi bandligi paxta yakkaxokimligi sabab, qishloq xo‘jaligida ko‘pchilikni tashkil etdi. Ko‘chirib kelinganlar asosan shaharlarda, avvalo og‘ir sanoatning muhim tarmoqlarida va aqliy mehnat sohasida, ya‘ni yaxshi maosh to‘lanadigan jabhalarda mehnat qilishdi. Ayni bir vaqtda tuzum siyosatida mahalliy kadrlar faoliyati ustidan doimiy nazoratning yangi shakllari yuzaga keltirilib, ularning mustaqil ishlash imkoniyatlarini cheklab qo‘ygandi. Xalq xo‘jaligida o‘zbeklarning salmog‘i 1980 yillarda umumiy ishchilar salmog‘ida 50%, xizmatchilar- 18%ni tashkil qildi. Buni boshqa respubli-kalar ko‘rsatkichi bilan solishtirganda O‘zbekistonda tub millatga mansub ishchilar salmog‘i kamligi kuzatiladi. Bu ko‘rsatkich 1979 yilda olingan aholi ro‘yxatiga binoan ruslarda-63%, 31%, qozoqlarda-64%, 28%, qirg‘izlarda-56%, 20%, tojiklarda-55%, 15% ni belgilagan1. Bunda tub yerli aholining sanoat ishlab chiqarishda o‘sib borishi sekinlashganini ko‘rish mumkin. Buning sabablaridan biri, ijtimoiy ishlab chiqarishda mahalliy aholi salmog‘ining ozligi bo‘lib, ma‘lumotlar bo‘yicha, mehnatga layoqatli o‘zbeklarning xalq xo‘jaligidagi hissasi shu millatga mansub jami aholining 37,2% ini tashkil etgan. Zero, O‘zbekistonda yashovchi ruslarning-53,9%, tatarlarning-52,5%, koreyslar-ning-51,1%i xalq xo‘jaligida mehnat qilgan2. Yana bir muhim tomoni tub yerli aholining tarmoqlar bo‘yicha notekis taqsimlanganligidan, uning ko‘p qismi yuqorida ta‘kidlanganidek, qishloq xo‘jaligida band bo‘lgan. Sanoat tarmoqlari kengaygan sari mutaxassislar va ishchilar soni ko‘payib bordi. Ularning orasida o‘zbek va boshqa mahalliy millatlar vakillarining salmog‘i ortdi. Biroq shu bilan birga, ko‘pgina sanoat korxonalari ishga tushirilishi arafasida respublikaga SSSRning markaziy mintaqalaridan mutaxassis va ishchilarning olib kelishi keng qo‘llanilgan. Umuman sovet davlati hukmronligi yillarida mahalliy aholi yirik sanoat ishlab chiqarish jabhalaridan ma‘lum darajada begonalashtirilib kelindi. Sanoatlashgan hududlar ataylab mahalliy aholining juda kam ishtiroki bilan, asosan sobiq ittifoqning markaziy mintaqalaridan ishchilar jalb qilish hisobiga tashkil etildi va rivojlantirildi. Masalan, 1989 yilda xalq xo‘jaligida band bo‘lganlarning soni 5,3 mln. kishi bo‘lib, sanoat ishlab chiqarishdagi o‘zbeklarning salmog‘i atigi 0,7 mln. kishini tashkil etdi3.

Xulosa o‘rnida xalq xo‘jaligining tarmoq strukturasida respublika iqtisodiyoti bir tomonlama kengayib ketganligini ko‘rish mumkin. Ahvol shunday bo‘lib qolgandiki, qishloq xo‘jaligida paxta yakkahokimligi bilan bir qatorda unda o‘z mahsuloti bilan asosan agrar sektorni ta‘minlaydigan tarmoqlar ustunlik qildi. Mintaqa sanoatining nomukammalligi tub yerli aholining ijtimoiy tarkibiga, sanoatning an‘anaviy tarmoqlarida jamlanishiga ta‘sir qildi hamda fan-texnika taraqqiyotini belgilaydigan tarmoqlarda ularning nihoyatda kam bo‘lishiga olib keldi. Mahalliy kadrlar ko‘proq an‘anaviy sohalarga, ya‘ni yengil sanoat, oziq-ovqat kabilarga jalb etilgan. Modomiki, tub yerli aholini fanga asoslangan ishlab chiqarishlarga ham ko‘p miqdorda jalb etilganda, madaniy-texnik saviyasini yanada o‘stirgan bo‘lib, korxonalarda malakali ishchi kuchlarining o‘rnini chetdan kelgan kadrlar bilan to‘ldirmay mahalliy kadrlar ko‘proq jalb etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Hamda mahalliy aholining mehnat







1 Таксанов А.К. Перестройка и некоторые проблемы развитиya национальных кадров индустриального рабоchего класса. – Таshкент: Фан, 1989. – С. 18.

2 Taksanov A. Qishloqda sanoat ishchilar sinfining rivojlanishi // O‘zbekiston kommunisti. – Toshkent, 1987. - №7. – B. 29.

3 Итоги Всесоюзной переписи населения 1989 г. Т. IV. –Таshкент: 1990. – С. 42.

sharoitini takomillashtirish, ish joylarni to‘g‘ri yo‘naltirish, ish haqini oshirish, uy-joy, ijtimoiy ahvolini yaxshilash kabi muammolar aniq vaqtida bajarilganda yashash sharoiti yaxshilangan bo‘lar edi.


    1. ―Qayta qurish‖ va uning cheklanganligi. ―Paxta ishi‖, ―O‘zbeklar ishi‖.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish