Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan


Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar



Download 5,79 Mb.
bet341/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Qadimgi Sharqdagi dastlabki estetik tasavvurlar
Shumer va Bobil. Shumer insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma‘lum bo‘lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan. SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning madaniyatida, fuqarolarining badiiy-estetik darajasida hamda badiiy-estetik faoliyatida namoyon bo‘lgan. Shumerliklar birinchi bo‘lib yozuvni kashf etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyatlarni, ilk nasihatlarni yozib qoldirdilar. SHuni alohida ta‘kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha bu qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar etib kelgan emas. San‘at namunalarining ko‘pligi jihatidan Somirni ancha orqada qoldiradigan Misr madaniyati ham

yozma yodgorliklar borasida Somirga yon beradi. Chunki misrliklar yozib qoldirgan minglab papiruslar chirib, yonib, yo‘qolib ketgan, shumerliklarning giltaxtalardagi yozuvlari esa saqlanib qolgan, hozir ham ularni qumlar ostidan topib, sharhlash davom etmoqda.


Qadimgi Somirdagi dastlabki estetik g‘oyalar haqida gap ketganda, eng avvalo undagi tasviriy san‘atning ilk namunalariga to‘xtalib o‘tish joiz. Qadimgi Shumer tasviriy san‘ati asosan muhrlar, idish - tovoqlardagi rasmlar va releflardagi tasvirlardan iborat. Bular orasidagi eng qadimiysi va bizgacha ko‘p miqdorda etib kelgani muhrlardir. Ilk sulolalar davridayoq Somirda tosh o‘ymakorligining badiiy -estetik tamoyillari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan, sayqal berish texnikasi mukammallasha boshlagan. SHuning uchun ularga faqat moddiy madaniyat namunalari emas, balki san‘at yodgorliklari sifatida ham qarash maqsadga muvofiq. Shumer muhrlariga razm solgan har bir inson ularda asotir yoki xalq og‘zaki ijodiga doir syujetning ifodasini ko‘radi: qanotli ajdaholarning u stida turgan erkak bilan ayol, etti boshli ajdahoni o‘ldirayotgan pahlavon, xayoliy mavjudotlar – qush-odam va odam-arslon ustidan olib borilayotgan sud va boshqa tasvirlar shular jumlasidandir. Qisqasi, ularda go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, xayoliylik va mo‘‘jizaviylik haqidagi dastlabki tasavvurlarni ilg‘ash qiyin emas.
Shumerliklarning falsafiy-estetik qarashlariga kelsak, ularda falsafiy-kosmologik yoxud ilohiyotga, yoxud nafosatshunoslikka bag‘ishlangan risolalar qabilidagi maxsus adabiy shakllar bo‘lgan emas. Bunday qarashlarni (albatta ibtidoiy holda) bizgacha to‘liq yoki qisman etib kelgan asotirlarda uchratish mumkin. Shumerliklardagi estetik tasavvurning paydo bo‘lishi va, umuman, nafosatli tafakkurning kelib chiqishi asotirnomaga (mifologiyaga) borib taqaladi. Ma‘lumki, qadimgi odam oldida turgan turli xil masalalardan biri estetik tabiatga ega bo‘lish muammosi edi. Bu muammoni o‘ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul – mifologiyadan foydalandi. SHu bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konstepstiyasi, falsafiy umumlashma deb atash mumkin; faqat u nazariy emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zotan asotirlardagi badiiy anglashda inson o‘zi haqida, o‘zining real borliq go‘zalligi bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshqacharoq qilib aytganda, asotirlar qadimgi tarixda birinchi marta olamni badiiy-estetik borliq sifatida taqdim etadi. Dastlabki faylasuflar (agar shunday deyish mumkin bo‘lsa) mirza-xattotlar va shoirlar ekanini ilg‘ash qiyin emas. Mirza-xattot va shoirlar asotirlarni yozib olishar hamda yozar ekanlar, ular uchun asosiy maqsad ma‘budlar va ma‘budlarni a‘mollarini ulug‘lash bo‘lgan. Keyingi davrlar faylasuflari kabi ularni muayyan kosmologik yoki ilohiyotga oid haqiqatlar qiziqtirgan emas. Asotirlarni tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, shumerliklar badiiy-estetik anglash orqali insoniyat jamiyatining tadrijiy va izchil rivojlanishi haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar.
Shumer ma‘budlari antropomorf (odam qiyofali). Ular ichida eng donishmand va eng qudratlisi ham o‘z qiyofasi, orzu-o‘ylari va a‘mollari bilan odamlarga o‘xshaydi. Ma‘budlar odamlarga o‘xshab rejalar tuzadi, harakat qiladi, ichadi, eydi, uylanadi, oila quradi, katta xo‘jalikni boshqaradi, ilohiy zaifliklar va kasalliklarga ham duchor bo‘ladi, hatto o‘ladi ham. Zero ularning ulug‘vorligi va go‘zalligi odamlarga nisbatan olib qaraladi.
Qadimgi shumerliklarda «Me» tushunchasi mashhur bo‘lgan. «Me» ilohiy qonun va ko‘rsatmalar majmui bo‘lib, Shumer faylasuflari fikricha, bu qonun – qoidalar olam yaratilgan kundan boshlab uni boshqarishni va olamning abadiy harakatini ta‘minlab kelganlar. Unda «ulug‘vor va abadiy toj», «ulug‘vor ramz», «ulug‘vor ibodatxona», «san‘at», «musiqa», «yog‘ochni ishlash san‘ati», «metallni ishlash san‘ati» «mirzalik (xattotlik) san‘ati» singari nafosatshunoslik tushunchalarini anglatuvchi iboralar ham mavjud. SHunisi e‘tiborga sazovorki, qadimgi shoir-faylasuf san‘at bilan hunarni ajratishga harakat qiladi. Chunonchi, «yog‘ochsozlik san‘ati» bilan yonma-yon «quruvchilik hunari» va «savatchilik hunari», «temirsozlik san‘ati» bilan yonma-yon «temirchilik hunari» iboralari keladi. Bundan tashqari, unda besh xil musiqa asbobining nomi ham qayd etilgan.
Shunday qilib, Shumer san‘ati va adabiyoti insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalardan va iboralardan bizni xabardor qiladi, bizga ba‘zi janrlarning kelib chiqishi bilan tanishish imkonini beradi.
Shumerliklar va ularning shimoliy qo‘shnisi bo‘lmish akkadlar asrlar mobaynida olib borgan janglar oqibatida akkadlar podshosi Sargon I (milodgacha 2369-2314 yillar) Somirni Akkadistonga bo‘ysindiradi. Dastlab akkadlar Shumer tilini ham, yozuvini ham qabul qiladilar va birgalikda somir-akkad madaniyatini yaratadilar. Keyinchalik bu ikki xalq qo‘shilib, Bobil davlatini tashkil etadi, akkad tili esa asosiy tilga aylanadi. SHunda ham Shumer tili maktablarda o‘qitiladigan o‘lik til, Yevropaliklar uchun lotin tili qanday bo‘lsa, shunday til bo‘lib qoladi. Umuman olganda, qadimgi Sharq madaniyati ko‘ptillilik yoxud ikki tillilik asosida bunyodga kelgan.
Bobil so‘z san‘atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agushayya, Gilgamesh, Adan, Etana, «Ishtarning qa‘rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari diniy-falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oya – hayot va mamot o‘rtasidagi kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» deb atalgan doston ular orasida kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqilona ekanini maqollar va matallar bilan asoslashga intilgan qul – oqil, quv xizmatkor qiyofasi tasvirlangan. Bu suhbat-aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. Kim shuncha balandki, osmonga esta, kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», – deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yashasin», – deb o‘zini qutqaradi.
Na faqat Gilgamesh kabi eposlarda, balki deyarli barcha Qadimgi Bobil shoirlari ijodida insonning to abad shaxsiy o‘lmaslikka intilishi yuksak badiiy shakllarda o‘z ifodasini topgan, ularda hayot – go‘zallik, o‘lim – xunuklik tarzida qabul qilingan. SHunday qilib, Somir-Bobil san‘ati insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘oyalarning paydo bo‘lishidan bizni xabardor qiladi.

Qadimgi Misr. Estetik tafakkur taraqqiyotiga qadimgi Misr madaniyati juda katta hissa qo‘shgan. Barcha qadimgi xalqlar qatori misrliklar ham go‘zallikni hayotda deb bilganlar va uni foydalilik mezoni bilan o‘lchaganlar. Chunonchi, quyosh ma‘budi Atonga (milodgacha XY asr) bag‘ishlangan alqovlardan birida shunday deyiladi:

Sening go‘zalliging o‘zi hayotdir,

152
Ma‘lumki, Nil toshqini qadimgi Misr farovonligining asosi bo‘lgan. Farovonlik esa, ular fikricha, go‘zallikdir. SHuning uchun misrliklar Nilni ilohiy daryo sifatida talqin etadilar. Unga atalgan alqovlarning birida u barcha go‘zallliklarning bunyodkori deb ta‘riflanadi:
Er yayraydi u yoyilgan chog‘ida,

Quvonadi bor jonzot.

Barcha tishlar ochilar,

153
To‘kin rizqu non keltirib, u butun

Go‘zallikni yaratar.


Qadimgi Misr san‘atining juda ko‘p turlari ana shu manfaatli go‘zallik asosida vujudga kelgan. Chunonchi, ma‘budlar uchun qurilgan ibodatxonalar, ma‘budlarning va o‘limidan keyin ma‘budga aylangan fir‘avnlarning haykallari ulardan shafqat, mo‘l hosil, rizq-ro‘z so‘rash maqsadida bunyod etilgan bo‘lsa, xalq amaliy san‘ati buyumlari esa kundalik hayotni go‘zallashtirish uchun xizmat qilgan. Ayni paytda ba‘zi san‘at turlari manfaastiz go‘zallikning namunasi sifatida diqqatni tortadi. Ayollarning go‘zal bezaklari, taqinchoqlari, diniy-badiiy qissalar, ertaklar shular jumlasidan.
Misrdagi eng qadimgi badiiy ijod yodgorliklari V-IV ming yilliklarga borib taqaladi. Ular sopol idishlardir. Ularning qo‘lda ishlanganligini sezish qiyin emas: shakllari va yuzasi notekis, ba‘zan oddiy handasaviy naqsh bilan bezatilgan. Keyinchalik kulolchilik dastgohida ishlanib, ularda murakkab suvratlar va chizmalar aks ettirilgan.
Qadimgi Misrda me‘morlik yuksak taraqqiyot va texnik mukammallikka erishgan. Qadimgi podsholar davrida Misr me‘morligining o‘ziga xos ajralib turuvchi ulkan monumentalligi ishlab chiqilgan. Bu borada ehromlar alohida o‘rin tutadi. Ular orasida Xufu ehromi o‘zining mahobati bilan ajralib turadi; balandligi 146,6; to‘rt tomoni enining uzunligi (asosi) 233 metr. Xufu ulug‘vorlikning ajoyib namunasi. Ehrom deyarli yaxlit tosh inshoot sifatida shunday aniq hisob-kitoblar bilan qurilganki, u qadimgi Misrda matematika yuksak darajada rivojlanganligidan ham dalolat beradi.
Qadimgi Misr haykallari xuddi me‘morlikdek, badiiy ijodning haqiqiy noyob asarlari hisoblanadi. Ayniqsa, Luvr muzeyida saqlanayotgan mirza Kanning haykali o‘zining realizmi bilan kishini hayratga soladi. Mirza chordana qurib o‘tiribdi. U tizzalarida yozish uchun tayyorlangan papirus varag‘ini, o‘ng qo‘lida qamish qalamni tutib turibdi. Uning katta quloqlari ding – eshitib bajo keltirishga o‘rgangan. Ko‘zlari alohida diqqatga sazovor – ular bir necha xil materialdan yasalgan: kosasi – brinch, unga ko‘z oqini anglatuvchi ganch bo‘lagi va tagiga silliqlangan yog‘och qo‘yilgan, billur qorachiq joylashtirilgan. Natijada tamomila tirik odam ko‘zlaridek tasavvur uyg‘otadi. Me‘mor Raxotep va uning xotini Nefret haykali ham o‘zining yumshoq tasviri, ranglari, inja nafosati bilan har bir tomoshabinga nafosat zavqini beradi. Bu haykallarning ko‘pchiligi qadimgi yunon mumtoz haykaltaroshligi namunalaridan qolishmaydi, balki ko‘z ifodasining berilishi bilan ulardan ko‘ra jonli ko‘rinish kasb etadi va qadimiy go‘zallik namunasi sifatida kishini o‘ziga rom etadi.
Yana bir ajoyib go‘zallik namunasi bo‘lmish qadimiy haykal bu –Axatetondagi haykaltarosh Tutmosning ustaxonasidan topilgan Nefertiti –Shohoyim boshining tasviri. Shohoyim qiyofasida nazokat, shohona g‘urur va nafislik o‘zining beqiyos ifodasini topgan. Nefertitining boshi xuddi noyob gulga o‘xshaydi, u nozik gulbandga – bo‘yinga nisbatan bir oz og‘irroqday tuyuladi. SHohoyim qiyofasida tengsiz ayol go‘zalligi va latofatini ko‘rish mumkin.
Qadimgi Misr madaniyati taraqqiyotida faqat estetik g‘oyalargina emas, balki nafosat mezonlari ham muhim o‘rin egallaganligi shubhasiz. Bu qonun-qoidalar yig‘indisini ma‘lum ma‘noda nafosatshunoslik risolalari deb atash mumkin. Afsuski, ular bizgacha etib kelmagan. Faqat bir risolaning nomigina saqlanib qolgan: ibodatxona kutubxonasi ro‘yxatida «Devoriy rangtasvir va mutanosiblik qonuni bo‘yicha tavsiya» degan nom uchraydi.
Qadimgi Misr so‘z san‘ati taraqqiyotida mirzalarning xizmati buyukdir. Biz so‘z san‘ati degan iborani ishlatdik. Zero quyidagi parcha qadimgi misrliklar badiiy adabiyotni boshqa san‘atlar qatoriga kiritib, fikr yuritganliklaridan dalolat beradi. Chunonchi, «Pxatotep o‘gitlari» deb atalgan qadimiy (bundan to‘rt ming yillar avvalgi) she‘riy matnda qo‘yidagi satrlarni uchratish mumkin:
San‘at sira bilmas chegara,

Mahoratning cho‘qqisiga chiqolgaymi biror san‘atkor!

Gavhar kabi yashirindir oqilona so‘z,
Lekin uni topish mumkin don tuygan, huv, cho‘ridan154.

История древного мира. М., ОГИЗ, 1937. Т. 1. С. 276.


Поезия и проза Древного Востока. М., ИХЛ, 1973. С. 106.

O‘sha manba. S. 95.

Demak, so‘z – san‘at materiali, lekin u san‘atga aylanishi uchun uni ishlata oladigan iste‘dod lozim, iste‘dod esa cho‘rida ham bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda nafosatshunoslikning ko‘p jihatlarini ko‘ramiz: avvalo, san‘atdagi yuksak mahorat doimo nisbiy. Ikkinchidan, so‘z qo‘llash ham san‘at. Uchinchidan, badiiy adabiyotni, umuman, san‘atni xalqning hamma qatlamlari, ya‘ni oliy zotlar ham, xizmatkor-cho‘rilar ham yaratadi, zero san‘at mohiyatan demokratik xususiyatga ega bo‘lib, hammaga birdek taalluqlidir.
Qadimgi Misrda mirzalar muayyan ma‘noda ziyolilarning etakchilari hisoblanganlar. Dastlabki shoirlar ham ana shu mirzalardir. Ularning xizmatlari qadrlangan, ular ijodkor sifatida olqishga sazovor bo‘lganlar. Chunonchi, «Mirzalarni sharaflash» deb atalgan she‘rda noma‘lum mirza bundan deyarli uch yarim ming yil avval, fir‘avn Ramzes II davrida shunday deb yozgan edi:
Donishmand mirzalar...

Ular qurmadilar o‘zlari uchun

Birinchdan qabrtosh

Va misdan ehrom.


Qoldirmadi ular va na merosxo‘r, –

Nomlarin saqlagan zurriyotini.

Biroq qoldirdilar meroslarini –

O‘zlari bitgan xat, pandnomalarda...155

O‘sha asrlardagi mana bu satrlar qadimgi Rim shoiri Horastiydan salkam ikki ming yil, Pushkindan salkam to‘rt ming yil avval yozilgan:

Haykal qo‘ydim o‘zimga, u misdan boqiyroqdir,



156
Qadimgi Misrda yaratilgan qissalar va ertaklar o‘zining badiiy puxtaligi, shakliy go‘zalligi bilan kishi diqqatini tortadi. Ularda asosan mo‘‘jizaviylik estetik hususiyati bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. «Sinuxe qissasi», «SHirinsuhan dehqon haqida ertak», «Kema halokatiga uchragan kishi haqida ertak», «Nefertitining karomati», «Aka-uka haqida ertak» singari asarlar shular jumlasidandir. «Kema halokatiga uchragan kishi» ertagida qahramonning sehrli orolda ko‘rgan-kechirganlari Sindbod dengizchi haqidagi ertakni va «Odisseya»ning ba‘zi epizodlarini eslatadi. «Unamunaning sargardonligi» qissasi esa qadimgi Misr realistik nasrining ajoyib namunasidir. SHuningdek, qadimgi Misrda masal janri ham rosmana rivojlangan. Ularda kulgililik estetik xususiyati o‘z ifodasini topgan.
Qadimgi Misr she‘riyatida shakllarning turli-tumanligi, qabul qilingan muayyan uslub, she‘r tuzilishi san‘ati, ba‘zan ma‘lum darajadagi balandparvozlik, undagi uzoq taraqqiyot yo‘lini ko‘rsatib turadi. Qadimgi Misr muhabbat lirikasi orasida birinchi shoir ayol hisoblangan qadimgi yunon shoirasi Safodan ko‘p asrlar avval yaratilgan, ayol shoir qalamiga mansub go‘zal she‘rlar bor.
Qadimgi Misrda teatr san‘atining mavjud bo‘lganligiga hozir hech qanday shubha bo‘lishi mumkin emas. Qadimgi Misr teatri dastlab dafn marosimidagi ma‘budlarning o‘zaro dialoglari, shuningdek, turli ma‘budlar sharafiga o‘tkaziladigan xalq sayllari va bayramlarida o‘sha ma‘budlar hayotidan olingan lavhalarni sahnalashtirish natijasida bunyodga kelgan. Ma‘budlar rolini kohinlar o‘ynagan. Bunday sahnalar qadimgi podsholik davridayoq, ya‘ni bundan 4–4,5 ming yillar avval ijro etilgan. O‘shanday sahna-pesalardan bizgacha birginasi saqlanib qolgan. Uni fanda «Memfis ilohiyoti yodgorligi» deb atashadi. Kohinlar tasavvuridagi kosmologiya bayoni bo‘lmish bu matnda Memfis ma‘budi Pta tomonidan olamning yaratilishi va Osiris hamda uning o‘g‘li ma‘bud Gor haqidagi juda qadimgi mifologik syujetlar, parchalar keltirilgan. Keyingi davrlardagi matnlar ham mifologik mazmunda bo‘lib, ularda ko‘proq ma‘bud Gor ishtirok etadi. Bu tasodifiy emas. Qadimgi Misrda hukmron bo‘lgan tasavvurga ko‘ra, Gor taxtga o‘tirgan har bir fir‘avnning timsoli sifatida qabul qilingan, u har bir hukmdor uchun namuna, ideal hisoblangan.
Misrshunoslikdagi bebaho bitiklardan biri – Ixernofret degan a‘yonning tarjimai holidir. Unda bu a‘yon o‘zini fir‘avn Senusert III (miloddan avvalgi XIX asr) hukmronligining 19-yilida Abidosdagi ibodatxonani taftish qilish va har yili ko‘p sonli tomoshabinlar ishtirokida sahnaga qo‘yiladigan Osiris misteriyasini kuzatish uchun yuborilganini yozadi. Ixernofret bitigidan mazkur pesa quyidagi ko‘rinishlardan tuzilganligini bilish mumkin:

Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   337   338   339   340   341   342   343   344   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish