Ijtimoiy makon va ijtimoiy vaqtda tarix vaqti va davr ruhining mutanosibligi. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy makon to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. U alohida insoniy ma‘no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xatolik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolutsiyasi ob‘ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma‘lum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini to‘adi.
Ijtimoiy vaqt ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va ‗lanetar-kosmik vaqtdan farqli o‘laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o‘zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydobo‘lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e‘tiboran jadalroq sur‘at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko‘rilmagan darajada jadallashtirdi. Yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo‘lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‘tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o‘lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, millatlar, davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining yashash vaqti va sur‘ati har xil bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir o‘tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik taniqli futurolog E.Toffler e‘tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er aholisining 70% o‘tmishda (turli o‘tmishda), 25% -
hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»38. Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo‘linadi. U kishilik jamiyatining
o‘zgaruvchan informatsion sig‘imiga bog‘liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya‘ni ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o‘zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil bo‘lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |