Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet304/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Фромм Э. Человек для себя. Минск, «Харвест», 2004. С. 18.

SHunday qilib, insonparvarlik axloqi sub‘ektning o‘z insoniylik tabiatini, barcha fazilatlarini, ochiq–oydin namoyon etishini ta‘minlaydi. Obro‘parvarlik axloqida esa, aksincha, sub‘ektga, obro‘ egasiga bo‘ysunish, quloq qoqmaslik, o‘z individualligini yo‘qotish hodisalari ro‘y beradi. Lekin, fojea shundaki, buni insonning o‘zi anglamaydi: atrof–muhitdagi obro‘ egasining ulug‘ligi, bilimdonligi qahramonligi, muruvatliligi, xalqqa otalarcha g‘amxo‘rligi va zaruriy qatiqqo‘lligi haqida to‘qilgan miflar, uning shaxsiga sig‘inish bunga yo‘l bermaydi. Bunday odamlar jamiyatda asosiy ko‘pchilikni tashkil etadi, obro‘parvarlikning mohiyatini tushunib yetgan, ommaga qo‘shilmagan, o‘z individualligi va ichki erkinligini saqlab qolgan shaxslar esa juda kam bo‘ladi. Natijada jamiyatning asosiy ko‘pchiligi ezgulik deb hisoblagan narsa aslida yovuzlik bo‘lib chiqadi, xalq ommasi anglamasdan yovuzlikka xizmat qilganini keyin, obro‘ egasi shaxsiga sig‘inish fosh etilganidan so‘nggina tushunib yetadi. CHunonchi, Hitlerga ergashganlar o‘sha paytlar Olmoniyada ko‘pchilikni tashkil etardi, ular o‘zlarining yo‘li to‘g‘ri ekaniga qattiq ishongan edilar: «Fyurer adashmaydi!» Hozir esa Hitler kim–u, uning tutgan yo‘li qanday ekanini hamma yaxshi biladi, Olmoniya aholisining asosiy ko‘pchiligi fashizmga, uning obro‘parvarlik axloqiga qarshi. Bizning mamlakatimiz ham sobiq SHo‘rolar Ittifoqi tarkibida Lenin, Stalin va komunistik partiya o‘rnatgan obro‘parvarlik axloqini boshidan kechirdi, mustaqillik tufayligina xalqimiz insonparvarlik axloqi me‘yorlari bilan hayot kechirish yo‘liga kirdi. Jahon afkor emmasi, erkin, demokratik jamiyatlarining hammasi ana shu axloqiy yo‘ldan bormoqda. Aynan shunday axloq jamiyat va shaxsning erkinligidan, individning ixtiyor erkinligidan kelib chiqadi. SHu sababli ixtiyor erkinligi axloqshunoslikning eng muhim, eng dolzarb muammosi sifatida alohida e‘tiborga molik, unga to‘xtalib o‘tmaslikning iloji yo‘q.
Axloqshunoslikda inson xatti–harakatining ikki qutbi – axloqiylik bilan axloqsizlik holatlari tahlil va tadqiq etiladi. Axloqiylik – fazilatlarda, axloqsizlik esa illatlarda namoyon bo‘ladi. Bu ikki qutb – tushuncha kun– tun, oq–qora singari bir–birini inkor va ayni paytda, taqozo etgani holda mavjuddir. Zero, fazilat, Arastudan tortib Ibn Sinogacha bo‘lgan qadimgi faylasuflar ta‘kidlaganlaridek, ikki illat oralig‘ida ro‘y beradi. Boshqacha qilib aytganda, fazilat ikki manfiylik o‘rtalig‘ida yuzaga keladigan musbat hodisadir. CHunonchi, adolat – zulm bilan mazlumlikning, saxiylik – isrofgarchilik bilan baxillikning, iffat – qizg‘anchiqlik bilan rujuning o‘rtalig‘i sifatida voqe bo‘ladi.
Fazilat va illat shunday yirik hamda qamrovli atamalarki, ularning har biri o‘z ichiga bir necha emas, o‘nlab emas, balki yuzlab tushunchalarni oladi. SHu jihatdan axloqshunoslik barcha falsafiy fanlar ichida tushunchalarining ko‘pligi va xilma–xilligi bilan alohida ajralib turadi. Ularni avvalgi ilmiy–uslubiy adabiyotlarda, xususan, lug‘atlarda axloqshunoslik mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari, axloqiy mezoniy tushunchalar, axloqiy tamoyillar, axloqiy me‘yorlar, axloqiy munosabatlar, axloqiy hissiyotlar singari guruhlarga bo‘lib taqdim etilgan. Bunday «maydalashtirish», bizningcha, shart emas. CHunki u, birinchidan, tizimni murakkablashtiradi, ikkinchidan, muayyanlikdan yiroqlashtiradi, uchinchidan, tushunchalar bilan hissiyotlarni, me‘yorlar bilan tamoyillarni farqlashda chalkashliklarga olib keladi, ularni rosmana idrok qilishda qiyinchiliklar tug‘diradi. Zero, fan mazmunini taqdim etishdagi har qanday murakkablashtirishlar, chalkashliklar, tabiiyki, tushunmovchilikni keltirib chiqaradi. Natijada mazmun mo‘ljallangan «o‘z egasiga» risoladagidek yetib bormaydi.
SHu sababli axloqshunoslik fanida qo‘llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo‘lishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o‘rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in‘ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz axloqshunoslikning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me‘yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo‘lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun «moddiy asos» vazifasini o‘taydilar.
SHu o‘rinda «tushuncha» atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o‘ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy onglash uchun ma‘lum ma‘noda material ekani to‘g‘risida birrov to‘xtalib o‘tgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e‘tiborga sazovor fikr bildirganlar. CHunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo‘lgan, deb ta‘kidlaydi. «Tabiat qonuni borasidagi tajribalar» asarida u shunday deb yozadi: «Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi yetkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo‘ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me‘mor bino qurishda tosh, yog‘och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi».119
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish, Lokk va unga o‘xshash ba‘zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Hegel singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo‘lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G‘arb allomalari bu yo‘lning ko‘p jihatdan Yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi Yangi froydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – «Bardo Tyodol»ga yozgan sharhida shunday deydi: «G‘arb kishisi, «psixologik» («ruhiy») so‘zini eshitganida, uning uchun u «bor–yo‘g‘i psixologik» tarzida jaranglaydi. Uning uchun «psixe» – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e‘tiborga noloyiq, shaxsiy, sub‘ektiv va h.k. SHu sababli «ruh» (qalb) o‘rniga «aql» so‘zini ishlatishni ma‘qul ko‘radi...».120 Boshqa bir o‘rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko‘zga


Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   300   301   302   303   304   305   306   307   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish