Ikkinchi rejada talabalarni quyidagi faktlarga jalb etish lozim. Buyuk sohibqiron Amir Temurning markazlashgan davlat tuzish va uni mustahkamlash borasidagi faoliyatiga Oltin O‘rda va Oq O‘rda davlatlari katta xavf tug‘dirib turgan edi. Sharq va Farb o‘rtasidagi savdo karvon yo‘llari ham ularning tasarrufida edi.
asr 70-yillari o‘rtalaridagi Oq O‘rdadagi voqealar, Oq O‘rda xoni O‘rusxon va uning O‘g‘li Temurmalik, To‘xtamish bilan bo‘lgan janglar, Oltin O‘rdaning tor-mor etilishi Amir Temur davlatining markazlashgan holda mustahkamlanishiga imkon yaratdi.
Buyuk Amir Temur mohir sarkarda sifatida qattiq intizomga bo‘ysungan qo‘shin tuzdi. Ular o‘nlik, yuzlik, minglik, tumanlik asosida boshqarildi. Harbiy yurishlar vaqtida ―oddiy askarlardan har 18 kishi o‘zi bilan birga bir chodir, har biri ikki ot, bir kamon, bir sadoq o‘q, bir qilich, arra, bigiz, bir qop, bolta, o‘nta igna va bir charm xalta olishlari shart‖1 qilib qo‘yilgan.
Sohibqiron uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblangan. U o‘z qo‘shiniga katta e‘tibor berib, ular nizomni qat‘iy bajarishi, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo‘lishi lozim deb hisoblagan. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, xudojuy kishilar ko‘p bo‘lgan. Ular bechoralarga xayru-ehson ko‘rsatish, boshiga og‘ir tashvish tushganda yordam qo‘lini cho‘zish, asirlarga yumshoq muomalada bo‘lish va ularni ozod etishga odatlanganlar.
Amir Temur armiyasida Amir Xo‘ja Sayfiddin, Amir Sulaymon Xash, Amir Oqbug‘a, Amir Soribug‘a, Amir Birandiq, SHayx Ali Bahodir, Temur Tosh, Baratxo‘ja, Amir Dovud Barlos, Amir Muayyad, Arlot kabi qo‘mondonlar xizmat qilganlar. Ayrim yurishlarda Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari ham qo‘shinga qo‘mondonlik qilganlar.
1380-1382 yillarda Amir Temur Xuroson yerlarini bo‘ysundirib, Hirot, Astrobod, Domg‘on,
Semnon va Mozandaronlarni qo‘lga kiritgan edi.
Amir Temur birinchi yirik yurishlarini Eron, Armaniston, Gurjiston va Iroqqa qaratdi. Eronning janubi-Isfaxonda hukmronlik qilib turgan muzaffariylar sulolasi, Iroq va Ozarbayjonda hukmronlik qilib turgan Elxoniylar Amir Temurga taslim bo‘ldilar. Armaniston va Gurjiston ham egallandi.
1398 yili mayida Afg‘oniston va Hindistonga yurish boshlandi. Avgust oyida Qobul, 15 dekabrda esa Dehli egallandi.
Amir Temur Misr va Suriya sultoni Barsuqning vafoti to‘g‘risidagi xabarni eshitgach, 1399 yil
oktyabrida Misr sari yo‘l oldi. Barsuq o‘rnida taxtga o‘tirgan yosh sulton Faraj Sohibqiron qo‘shinlariga bas kelolmadi. 1400 yilda Suriya va Misr ham egallandi.
Bu paytda Turkiya sultoni Boyazid butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Uning qo‘shini chaqmoqdek harakat qilib, ulkan g‘alabalarni qo‘lga kirita boshlagan edi. Shu bois ham Boyazidga
―yildirim‖ (chaqmoq) laqabi berilgan edi. U 1396 yilda Yevropaning 100 ming kishilik armiyasi ustidan g‘alabaga erishadi. Jangda Yevropa ritsarlarining eng saralari halok bo‘ladi. Shu tufayli ham Yevropa davlatlari turklarga bas keladigan qudratli kuch deb, faqat Amir Temurni tanlagan edilar. SHu bois bu davlatlar Amir Temur davlati bilan harbiy, siyosiy va savdo munosabatlarini o‘rnatishga intilib, muntazam ravishda o‘z elchilarini yuborib turdilar. 1401 yilda Qorabog‘da turgan Amir Temur huzuriga Kastiliya qiroli Genrix III ning elchilari Payo de Satamayor va Don Ernon Sancheslar tashrif buyurdilar. Konstantinopol regenti Ionning elchilari Frensis va Aleksandrlar Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan keladilar. Gretsiya imperatori Manuel III ham shu taklif bilan murojaat qiladi. Venetsiya hukmdori esa Amir Temurga bu ishda flot bilan yordam berishga va‘da qiladi.
Amir Temur bu qistovlar va va‘dalarga e‘tibor bermagan holda Boyazidga do‘stona maktub yo‘llab, o‘zining raqibi Qora Yusufni qaytarib yuborishni so‘raydi. Ammo Boyaziddan haqoratomuz javob oladi. Aynan mana shu haqorat ikki o‘rtada urush bo‘lishiga sabab bo‘ladi. 1402 yilning iyulida Anqara yaqinidagi jangda Amir Temur 200 ming kishilik qo‘shin bilan Boyazid va uning qo‘shinlari ustidan g‘alaba qozonadi. Boyazid esa asirga olinadi. Amir Temurning beg‘araz jahongir ekanligini yana shu joyda ko‘rish mumkinki, u to‘liq g‘alabaga erishgan bo‘lsa ham, Turkiyani o‘z davlatiga qo‘shib olmasdan, Boyazid o‘rniga uning o‘g‘lini sulton qilib qo‘yadi. Amir Temur Anqara yonidagi g‘alaba tufayli ―Evropa xoloskori‖ nomini oldi. U Yevropani vayronlik va zulmdan saqlab qoldi.
1Temur tuzuklari. 83-bet
Bu g‘alaba Amir Temur qo‘shinlarining juda katta va buyuk g‘alabalaridan biri bo‘lib, u Temur harbiy nazariyasi, taktikalarining beqiyos tantanasi bo‘ldi. Samarqand va Yevropa mamlakatlari o‘rtasida diplomatik va savdo aloqalarining o‘rnatilishi va kengayishi ham ana shu davrdan boshlandi.
O‘sha davrda muhim mavqega ega bo‘lgan Xitoy Turkiston yerlarini bosib olgan edi. Amir Temur shu yerlarni qaytarib olish maqsadida Xitoyga yurishga puxta tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bir necha yilgi puxta tayyorgarlikdan so‘ng 1404 yilda o‘z maqsadini amalga oshirish uchun 200 ming jangavor qo‘shin bilan Xitoy tomon yurish boshladi.
Ana shu tariqa Amir Temur o‘zining uch yillik (1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni, Hindiston, Suriya va Misr yerlarini egallaydi.
Ammo u 1405 yilning 15 fevralida jangovar yurish chog‘ida O‘tror shahrida kasallanib vafot etdi.
SHu tariqa Sohibqironning buyuk Xitoyni qo‘lga kiritish rejasi amalga oshmay qoldi.
Jahongir Amir Temur o‘z faoliyati davomida ko‘p janglar qildi va bu janglar natijasida Qora, Egay va O‘rta Yer dengizlaridan to Hindistonning sharqi, Mo‘g‘uliston, Xitoygacha, Ural tog‘lari, Moskva ostonalari va Dnepr bo‘ylarigacha bo‘lgan hududni zabt etdi. Amir Temur o‘z harbiy yurishlari natijasida
27 mamlakatni o‘ziga bo‘ysundirdi. Fosih Havofiyning «Mujmal-i-osixiy» kitobida yozilganidek: ―1370 yildan to 1404 yilga qadar qariyib 30 marta qo‘shin tortgan Amir Temurning hamma vaqt qo‘li baland keldi‖1.
Shu tariqa Amir Temur buyuk saltanatga asos solib, feodal tarqoqliklarga, tinimsiz davom etayotgan urush, janjallarga barham berdi va nihoyat shu saltanatda osoyishtalik o‘rnatdi.
Amir Temurning mustaqil markazlashgan davlat harbiy doktorinasining ishlab chiqqanligi uning buyuk sarkardaligidan dalolatdir. Buyuk sarkardaning harbiy san‘at sirlarini, uning harbiy saboqlarini mustaqil O‘zbekistonimizda va hatto boshqa yirik mamlakatlarda o‘rganilishi fikrimizning isbotidir.
Amir Temur mamlakatda qatiqqo‘l hokimiyat o‘rnatish zarurligini yaxshi tushunardi. Negaki, ko‘chmanchi mo‘g‘ul-turk qabilalaridan jaloir, barlos, sulduz va boshqalarning o‘zboshimcha boshliqlarini itoatda saqlab turish oson emas edi. SHu maqsadda mamlakatda qonun va tartib ishlarini joriy etishga kirishadi. U o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida barlos qabilasidan maxsus harbiy qism tashkil etib, ularga katta imtiyozlar beradi.
Amir Temur o‘z davlati hokimiyatini mustahkamlashda islom diniga tayandi. Islom namoyandalari uni qo‘llab-quvvatladi. Mamlakat aholisining ko‘pchiligini tashkil etgan dehqonlar va shahar aholisi – tijoratchilar, hunarmandlar sohibqironning davlatni mustahkamlashga qaratilgan tadbirlarini ma‘qulladilar.
A.Temur o‘z davlati asoslarini adolat bilan mustahkamladi va ―Kuch adolatdadir‖ (Rosti-rusti) shioriga amal qildi. Mamlakat aholisini 12 tabaqaga bo‘lib, ularning har biriga nisbatan o‘ziga xos siyosat yurgizib, o‘zining ulkan tashkilotchiligi qobiliyatini namoyon etdi. Amir Temur davlat hududining tumanlarga bo‘linishi va o‘z o‘g‘illariga ulus sifatida taqsimlab berilishini amalga oshirgan bo‘lsa ham, Movarounnahrni parchalamay o‘z qo‘lida mahkam saqladi. Davlatga maxsus xizmat qilganlarga
―Suyurg‘ol‖lar sifatida yer-suv va mol-mulk berdi, hamda alohida xizmatlar uchun ―Tarxon‖ yorliqlarini joriy etdi. Tarxon yorlig‘ini olganlar turli soliqlardan ozod etildi. Amir Temur o‘zi tuzgan davlatda oliy hukmron bo‘lsa ham, o‘zini hech qachon podshoh yoki sulton deb atamay, umrbod amir unvonini saqlab qoldi. U an‘anaga rioya qilgan holda yonida soxta xonlarni saqladi.
Amir Temur davlat ishlarini yurgizishda 4 narsaga doim amal qildi. Bular:
1. Kengash. 2. Mashvaratu maslahat. 3. Qat‘iy qaror, tadbirkorlik va xushyorlik. 4. Ehtiyotkorlik.
Amir Temur hukmdor uchun quyidagi o‘n ikki xislat zarurligini va bu xislatlarning birortasiga amal qilinmasa, saltanat ishlariga putur yetishi mumkinligini tarixiy misollar bilan isbot qilib bergan edi. U hukmdor birinchidan o‘z so‘ziga ega bo‘lishi, ikkinchidan adolatpesha bo‘lishi, uchinchidan har ishda faqat o‘zi hukm chiqarishi, to‘rtinchidan qarorida qat‘iy bo‘lishi, beshinchidan hukmi joriy etilishi, oltinchidan podsholik ishlarini har kimga topshirib qo‘ymasligi, yettinchidan ko‘pchilikning fikrini eshitishi, sakkizinchidan shoshmasdan mulohaza bilan ish yuritishi, to‘qqizinchidan sipohu, raiyatni umid va qo‘rquv orasida saqlashi, o‘ninchidan barcha ishni o‘z erkicha qilishi, o‘n birinchidan o‘z ishlariga birovni sherik qilmasligi va o‘n ikkinchidan davlat ishlarini maxfiy saqlab, boshqalardan ogoh va hushyor bo‘lishligi lozimligini alohida uqtirgan edi.
A.Temur davlat amaldorlarning sofligiga, xazinaga ko‘z olaytirmasligiga alohida e‘tibor qilib, o‘z tuzuklarida: ―Mamlakat xazinachilari bo‘lmish moliya vazirlari moliya ishlarida xiyonat qilib, boylikning bir qismini o‘zlashtirib olgan bo‘lsalar tekshirib ko‘rilsin‖,-deb yozib qoldirgan edi.
1Salohiddin Toshkandiy. ―Temurnoma‖, Toshkent, ―Cho‘lpon‖, 1990, 17-bet
Amir Temur davlatni boshqarishda 7 vazirga suyanib ish ko‘rdi va ulardan 4 vazirning har kuni devonxonada hozir bo‘lishlarini talab etdi. Bular: 1. Mamlakat va raiyat vaziri. 2. Sipoh vaziri. 3. Egasiz qolgan mulk vaziri. 4. Saltanat ishlarini yurituvchi vazir. Bundan tashqari yana 3 vazirdan iborat sarhadlar vazirlari hay‘atini tuzdi.
Vazirlardan birinchisi yer soliqlari, boj, o‘lpon – soliq undirish, hamda mirshablik yumushlarini boshqargan, mamlakatdagi muhim ishlarni, kundalik muammolarni yechish, raiyat ahvolini o‘rganish, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o‘lponlarni taqsimlash ishlarini bajargan. Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va tanho (bu yerda toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga berilgan in‘om ma‘nosida)larni boshqargan. Uchinchi vazir esa egasiz qolgan, o‘lib kegan va qochganlarga tegishli mollarni, kelib ketayotgan savdogarlar mol-mulkidan olinadigan zakot va bojlarni, mamlakat chorvasini boshqarish, bularning barchasidan to‘plangan daromadlarni omonat tarzida saqlash ishlari bilan shug‘ullangan.
Saltanatning har bir idorasida kirim-chiqimlarni, kundalik xarajatlarni yozib borish uchun bir kotib tayinlangan.
Sohibqiron davlatida Devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari har bir viloyatda ―Devon‖ deb ataluvchi boshqarma bo‘lgan. U davlatning butkul ishlarini: soliq yig‘ish, tartib saqlash, ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo‘llar, suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilib turgan. U xalqning xulqu- ahloqini kuzatib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan so‘roq, tekshirish-taftish, tergov ishlarini ham olib borishgan.
Temur xalqning shikoyatlari va arzlarini o‘rganuvchi maxsus arzbegi lavozimini joriy etgan. Arzbegi shikoyat va arizalarni ko‘rib chiqar, ularda kimlar aybdorligini aniqlar va bu xususida kengashga xabar qilar edi. Aybdorlar kim bo‘lishidan qat‘iy nazar qattiq jazolangan. Soliqlar, moliyaviy masalalarda qat‘iy tartib – qoida o‘rnatilgan. Rus sharqshunos olimi D.N.Logofet bu xususda ―...biz hozir zo‘r berib intilayotgan daromad solig‘i degan narsa uning (Temurning) hokimiyatida o‘shandayoq mavjud edi‖, deb yozgan edi.
Amir Temur vazirlarini tanlash ishiga g‘oyat jiddiy qarar va ularni 4 ta sifatga ega bo‘lishlariga ahamiyat berar edi. Bular: 1. aql-farosatlilik; 2.toza nasllik; 3.sipohu-raiyat ahvolidan xabardorlik; 4. Sabr, chidamlilik va tinchliksevarlik.
Amir Temur o‘z imperiyasiga qo‘shib olgan mamlakatlarni idora etish uchun tayinlanadigan kishilarga qo‘yiladigan talablar tizimini ham ishlab chiqdi. Bunday rahbarlar A. Temur talabiga ko‘ra quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi lozim bo‘lgan: 1) Oliyjanob tabiatli va ruhiy holatining ko‘tarinkiligi; 2) Nozik aql va ziyraklik; 3) Yuksak malaka hamda xalq va qo‘shinga murojaat qila bilish; 4) Sabr-toqat va odamlar bilan murosaga kelishmoq.
Mana shu yuqoridagi qoida va talablar Amir Temur hokimiyatini idora etishda va uni mustahkamlashda muhim o‘rinni egalladi. Sohibqiron tuzgan imperiyaning ma‘muriy-hududiy bo‘linishi asosan tumanlardan iborat bo‘lganligi uchun yangi amirlik tizimini shakllantirish va mustahkamlash zarur edi. SHu bois Amir Temur 313 kishiga amirlik mansabini berishga farmon berib, shulardan bir kishini amir-ul-umaro, 4 kishini beklarbegi, 100 kishini o‘nboshi, 100 kishini yuzboshi va 100 kishini mingboshi etib tayinladi. Bulardan tashqari 8 ta amirlar amir-ul-umaro yordamchilari etib tayinlanganlar.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temur milliy g‘urur, vatanparvarlik, insonparvarlik kabi oliyjanob fazilatlar bilan qurollangan buyuk davlat arbobi edi. Mojar olimi Xerman Vamberi ta‘kidlaganidek, O‘rta Osiyoda asl turklik davri Temurdan boshlangan. U turklarning mo‘g‘ul-xitoy dunyosining ustidan g‘alabasini mujassam etib, milliy davlatga asos solgan, mamlakatning rasmiy tili turk (o‘zbek) tili bo‘lgan. Buyuk Amir Temurning siyosiy faoliyati nafaqat davlatchilik tarixini boyitishda, shu bilan birga hozirgi sharoitda milliy davlatchiligimizni mustahkamlashda ham amaliy ahamiyat kasb etmoqda. Buyuk Amir Temur tomonidan yozilgan muhim asar bu ―Temur tuzuklar‖, ya‘ni ―Tuzukoti Temuriy‖dir.
―Qomus ul a‘lom‖ deb nomlangan va Istambulda nashr etilgan qomus kitobida: Amir Temur ―Tuzukoti‖
deb yuritiladigan qomuslar majmuasini yozdi. Unda o‘zining hayot yo‘lini bayon etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |