Andijon mashinasozlik instituti ―gumanitar fanlar‖ kafedrasi ―O‘zbekiston tarixi‖ fanidan



Download 5,34 Mb.
bet51/195
Sana04.09.2021
Hajmi5,34 Mb.
#163708
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195
Bog'liq
Тасдиқланган Ўзбекистон тарихи мажмуа 2020 2021 28020

Mavzu: O‘zbekiston hududida dastlabki davlatlarning paydo bo‘lishi va rivojlanish bos qichlari (qadimgi, antik va ilk o‘rta asrlar)

  1. Davlatchilik tushunchasi. Katta Xorazm, Baqtriya podsholigi - Vatanimiz hududidagi eng qadimgi davlatlar.

  2. Yunon-Baqtriya, Parfiya, So‘g‘diyona, Qang‘ va Davan davlatlari. Ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy hayoti.

  3. Kushonlar saltanati va uning Vatanimiz xalqlari tarixida tutgan o‘rni.

  4. Kidariylar, xioniylar va eftaliylar davrida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot.

  5. Turk xoqonligi va arablar bosqini davrida O‘rta Osiyo.


Birinchi masalada talabalarni quyidagilarga jalb etish lozim. O‘rta Osiyoda davlatchilik eramizdan oldingi IX-VIII asrlarda vujudga keladi. Davlatning vujudga kelishiga sabab, dehqonchilik

bilan chorvachilikning rivojlanishi bo‘ldi. Qadimgi, ya‘ni ilk davlatlar mayda hududiy birlik, ―madaniy xo‘jalik tumanlari‖ sifatida bo‘lib, ularning maydonlari 5-10 km2 bo‘lgan. Ular asosan dehqonchilik qilinadigan oazislarni o‘z ichiga olgan. Odatda bu davlatlar tarkibiga aholi yashaydigan joylar, sug‘oriladigan yerlar, sug‘orish sistemalari hamda yaylovlar kirgan.

Davlatlarning asosiy vazifasi etib irrigatsiya ob‘ektlarini qurish va ulardan foydalanishni ta‘minlash, mamlakat ichida iqtisodiy va madaniy aloqalarni mustahkamlash, qo‘shni davlatlar va xalqlar bilan aloqalarni doimiy mustahkamlab aholidan o‘lponlar va soliqlar yig‘ish, qo‘shinlarni talash maqsadida urushlar olib borgan, o‘z chegaralarini tashqi dushmanlardan himoya qilish belgilangan edi. Umumiy ta‘kidlaganda, yurtimizda tashkil bo‘lgan qadimgi davlatlar vazifasini quyidagicha edi:

  1. Jamoatchilik (boshqarish) faoliyati

  2. Sotsial- iqtisodiy (xo‘jalik) faoliyati

  3. Harbiy (mudofaa) faoliyati

  4. G‘oyaviy (diniy) faoliyati

Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ilk shaharlarning paydo bo‘lishi dastlabki davlatchilik shakllanishishida eng muhim va asosiy omil bo‘lib, bu ikkala jarayon uzviy bog‘liq holda kechgan.

Ma‘lumki, mil. avv. II ming yillikka kelib qadimgi O‘zbekistonning dehqonchilik vohalarida o‘troq qabilalar rivojlanib, aholining joylashuv tizimi shakllanadi. Aholining alohida joylashuv manzilgohlarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar-o‘troq dehqonchilikning rivojlanishi, aholi zichligining yuqori darajasi, hunarmandchilikning taraqqiy etish, ijtimoiy tabaqalanish va boshqaruv tizimining murakkablashib borishi, o‘zaro almashinuv, savdo-sotiq va madaniy aloqalarning kuchayishi hamda harbiy–siyosiy vaziyat O‘zbekiston hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo‘lishida asosiy omillardan hisoblanadi.

Jamiyat hayotida sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar mil avv. III ming yillikning oxiri – II ming yillikning boshlariga kelib, O‘rta Osiyo hududlarida dastlabki shaharlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. SHahar madaniyatining shakllanishi ham xuddi jamiyat taraqqiyotida bo‘lgani kabi uzluksiz taraqqiyot yo‘li bilan rivojlangan. Bu qonuniyatga ko‘ra shaharsozlik madaniyatining shakllanishi, uzoq bosqichma-bosqich davrlarni bosib o‘tgan. Mil avv. II ming yillikka oid O‘rta Osiyodagi Jarqo‘ton, Sopollitepa, Dashtli, Namozgoh, Oltintepa, Ulug‘tepa kabilarda ilk shaharsozlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun quyidagi omillar muhim ahamiyatga ega bo‘ldi:

  • Aholining o‘troq dehqonchilikka o‘tishi va keng vohalar bo‘ylab yoyilishi;

  • Hunarmandchilikning rivojlanishi va ayrim sohalariga ixtisoslashishi;

  • Qadimgi savdo yo‘llarining rivojlanishi natijasida iqtisodiy va madaniy aloqalar hamda savdo- sotiqning taraqqiy etishi;

  • Tabiiy-geografik hamda harbiy-strategik shart-sharoitlar.

Shahar madaniyati dastavval O‘zbekistonning janubida, Surxondaryo hududida shakllandi, so‘ngra esa shimolga So‘g‘d (Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro), Xorazm, SHosh va Farg‘ona hududlariga tarqaldi. Bu yurtlar va xalqlar taraqqiyotidagi notekislik kabi tarixiy qonuniyatga zid emas.

Ko‘p sonli arxeologik topilmalarning dalolat berishicha, O‘zbekistondagi ayrim ko‘hna shaharlarning yoshi 2700-3000 yildan kam emas. Ularga Afrosiyob (Samarqand), Qiziltepa (Surxondaryo), Uzunqir, Yerqo‘rg‘on (Qashqadaryo) kabilar kiradi. Qadimgi shaharlar-tarixiy rivojlanishdagi urbanistik jarayonda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyat taraqiyotining ijtimoiy asosi hisoblanadi.



Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, sun‘iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik O‘rta Osiyo xo‘jaligining asosi hisoblanib, bu jarayon janubiy Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekistonning janubida bronza (mil. avv. III- II yilliklar) davrida, Toshkent vohasi va uning atroflarida esa ilk temir (III-IV asrlar) davrida shakllanib rivojlandi. O‘rta Osiyoda ilk davlat uyushmalari sun‘iy sug‘orish birmuncha qulay bo‘lgan Amudaryo (yuqori, quyi, o‘rta) oqimlari bo‘ylarida, Murg‘ob vohasida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida shakllanib rivojlanadi. Bunday holatni dunyo tarixidagi dastlabki davlatlar-Misr (Nil) va Mesopotamiya (Dajla va Frot) misolida ham kuzatish mumkin.

Hozirgi kunga kelib, O‘rta Osiyoning juda ko‘plab bronza va ilk temir davriga oid yodgorliklaridan (Sopolli, Jarqo‘ton, Anov, Qiziltepa, Qo‘zaliqir, Afrosiyob, Chust, Dalvarzin, Daratepa va boshq.) ishlab chiqaruvchi xo‘jalik bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan metall qurollar topib o‘rganilgan. Metall qurollarining mehnat qurollari sifatida jamiyatda keng yoyilish mehnat unumdorligining yuksalishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratib, bu jarayon davlatchilik paydo bo‘lishini yanada tezlashtirdi.

So‘nggi bronza davriga kelib kulolchilik charxining ishlatila boshlanishi natijasida Sopollitepa, Oltintepa, Gonur, Jarqo‘rg‘on kabilarda kulolchilik mahallalari paydo bo‘ladi. SHuningdek, hunarmandchilikning toshga, metallga, yog‘ochga, suyakka ishlov berish turlari ham keng tarqaladi.

Hunarmandchilikning ixtisoslashuvi, alohida xo‘jalik tarmog‘i sifatida shakllanib rivojlanishi jamiyatdagi iqtisodiy taraqqiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib davlatchilik paydo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha mahsulot ko‘payishiga turtki bo‘ldi.

O‘rta Osiyo hududlarida yashagan aholi qadimgi davrlardan boshlab o‘zaro munosabatlarini rivojlantirib kelganlar. Bronza davriga kelib, shimoldagi ko‘chmanchi chorvador qabilalar va janubdagi o‘troq dehqonchilik aholisi o‘rtasida o‘zaro mol ayirboshlash va madaniy aloqalar yanada jadallashdi. Bu o‘rinda o‘sha davrda shakllanib keyinchalik yanada rivojlangan qadimgi yo‘llarning ahamiyati beqiyos bo‘ldi. Ushbu yo‘llar orqali O‘rta Osiyoning qadimgi aholisi mintaqadan tashqari qo‘shni davlatlar Mesopotamiya, Misr, Hindiston, Eron, Afg‘oniston kabilar bilan turli aloqalar rivojlantirilgan.



―Avesto‖da O‘rta Osiyodagi, shu jumladan, O‘zbekistondagi ko‘plab jug‘rofiy nomlar va

xalqlarning nomlari tilga olinadi. Unda shunday deydilar: ―eng yaxshi yerlar va mamlakatlarning biri qilib, men Axura Mazda, Ar‘yanem Vaychaxni yaratdim... Yaxshilarning ikkinchisi so‘g‘dlar yashaydigan Gava... yaxshilarning uchinchisi.. Mouru (Mavr)... yaxshilarning to‘rtinchisi.. Bahdi (Baqtriya)... Beshinchisi mamlakat-Nisoya (Niso)... ‖ va hokazo. Hammasi bo‘lib ―Avesto‖da 16 ta mamlakat sanab o‘tiladi, ular orasida Ar‘yaem Vaychax, So‘g‘d (Gova), Baqtriya va Marg‘iyona aniq lokalizatsiyaga egadir.

―Ar‘nem Vaychax‖ - ―ariy kengliklari‖ degan ma‘noni anglatadi. Ko‘p tadqiqotchilar uni Xorazm

deb tushunadilar. Lekin boshqacha nuqtai nazar ham bor. Masalan, I.M.D‘yakonovning fikricha ―ariy kengliklari‖ bu o‘rinda bir mamlakat yoki viloyat tushunchasidan ko‘ra kengroq ma‘noda qo‘llagan va butun O‘rta Osiyoda dastlabki yirik davlat birlashmalaridan biri Qadimgi Baqtriya podsholigi edi.

―Avesto‖da Baqtriya ―Go‘zal, tug‘lari yuksak ko‘tarilgan‖ deb tasvirlanadi. ―Avesto‖da olingan mamlakatlardan yoki markazlardan biri Bahdi deb ataladi, o‘sha yerda ―araxtra‖ atamasi ham uchraydi, ehtimol, bu ―baxtar‖ atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi eng qadimgi ma‘lumotlar ahmoniylar bitiklarida, xususan, dunyoga mashhur Naqshi Rustamdagi Behistun qoyasida uchraydi.

Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Ahmoniylar imperiyasining iqtisodiy va madaniy hayotida



muhim rol o‘ynagan. U haqidagi eng xilma-xil ma‘lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Geradot, Ktisey, Strabon, Diodot, Pliniy, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf va boshqalarning asarlarida mavjud bo‘lib ular mazkur mamlakatning qadimiyligi va madaniyatining yuksak saviyasini ta‘kidlaydilar. Masalan, Ktisey Ossuriya podshosi Ninaning Baqtriyaga qilgan yurishi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning xazinasi haqida xabar beradi. Ktisey tomonidan tasvirlangan xalqlar orasida baqtriyaliklar birinchilardan bo‘lib tilga olinadi. Gerodot ―Tarix‖ asarida Ahmoniylar imperiyasi tarkibiga kirgan 20 satraplik va 70 xalqlarning ro‘yxatini keltiradi. Ular orasida Amudaryo qirg‘oqlarida joylashgan mamlakat – Baqtriya va baqtriyaliklar bor.

―Baqtriya‖ nomi Esxillning eramizgacha bo‘lgan 472 yilda sahnaga qo‘yilgan ―Forslar‖ tragediyasida hamda Gekatey, Skilak asarlarida uchraydi. Strabon Baqtriyani Ariananing javoxiri sifatida ta‘riflaydi. Baqtriyaliklarga esa ko‘plab mualliflar ―ko‘p sonli‖, ―jangovor‖, va ―botir‖ xalq sifatida bir xil tavsif beradilar. Mamlakatda mustahkamligi sababli ―zabt etib bulmaydigan‖ ko‘plab joylar, shu jumladan, poytaxt Baqtra (Balx) bor edi.

Geradot ahamoniylar podshosi Kir Midiyani bo‘ysundirgandan so‘ng uning yo‘li ustida Vavilon, Baqtriya xalqi, saklar-massagetlar konfederatsiyasi Misr yoki Bobil singari eng yirik davlatlar bilan bir qatorda turgan. Aftidan, Baqtriya tarkibiga, bir muncha vaqt Marg‘iyona So‘g‘d va hatto Areya ham kirgan va bu arxeologik topilmalar tomonidan tasdiqlangan.

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyoning janubida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida Qadimgi Baqtriya hududidan o‘ttizdan ziyod Ahmoniylar davriga oid manzilgohlar ochilgan. Ularning har birida o‘zlashtirilgan maydonlar va sug‘orish tartibidan tashqari turar joylar va xo‘jalik xonalari, mehnat va harbiy qurollar, kulolchilik buyumlarining qoldiqlari mavjud edi.

Qadimgi Baqtriya aholisining asosiy mashg‘uloti dexqonchilik edi. Kuchuktepa, Qiziltepa, Qizilcha, Bandixon, manzilgohidan ko‘plab mehnat qurollari-o‘roqlar, yorg‘uchoq dehqonchilikdan dalolat berib, asosan sun‘iy sug‘orishga asoslanganligini ko‘rsatadi.

Baqtriyaning poytaxti qadimgi Baqtra (hozirgi Balx) shahrida qazish ishlari olib borilib, u yerdan topilgan kulolchilik buyumlari ko‘xna shahar eng qadimgi qatlamlari miloddan avvalgi 1 ming yillikning o‘rtalariga oid ekanligidan dalolat beradi.

Juda ko‘p o‘troq manzilgohlari va ulardagi topilmalar viloyatda aholi kulolchilik, temirchilik, bronza quyish, to‘qimachilik, shuningdek sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganligini ko‘rsatadi.

Xuddi shu davrda O‘rta Osiyo hududida mavjud bo‘lgan davlat qadimgi Xorazm davlatidir. Bu davlatning hududi haqida 2 ta nazariya mavjud:

Kichik Xorazm. Uning hududi S.P.Tolstov fikricha Amudaryoning o‘rta oqimidan to Orol dengizigacha bo‘lgan yerlardan iborat (ya‘ni hozirgi Xorazm viloyati yerlari).

Katta Xorazm – Amudaryoning quyi oqimi bo‘yidagi hamda Murg‘ob daryosi bo‘yidagi yerlar, shuningdek, Parfiya podsholigi (hozirgi Turkmaniston) yerlari. Katta Xorazm davlati uning hududlari haqida Geradot ma‘lumot beradi: ―Osiyoda hamma tomoni tog‘lar bilan o‘ralgan tekislik bor. Bir vaqtlari bu tekislik Xorazmiylarga qaragan‖. SHuning bilan birga Geradot sharqiy Eron qabilalarini birlashtirgan katta davlat uyushmasi- ―Katta Xorazm‖ haqida taxmin qiladi. ―Katta Xorazm‖ davlati Xorazmning hududinigina o‘z ichiga olmasdan, uning markazi Marv va Hirotgacha cho‘zilgan bo‘lgan. Geradotgacha ham ―Katta Xorazm‖ to‘g‘risida ma‘lumot bergan yana bir grek muarrixi, bu Gretsiyaning Milet shahridan bo‘lgan Gekateydir (eramizdan oldingi 500 yillarga yaqin). U ham tog‘li yerlarda yashagan Xorazmiylar to‘g‘risida eslatib o‘tadi.

Xorazmliklar o‘zlarining zargarlik, kulolchilik, qurolsizlik hunarlari bilan mashhur bo‘lganlar.



SHuningdek, ular mirishkor dexqonlar bo‘lishgan. Xorazm shaharlarida savdo-sotiq rivojlangan.

Olim S.P.Tolstov ―Xorazm Xvari-zamin Xvarri qabilasining yeri, degan ma‘noni bildiradi deydi. B.Grekov ―Xorazm‖ so‘zini ikki qismga bo‘ladi: ―hur-zamin, xur-hurshid-oftob-quyosh, zamin-er, ya‘ni

―Xorazm‖ quyosh o‘lkasi degan ma‘noni bildiradi, deydi. Olim shu mulohazasini tasdiqlash uchun

―Xuroson‖ so‘zini ham ikkiga ajratib, xur-oson kun chiqadigan tomon, ya‘ni sharq degan ma‘noni bildiradi, deydi.

Xorazm so‘zining asl ma‘nosini tushuntirishga, uning qadimiy madaniyatini yoritishga mashhur arab sayyohi Yoqut Hamaviy va buyuk sharqshunos olim V.V. Bartolьd ham harakat qilganlar. Yoqut Hamaviy o‘zining o‘lmas asari ―Ma‘jam al-buldon‖ (―Mamlakatlar lug‘ati‖) asariga Xorazm va uning shahar, qishloqlari haqida o‘z davriga nisbatan to‘liq va qimmatli ma‘lumotlar beradi. Jumladan,

―Xorazm‖ so‘zi haqida bunday deydi: ―Xorazm bu muayyan bir shaharning nomi emas, balki o‘lka nomidir. Uning katta shahari al-Jurjoniya deb ataladi‖.

Yoqut Hamaviyning bu fikridan ―Xorazm‖ so‘zi ma‘lum hudud nomi bilan bog‘liq, degan fikriga

kelish mumkin. SHuningdek ―Xorazm‖ so‘zining kelib chiqishi tarixi va mazmuni haqida gap ketganda shuni qayd etish zarurki, bu masalada Eron tillarining ham ta‘siri bo‘lganligi ehtimoldan uzoq emas.

Xorazm tarixini yoritishga yirik o‘zbek arxeolog olimlardan akademik Yahyo G‘ulomovich G‘ulomov samarali hissa qo‘shgan. U o‘zining ―Xorazmning sug‘orilish tarixi‖ asarida miloddan avvalgi birinchi ming yillikning ikkinchi choragida Xorazmda katta suv inshootlari qurilib, shaharlar hayoti barq urgani va mustaqil Xorazm davlati gullab-yashnagani haqida yozadi. O‘tmishdagi ko‘pgina tarixchilar Xorazmda istehkomlari bor shaharlar mavjud bo‘lganligi to‘g‘risida ma‘lumot beradilar. Xususan tarixiy manbalarda Xorazmning qadimiy poytaxti Kot (hozirgi Beruniy shahri), Gurganj (Ko‘hna Urganch), Xiva, Hazorasp va boshqa shaharlar haqida ma‘lumotlar bor. Arxelogik qazishmalar jarayonida Xorazm hududida topilgan va o‘z hajmi, ishlanish san‘ati bilan kishini hayratga soluvchi qal‘alar, saroylar va boshqa inshootlarning juda ko‘p xarobalari bu ma‘lumotlarni yana bir qarra tasdiqlaydi.

Xorazm hududida olib borilgan arxeologik qazishmalar va tarixiy manbalar shundan dalolat beradiki, bu qadimiy tuproqda kishilar ancha ilgari o‘troq hayotga o‘rganib, davlat barpo qilganlar.


Download 5,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish