Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet378/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Rassomlik san‟ati. Bu san‘at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri berilgan. Keyinchalik tasvirda tabiat ko‘rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo‘lda – rangli va oq-qora rang tasvir sifatida Sharqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo‘lgan va ko‘pincha tabiat (daraxtlar, cho‘llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o‘z ichiga olgan holda kitobdagi mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo‘llanila boshlangunga qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan.
Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar bilan bog‘liq. Ularni hozirgi davr pannolarining ibtidosi deyish mumkin. M., Afrosiyobdagi to‘y marosimini aks ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan.
Keyingi paytlarda bosma texnikasining vujudga kelishi va san‘at turlarining taraqqiy topib borishi natijasida rassomlik uch turga bo‘lindi: devoriy rasmlar (ko‘rgazmali-amaliy san‘at), rangtasvir va grafika – kitob bezash san‘ati. Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turini ko‘rib o‘tganimiz uchun rangtasviri to‘xtalamiz.
Rangtasvir voqelikning san‘atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini Yangicha kompozistion yondashuv kabi san‘atkor iste‘dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shular tufayli rassom tabiat, jamiyat, shaxs hayotidagi voqea-hodisalarning takrorlanmas serjilo manzaralarini bizga etkazib beradi, voqelikdagi estetik xususiyatlarni rang vositasida tasvirlaydi. Rassom bularning hammasini faqat rasm yo‘li bilangina emas, balki rasmga o‘xshash lekin aslida rasm bo‘lmagan havo, nur, tuman v.h. singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in‘ikos ettiradi. Buning yorqin misoli sifatida iste‘dodli o‘zbek rassomi V. Oxunovning ―Tashlandiq odam‖asarini ko‘rastish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo‘yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o‘zi bir olam. Diqqat bilan kuzastangiz, qaysi rankkursdan qaramang, kundaga qo‘yilgan olamni ko‘rasiz va ekzitenstiyachilar ta‘biri yodingizga tushadi, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko‘zi yumilgan bosh va

Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1973, 110-b. 198 Bulbul tarоnalari. 2-tоm, 534 b.


199 Alpоmish. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1979 y., 13-b.

hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo‘q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho‘rsinganingizni ham sezmay qolasiz.200


Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko‘p uchratgansiz. Rembrand, Rubens, Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev, Ahmedov, Choriyev va boshqa ulug‘ rassomlar asarlari shular jumlasidan.
Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi bu grafikadir – ham rasm, ham bosma badiiy asa. M., taniqli rassomimiz M.Reyx tomonidan V. Yanning ―Chingizxon‖ romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi va rassomi V.Favorskiyning Robert Byorns asarlariga yog‘ochdan o‘yib ishlagan gravyuralari har ikkisi grafik asarlaridir. Grafika rangtasvirga yaqin, lekin ayni paytda qat‘iy chiziqlilik xususiyati egaligi va rangga ko‘ra voqelikning muayyan tasvirini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda u doimo rangtasvirdagi asarlarga nisbatan hajman kichik bo‘ladi. Chunki grafika eng avvalo kitobda nashr etishi uchun mo‘ljallanadi. SHu bois undagi rangtasvir unsurlari bosma texnikasiga moslangan bo‘ladi. O‘zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go‘zal namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning ―Ravshan‖ dostoniga, V. Kaydalovning o‘zbek xalq dostonlariga, I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan.
Rassomlik san‘atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko‘rish mumkin. Bunga iste‘dodli grafik rassom T. Muhamedovning o‘zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, Sh.Muxammadjonovning ‖Mahmud Qoshg‘ariy‖, ―Chilangar Kova qo‘zg‘aloni‖ kabi asarlarni misol bo‘la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan takrorlanmas grafika san‘atini ko‘ramiz, Sh. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani boyitayotganiga guvoh bo‘lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, Sh.Muhammadjonov esa ko‘proq go‘zallik va ulug‘vorlikka e‘tiborni qaratadi.
Xullas, rassomlik ―qarimaydigan‖ san‘at turi sifatida har bir zamonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirib borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish