O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta‘limdagi o‘rni
―O‘zbekiston tarixi‖ fani 1 semestr davomida o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan, gumanitar fanlarda talabalardan yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlikni talab etadi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, faol demokratik izlanishlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ana shu buyuk o‘zgarishlar jarayonida xalqimizning boy tarixi, betakror milliy qadriyatlari, bebaho ilmiy, madaniy merosi qayta tiklanib, butun bashariyatning noyob mulkiga aylandi. Ayniqsa, bugungi globallashuv davrida ma‘naviyatni asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralar ta‘siridan saqlash va himoya qilishda Vatanimiz tarixini birlamchi manbalarga tayanib, har tomonlama va chuqur tadqiq etish yosh avlodga haqiqiy tariximizni o‘qitish orqali ularni yuksak ma‘naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ushbu fanning barcha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari hamda maktablarda o‘qitilishi ham ana shu yuksak ahamiyat bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |