Milliy biqiqlik- o‘z millatini o‘zga millatlardan uzoqlashtirish, uning o‘ziga xosligini himoya etishni tor tushunib, milliy hudbinlikni joriy qilish, o‘z millatining o‘zga millatlar bilan erkin aloqada bo‘lishiga putur yetkazish.
Mustamlakachilik siyosati - biron bir davlat ikkinchi bir davlatni iqtisodiy, madaniy va hududiy
jihatdan bosib olish va hukmronlik kilishiga aytiladi.
Milliy ong-bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e‘tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning bevosita ta‘siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma‘naviy sohalarda faollik darajasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |