Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet32/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: ―Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar‖, ―Hindiston‖, ―Minerologiya‖), tabiat va uning ob‘ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma‘naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta‘kidlagan.
Ma‘lumki, tajriba, eksperiment borliqni bilish usullaridan biri hisoblanadi. Beruniy shunday deb yozadi:

«Mendagi ishtibohni faqat tajriba va takroriy sinov bartaraf etishi mumkin, ...so‘zlovchilarning yakdilligiga

qaramay, buning haqiqiyligi tajribada o‘z tasdig‘ini to‘magan»8.
Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, «Beruniyni yetarli asos bilan o‘rta asr fanida empirik metod yaratuvchilaridan biri deb hisoblash mumkin. U metallar va minerallarning xossalari va solishtirma og‘irligini aniqlash bo‘yicha bir
qancha tajribalar o‘tkazdi»9. Tajribada olingan bilimni mutafakkir ayrim me‘yorlarga muvofiq ishonchli bilim deb talqin qiladi. Ularning orasida ob‘ektlarning kuzatuvchanligi, tajribalarning qayta o‘tkaziluvchanligi va kuzatishlarning tekshiriluvchanligini qayd etish mumkin.
Bu mulohazalar tajriba, bilim olish va uning haqiqiyligini tekshirish metodi sifatida, o‘rta asr sharoitida ham ancha keng tarqalgan, deb aytish imkonini beradi.
G‘oya ilgari surilgani va ishonchli bilimning olinishi tajriba bilan bog‘lanishi, bilimning haqiqiyligi tajribada sinalishi muhimdir.
Beruniyning ijodida kuzatish muhim o‘rin egallaydi. Tabiatni ilmiy o‘rganishda kuzatish bilishning boshqa shakllari bilan o‘zaro bog‘langan.

Beruniy fikricha, kuzatuvchi kuzatilayotgan hodisani u yuz berayotgan joyda idrok etadi10. Binobarin,



kuzatish u yoki bu hodisani uning muayyan ko‘rinishida qayd etadi11. Kuzatishlarning eski ma‘lumotlari ob‘ektning haqiqiy ko‘rsatkichini ancha buzib ifodalashi mumkin.
Beruniy tadqiqotchi o‘tkazgan tajriba va uning natijasi amalda ishonchli ekanligini qayd etadi. U «Sinovdan boshqa ustuvor dastur, tajribada tekshirishdan o‘zga muvaffaqiyatga eltadigan dasturilamal yo‘q»12, deb yozadi.
Beruniy astronomik kuzatishlar vositasida Oy va Quyoshning tutilishi, ularning Yerdagi hayotga ta‘siri, iqlim, tabiiy va sun‘iy tanlanish, saqlanish, rivojlanish anomaliyasi kabi murakkab muammolarni yangi ilg‘or metod va nazariy tamoyillar yordamida yechishga harakat qildi.
Beruniy SHarqda astronomiya kuzatish asboblarini yaratish texnikasining vujudga kelishi va rivojlanishi tarixida ham yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. U o‘sha davrda ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanilgan eski asboblarni takomillashtirish va yangilarini yaratishga alohida e‘tibor bergan. Olimni o‘ta aniqligi va mukammalligi bilan ajralib turuvchi kuzatish asboblarini yaratish imkoniyati masalasi qiziqtirgan.
SHunday qilib, samo jismlarining holatlarini nafaqat asboblar vositasida, balki o‘rganilayotgan ob‘ekt xususiyatiga muvofiq amalga oshirishni allomaning ulkan xizmatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Bunday metodologik mo‘ljal, ilmiy tadqiqotlar jabhasi cheklanganligiga qaramay, ilmiy bilishning yangi yo‘llari va vositalarini to‘ish borasidagi izlanishlarda muhim rol o‘ynadi.


  • Farabi. Kitab al-Хuruf. – Dushanbе: Ilm, 1972. – 25-b




  • O‘sha manba, –B. 36




  • Абу Райхон ал-Бируни. Избранние произведения в 6 т. -T. 3. –T.: 1963. –S. 44.




  • Хайруллаев М. Философское наследие народов Средней Азии и борба идеи.- Фаргона, 1988.- С.39.




  • Қаранг: Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. В 6-т. Т. 3. – Т.: 1963. – 57-б.




  • Абу Райхон Беруни. Избранние произведения. в 6-т. T. 3. – T.: 1963. – B.260.




  • O‘sha manba, -B. 340.

Abu Ali ibn Sino (980-1037). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir. Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir. Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,‖Donishnoma‖, ―Xay ibn yakzon‖ayniqsa keng dovruq qozongan.
Ibn Sino merosining tahlili uning ilmiy qiziqishlari doirasi benihoyat keng, u tom ma‘noda qomusiy bilimlar egasi bo‘lganidan dalolat beradi. Ibn Sino fanlarning ularni tadqiqot ob‘ektlariga ko‘ra ajratishga asoslangan tasnifini taklif qilgan.
Ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o‘z-o‘zidan o‘zgarmaydi va inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surgan.
O‘sha davrda u shug‘ullanmagan fanning o‘zi bo‘lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, Ibn Sino falsafa, xususan bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan.
Ibn Sino moddiy dunyo predmet larini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob‘ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in‘ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e‘tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog‘laydi. Ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi

hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi13.


Ibn Sino neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a‘zosisiz idrok etadi, degan ta‘limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu, masalan, ko‘rish uchun muhit bo‘lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu, ko‘rish organi bo‘lib xizmat qiluvchi ko‘zdir. Biroq ular haqiqatdan uzoqdir, chunki hissiy idrok etish jonning o‘zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo‘lib chiqar, ulardan hech qanday naf bo‘lmas edi», deb yozadi va so‘zining davomida neoplatoniklarning qarashlari

asossiz ekanligini ta‘kidlab, haqiqat sezgilar tana a‘zolariga muhtojligidadir,14 degan xulosaga keladi.


Ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida ga‘irar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o‘z holicha ovozga ega bo‘lmaydi. Ovoz ikki jism to‘qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to‘lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa
yetgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi va ular bundan jonni xabardor etadi15. Bu tavsif ancha sodda bayon etilgan bo‘lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. SHuningdek, Ibn Sino sezgilarni hali ob‘ektiv dunyoning sub‘ektiv obrazi sifatida idrok etmaganidan dalolat beradi. Sezgilarni tashqi ta‘sirning organizmdagi harakati sifatida tushuntirar ekan, Ibn Sino uni mexanik talqin qiladi.
Ibn Sino ko‘rish haqidagi ta‘limotni ishlab chiqdi. Ko‘rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda Platonning bu boradagi ta‘limoti asossiz ekanligini ko‘rsatadi. Ibn Sino yorug‘likni ko‘rishning asosiy vositasi

sifatida alohida qayd etadi16.


Alloma sezgilarni va tuyg‘ularning barcha shakllarini o‘rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya‘ni miya tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh
apparati deb talqin qilib, Ibn Sino hissiy bilish shaklini miya bilan bog‘ladi va uni idrok etish va sezish asosi17 deb e‘tirof etdi.
Ibn Sino ta‘limotiga ko‘ra, in‘ikos faqat aks ettiruvchi tizimga bog‘liq emas. Sezish markazi miyaning old qismida, tasavvur qilish markazi – miyaning o‘rta qismida, eslab qolish qobiliyati – miyaning orqa qismida joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish jarayonida asablar muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni
insonning boshqa a‘zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o‘tkazgichlar bo‘lib xizmat qiladi18. Umumiy ma‘lum tasavvurga ko‘ra, asablar bosh miyada boshlanadi va ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi19. Ko‘rib turganimizdek, Ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo‘l bilan tushuntirishga harakat qiladi.
Ibn Sino O‘rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Ibn Sinoning falsafiy merosini qiyosiy o‘rganish tabiatni hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda u asosan yagona yondashuvga tayanganini ko‘rsatadi. Ibn Sino tasavvurning kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi

hamma narsa bizning sezgilarimizgacha yetib boradi, deb qayd etadi20.


SHunday qilib, Ibn Sino fikriga ko‘ra, tasavvurning gnoseologik funksiyasi shundan iboratki, u tashqi narsalarning obrazlarini gavdalantiradi, hissiy idrok etiluvchi narsalar yo‘qolganidan keyin ham ularni xotirada saqlab qoladi.
Ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo‘ladi. Birinchi – narsa sezgilarda ularni kuzatish jarayonida aks etadi. Bu yerda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Ibn Sino in‘ikos kontseptsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish darajalari to‘g‘risidagi masalani ko‘taradi.



  • Qarang: Ибн Сино. Трактат о разделении существующих вещей. – Т.: Шарк, 1983. – 128-б.




  • Ибн Сина. Книга исцеления. – Т.: Фан, 1967. – 265-266-б.




  • Qarang: Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан.1996 – С 260-261.




  • Qarang: Ибн Сина. Книга спасения. – Т.: Шарк, 1986. – S 224.




  • Qarang: Ibn Sina. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. С– 38.




  • Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. – Т.: Фан, 1986. –С.41




  • O‘sha manba, –B. 99.




  • Qarang: Ibn Sinо. Dоnishnоma. – T.: Fan, 1976. – 264-b.

Ma‘lumki, bu mo‘ljal yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o‘zining tadrijiy yakunini to‘gan.
Ikkinchi – ob‘ektiv borliqda amalda mavjud bo‘lmagan narsaning mohiyati anglanadi21. Bu yerda formal ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog‘lanmaydigan ideallashtirilgan ob‘ektlar mohiyatini bilish nazarda tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.
Uchinchi – narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi mumkin. Bu tamoyilda narsani sezgi bog‘liq bo‘lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraktsiyaning kuchi qayd etiladi. Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin.
SHundan kelib chiqib, Ibn Sino oqilona bilishda abstraktsiya muhim rol o‘ynashini qayd etadi. «Bilish narsa obrazini mavhumlashtirishning ayrim o‘zaro bog‘langan bosqichlaridan iborat jarayon bo‘lib, uning natijasida biluvchining ongida predmet ning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday

mavhumlashtirish bosqichlari to‘rtta». 22.


Ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg‘u – bu miyaning old qismida joylashgan kuch bo‘lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va ular uzatuvchi kuchni mustaqil
qabul qiladi23. Binobarin, Ibn Sino fikriga ko‘ra, sezgi organlari yordamida olingan tuyg‘ular umumiy sezgi vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi.
Obraz deganda alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aktsidental tomonlari yig‘indisini tushunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so‘z yuritar ekan, u shunday deb yozadi: «Uning

obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya‘ni inson bilan bog‘liq barcha narsalardir»24. Ibn Sinoning yuqorida bayon etilgan g‘oyalari ilmiy tafakkur shakllanishining keyingi davrlarida


rivojlantirildi va yangi natijalar bilan boyitildi.
SHunday qilib, bilish jarayoni pirovard maqsadi ob‘ektlar mohiyatini bilishdan iborat bo‘lgan murakkab jarayondir. O‘rta asr Markaziy Osiyo mutafakkirlari asosan bilish bilinayotgan ob‘ektning in‘ikosidir, degan nuqtayi nazardan kelib chiqdilar. Bunda insonning sezgi organlari bevosita bog‘lovchi bo‘g‘in hisoblanadi, ya‘ni sezgilar yordamida bilinuvchi ob‘ektiv dunyo bilish manbai sifatida amal qiladi.

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish