Saljuqiylar davlati. Saljuqiylar davlatining bosh sultoni bo‘lib Tog‘rulbek (1038-1063y) saylandi. U katta istilochilik yurishlari olib borib, Balxni, Iroqning shimoli, Ozarbayjonni, Ko‘rdistonni va Qo‘histonni ham bosib olishga erishdi. 1055 yildau kattaqo‘shin bilan Bag‘dodga kirib keldi va xalifadan o‘z nomiga xutba o‘qitishni talab etdi. Shundan so‘ng xalifa diniy hokimiyatni o‘z qo‘lidasaqlab qolib, dunyoviy hokimiyatni sulton unvoni bilan Tog‘rulbekka
topshirdi. Saljuqiylar davlatining poytaxti qilib Tog‘rulbek Ray shahrini tanladi. Uning hukmronligi davrida saljuqiylar Kavkazda Vizantiya qo‘shinlarigaham katta zarba berdilar. U Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan qoraxoniylar bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatdi. Lekin, uning vorisi Alp Arslon (1063 -1072) Amudaryoning o‘ng sohilidagi yerlarga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi, Vizantiya imperatori Roman IV Diogen qo‘shinlarini mag‘lub etdi. Undan keyin taxtga o‘tirgan Malikshoh (1072-1092) 1089 yilda qoraxoniylar o‘rtasidagi ichki nizolardan foydalanib Buxoro va Samarqandni egalladi va katta o‘lja bilan orqaga qaytdi. Lekin qoraxoniylar saljuhiylarning yarim vassaliga aylandilar. Malikshohnnng o‘limidan keyin saljuqiylar davlatida taxt uchun o‘zaro kurashlar qizib ketadi va 1118 yilda hokimiyat buyuk saljuqiylar sulolasining so‘nggi yirik vakili Sulton Sanjar (1118 -1147) qo‘liga o‘tadi. Uning davrida Saljuqiylar davlatining poytaxti Marv shahriga ko‘chiriladi. U Movarounnahrdagi qoraxoniylarning ichki ishlariga, siyosatiga katta ta‘sir o‘tkaza olishga erishgan saljuqiylardan edi. Lekin, 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar va uning vassali, ittifoqdoshiga qoraxoniy Mahmudxonning birlashgan qo‘shinlari o‘rtasida, Samarqand yaqinidagi Qatvon cho‘lida bo‘lib o‘tgan jangda qoraxitoylarning g‘alaba qilishi Saljuqiylar davlatini ancha zaiflashtirdi. Saljuqiylarning mag‘lubiyatidan Xorazmshoh Qutbiddin Muhammad Otsiz ustalik bilan foydalanib, 1141 yilning qishida Saljuqiylarning poytaxti Marvni bosib oldi. 1142 yilda esa Nishopurga yurish qildi. Lekin Sulton Sanjar Xorazm qo‘shinlarini Xurosondan quvib chiqaradi va Xorazmshoh Otsizni yana o‘ziga bo‘ysundirishga erishadi. Sulton Sanjarning harakatlariga qaramasdan Saljuqiylar davlati o‘zining avvalgi qudratini yo‘qota bordi. Saljuqiylarga xal qiluvchi zarbani Balx va Xo‘jjalan viloyatlarida yashovchi ko‘chmanchi g‘uz qabilalari berdi. 1153 yilda ulra Sulton Sanjar qo‘shinlarini tor-mor qilib, o‘zini asir oldilar. G‘o‘zlar himoyasiga qolgan Marv, Nishopur shaharlarini talab, o‘t qo‘ydilar. Sulton Sanjar 1156 yildaasrlikdan qochgan bo‘lsa ham, lekin Saljuqiylar davlatini qayta tiklay olmadi va bir yildan keyin vafot etdi.
Xorazmshohlar davlati. Davlatni boshqarish tizimi, soliq siyosati. Yerga
Do'stlaringiz bilan baham: |