Olamning birligi, chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e‘tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv cheksizlik tabiatda ichki tuzilishga ega bo’lmagan, mutlaqo elementar ob’ektlar yo’qligini ko’rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida qaralishi mumkin emas. Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |