Andijon mashinasozlik instituti falsafa fanidan



Download 5,79 Mb.
bet301/388
Sana18.08.2021
Hajmi5,79 Mb.
#150984
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   388
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Стоун И. Происхождение. Роман биография Чарлза Дарвина. М., Политиздат. 1983. С. 273.
Қаранг: Аъзамов А. Фан ва дин: одамзоднинг пайдо бЎлиши. «Тафаккур» журнали, 1999, 4-сон, 32-б.

Каримов И.А. Донишманд халқимизнинг мустаҳкам иродасига ишонаман. «Фидокор» газетаси, 2000, 8
июн.

asr buyuk olmon faylasufi Karl Yaspers, odamni boshqa jonzotdan keltirib chiqarishning nojoizligi haqida gapirib, inson transtendental bog‘liqlikka ega, uning imkoniyatlarini, erkini hech bir jonzotniki bilan qiyoslab bo‘lmaydi, inson hatto imkoniyatlari naqadar cheksiz ekanini o‘zi ham bilmaydi, deb uni ulug‘laganida, bizningcha, tamomila haq edi. Agar diqqat qilsak, asrimiz mutafakkirining fikri Qur‘oni karim «Baqara» surasida marhamat qilingan quyidagi oyatlarga hamohangdir: «30. Eslang (Ey Muhammad), Parvardigoringiz farishtalarga: «Men Yerda (Odamni) xalifa (yordamchi) qilmoqchiman», deganida, ular aytdilar: «U yerda buzg‘unchilik qiladigan, qonlar to‘kadigan kimsani (xalifa) qilasanmi? Holbuki, biz hamdu sano aytish bilan Seni ulug‘laymiz va Sening nomingni mudom pok tutamiz». (Alloh) aytdi: «Men sizlar bilmagan narsalarni bilaman». 31. Va U zot odamga barcha narsalarning ismlarini o‘rgatdi. So‘ngra ularni farishtalarga ro‘baro‘ qilib dedi: «Agar xalifalikka biz haqdormiz degan so‘zlaringiz rost bo‘lsa, mana bu narsalarning ismlarini Menga bildiring!». 32. Ular aytdilar: Ey pok Parvardigor, biz faqat Sen bildirgan narsalarnigina bilamiz. Albatta Sen o‘zing ilmu hikmat sohibisan». 33. (Alloh): «Ey Odam, bularga u narsalarning ismlarini bildir», dedi. (Odam) ularga barcha narsalarning ismlarini bildirganidan keyin (Alloh) aytdi: «Sizlarga, Men Yeru osmonlarning sirlarini va sizlar oshkor qilgan va yashirgan narsalarni bilaman, demaganmidim?». 34. Eslang (Ey Muhammad), Biz farishtalarga Odamga ta‘zim qiling, deyishimiz bilan sajdaga egildilar. Faqat Iblis kibr va or qilib – kofirlardan bo‘ldi».


Vaholanki, sajda bungacha faqat Tangrigagina bajo keltirilar edi. Demak, Xudo bu bilan barcha mavjudotlardan oliy, daraja nuqtayi nazaridan o‘zidan keyin turadigan buyuk zotni yaratganini e‘lon etdi. Odam –
Xudoning yerdagi xalifasi.
SHu o‘rinda «xalifa» so‘zining amaliy ma‘nosi haqida to‘xtalmoq o‘rinli. Uni oddiy hayotiy misol bilan tushuntiradigan bo‘lsak, kosiblikka, hunarmandchilikka murojaat qilish maqbul. Ma‘lumki, qadimda kosib yoki hunarmand ustaning odatda bir necha shogirdi bo‘lgan. Ular orasidagi eng aqlli, tadbirkori, ustaning muhabbatini qozongani usta tomonidan xalifa etib tayinlangan. Xalifaga usta o‘zining bir qancha vakolatlarini, jumladan, biror yoqqa safarga ketsa, shu muddat mobaynida boshqa shogirdlarni boshqarib, rahbarlik qilib turishni topshiradi. SHunday qilib, usta qaytib kelgunga qadar xalifa uning aytganlari yoki ko‘rsatmalarini amalga oshirish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Odam ham Allohga nisbatan ana shunday xalifadir: to u qiyomatga qadar, ya‘ni Tangri dargohiga borgungacha nabotot va hayvonot olami ustidan hukmronlik qilib turadi.
Hukmronlik qilish uchun, tabiiyki, muayyan darajada erkinlikka, erkin harakatni ixtiyor etish huquqiga ega bo‘lish, falsafiy ibora bilan aytganda, ixtiyor erkinligi zarur. Ana shu ixtiyor erkinligi faqat insonga berilgan. Farishtalar bunday ma‘naviy ne‘matdan mahrum – ular faqat Allohning buyrug‘ini bajaradilar. Lekin insondagi ixtiyor qilish erkinligi ham cheklangan – u Alloh tomonidan Qur‘oni karimda umumiy tarzda belgilab berilgan doiradagina mavjud bo‘lishi kerak. SHu bois mutlaq erkinlik insonga emas, faqat Yaratganga xos.
SHunday qilib, axloq – oliy mavjudotga ato etilgan oliy ne‘mat. Ya‘ni axloqning kelib chiqishi ilohiy manbadandir. Ana shu ilohiy asosni asrab–avaylab, taraqqiy toptirish har bir insonning asosiy vazifasi, burchi. SHu bois o‘z–o‘zini va, iloji bo‘lsa, o‘zgalarni axloqiy tarbiyalash barcha muqaddas kitoblarda savob sanaladi.
Bu o‘rinda shuni alohida ta‘kidlash kerakki, inson aynan hozirgi paytdagi ko‘rinishida yaratilgan degan gap haqiqatdan yiroq. U mohiyatan har tomonlama mukammallikka, komillikka qarab boruvchi, taraqqiyotining mohiyati tadrijiylik bilan belgilanadigan jonzotdir, uning jismoniy, aqliy va axloqiy taraqqiyoti o‘zaro bog‘liqlikda rivojlanadi: vaqt mobaynida insonning ham ko‘rinishi, ham tafakkuri, ham axloqiy xatti–harakati o‘zgarib boradi. SHu jihatdan olib qaraganda, odamzodning xunuklikdan chiroylilikka, nodonlikdan oqillikka, qo‘pollikdan noziklikka yo‘nalganligi tabiiy hol. Demak, uning axloqiy xatti–harakatlari tadrijiy tarzda noziklashib borgan. Biroq, bunday noziklashuv shaklan qo‘polroq bo‘lgan soddalikdan chekinib, botiniy qo‘pollikni zohiriy nazokat bilan yopishga, niqoblashga ham olib kelgan. Natijada insoniyat tarixi qanchalik ko‘p davrni o‘z ichiga olsa, axloqning xilma–xil ko‘rinishlari shuncha ko‘payib borgan. Lekin ularning hammasi, zamonaviy axloq nazariyasiga ko‘ra, ikki katta guruh ostida voqe bo‘ladi, ya‘ni axloqiy xatti–harakatlar asos–e‘tibori bilan ikki turga bo‘linadi.
Ulardan biri – obro‘parvarlik (avtoritar) axloqi, ikkinchisi insonparvarlik – (humanitar) axloqi. Endi qisqacha ularning mohiyati va sifatlari bilan tanishib chiqamiz.
«Obro‘parvarlik axloqiga ko‘ra, – deb yozadi Erix Fromm, – bir odam – obro‘ egasi inson uchun nima yaxshiligini belgilab beradi, o‘zni tutish qonun–qoidalari va me‘yorlarini ham o‘ylab topadi, o‘rnatadi. Insonparvarlik axloqi esa bu qonun – qoidalar va me‘yorlarni o‘zi yaratishi, o‘zi boshqarishi hamda ularga o‘zi amal qilishi bilan farqlanadi»114
Fromm obro‘parvarlik axloqinining ikki asosini ko‘rsatib o‘tadi: birinchisi – ratsional obro‘parvarlik, unga ko‘ra, ratsional obro‘ egasi o‘ziga yuklangan vazifani omilkorlik vositasida bajarib, mazkur vazifani yuklaganlar tomonidan hurmatga sazovor bo‘ladi. Biroq ratsional obro‘parvarlik vaqtinchalik hodisa, u obro‘ egasi faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liq. Ikkinchisi – noratsional obro‘parvarlik, u bir tomondan hukmronlikka, ikkinchi tomondan, qo‘rquvga asoslanadi va uzoq muddat davom etadi: muayyan tarixiy davrni o‘z ichiga oladi. Noratsional obro‘parvarlik tanqidni na faqat tan olmaydi, balki taqiqlaydi. Ratsional obro‘parvarlik obro‘ egasi tamonidan sub‘ektga nisbatan axloqiy tenglikni taqozo etsa, noratsional obro‘parvarlik aynan tengsizlik asosiga quriladi. Bunda obro‘ egasiga «gap qaytarmaslik», «quloq solish» – fazilat, «quloq solmaslik» – illat hisoblanadi. Odatda, obro‘parvarlik axloqi deganda, ko‘proq noratsional obro‘ egasi o‘rnatgan qonun–qoidalar, me‘yorlar nazarda tutiladi.





Download 5,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   388




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish