Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet94/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

To‘rtinchi rejada quyidagilarni yoritish lozim. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida Turkistonliklar tilida ―jadid‖, ―usuli jadid‖ degan so‘z va iboralar paydo bo‘ldi. Dastlab ziyolilar orasida qo‘llanilib yurilgan bu so‘z va ibora borgan sari oddiyroq odamlarning ham tiliga ko‘cha boshladi. Keyinroq esa bu xodisa butun jamiyat hayotida o‘zgarishlar yasay boshlagach, ―Jadid‖, ―usuli jadid‖, ―taraqqiy‖ kabi so‘zlar ommalashib ketdi. Qrimning Bog‘cha saroyida ―Tarjimon‖ nomli gazeta chiqarib butun Rossiya CHor ma‘murlarini tashvishga solib qo‘ygan Ismoilbek Gaspirali ―Usuli jadid‖ tushunchasi va u bilan bog‘liq butun bir jarayonning vallomati edi.

Bu tushunchani Ismoilbekning o‘zi shunday ta‘riflaydi: ―Ota-bobo kunlardan qolmish milliy maktablarni isloh etmak usuli jadid demakdir, boshqa bir o‘quv, boshqa bir maktab demak dalildir‖.



Amaliy jihatdan favqulodda ijobiy natijalar bergan bu usul asr boshida Turkistonning barcha shahar

va qishloqlariga kirib borayotgan edi. Bu usul targ‘ibotchilari ana shu munosabat bilan ―Jadidlar‖ nomini oldi, ularning maktablar islohotlari bilan boshlanib, asta-sekin jamiyatning madaniy-ma‘naviy xayotini, kengroq ijtimoiy-siyosiy sohalarini qamrab olgan harakati uchun esa ―jadidchilik harakati‖ deb atash rasmiy tus oldi.

Russiya musulmonlari dunyosidagi ijtimoiy-ma‘naviy harakatda Ismoilbek Gaspirali (1852- 1914)ning xizmati katta bo‘ldi. U turkiy tildagi matbuotda ―tarjimon‖ gazetasi tashkil etib, keng musulmonlar orasida tarqatadi. Uning sahifalarida dastavval Buxoroda so‘ngra musulmon Russiyasining markazida ―usuli jadid‖ g‘oyasi targ‘ib etildi.

―Usuli jadid‖ deb nom olgan maktabni birinchi bo‘lib Ismoilbek Gaspirali 1884-yili Bog‘chasaroyda ochib, musulmon bolalarini butunlay yangi usulda o‘qitishga kirishdi. Tez orada bu xabar Turkistonga ham yetib keldi. Ismoilbek Gaspiralining maktabi turkiy xalqlar orasida namuna bo‘ldi. Turkistondagi birinchi ―usuli jadid‖ maktabi 1893 yili Ismoilbekning bevosita yordami va madadi bilan Samarqandda ochildi. Ikkinchi jadid maktabi esa Andijonda Sultonmurod boyning paxta tozalash zavodi binosida 1897 yili o‘quvchilarni qabul qildi. 1898 yili Qo‘qonda Salohiddin domla, Toshkentda Mannonqori va andijonlik SHamsutdin domlalar jadid maktablarini ochdilar. Bu ma‘lumotlar albatta kamaytirib ko‘rsatilgan, chunki chor ma‘murlari xususiy holda ochilgan bunday maktablarni to‘la hisobga olish imkoniyatiga ega emas edilar.

Turkistonda jadid maktablari soni o‘sib borishida iqtisodiy omil ham asosiy o‘rin tutardi. Turkistonda sanoat va savdoni, ayniqsa paxtachilikni rivojlanishi natijasida yuz minglab, hatto, million so‘mlab pulni muomalaga kiritadigan, foydali aktsiyalarga, qimmatli qog‘ozlarga, yirik xosildor yerlarga ega bo‘lgan sarmoyadorlar, badavlat tadbirkorlar mahalliy aholi orasidan yetishib chiqishi tezlashdi.

Kapitalistik munosabatlar o‘ziga ko‘proq qat‘iyat bilan yo‘l ocha boshladi. O‘zbek boylari kapitalistik sanoat korxonalari, paxta tozalash zavodlari sovun, yog‘-moy kombinatlari o‘z kapitallarini hisobiga ko‘ra boshlagan edilar. Mahalliy kapitalistlar, savodli xodimlar-hisobchilar, tarjimonlar, ish yurituvchilar va hokazolarga muhtoj edi. Eski maktablar esa bunday xodimlarni yetishtirib berish imkoniyatiga ega emas edi.

SHu sababli jadid maktablarining ochilishiga milliy burjuaziya vakillari hayrixohlik bildirib



moddiy jihatdan qo‘llab kuvvatladilar. Bu maktablarning ko‘plari paxta zavodlari hududida ochilar edi. Bu fikrning isboti uchun Andijon shahridagi jadid maktablarni misol keltirish mumkin. ―Andijondagi birinchi jadid maktablari Sultonmurodboyning paxta tozalash zavodi binosida, Abdug‘affor Aminning o‘z mablag‘idan qurdirgan pishiq g‘ishtli maktabxonasida, Zulunbek domlaning uyida, Orzuqulbek boyning paxta tozalash zavodi idorasida ochilgan. Paxtachi boy M.U.Safonov ham Narimanov ko‘chasidagi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘qiydigan yagona jadid maktabini mablag‘ bilan ta‘minlab turgan‖. ―Andijon atrofidagi qishloqlarda 15 ta jadid maktabi bo‘lib, ulardan 12 tasi badavlat odamlarni uyida, 2 tasi masjid binosida va 1 tasi maxsus binoda ochilgan. 1900 yilga kelib jadid maktablari yanada ko‘paydi. Toshkentdagi SHayxontohur dahasidagi ―Gospitalь‖ bozori yonida Munavvarqori Abdurashidxonov maktab ochib bolalarni jadid usulida o‘qita boshladi.

Buxoro amirligida ham birinchi jadid maktabi katta shuhrat qozondi. SHu yili Po‘stindo‘z qishlog‘ida ham bunday maktab ochildi. Samarqandda esa Abduqodir SHakuriyning jadid maktabi katta shuhrat qozondi. Rasmiy ma‘lumotlarga ko‘ra, 1903 yili Turkistondagi jadid maktablari soni 104 taga yetdi.

SHu tariqa Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati keng quloch yoza boshladi. Albatta bunda



professor X.Voxidov ta‘kidlaganidek: ―Turkistonda jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishiga Rusiya musulmonlarining milliy-ozodlik harakati mafkurachilarining ta‘siri katta bo‘ldi‖.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish