Mavzu: Elektr yuritmaning mexanik qismlarini inertsiya momentlarini hisoblash. Ishdan maqsad:
Elektr yuritmalarni mexanik qismlarini o’rganish, mexanik qism elementlari bilan tanishish, turli mexanizmlarning elektr yuritmalarini mexanik qismini kinematik smemalarini tuzishni o’rganish. Kinematik sxemalar asosida mexanizmni ishchi organining momentini dvigatel valiga keltirishni bilish.
Topshiriq:
Oddiy yuk ko’tarish mexanizmining kinematik sxemasini tuzing va uning asosida mexanizmni ishchi organining momentini dvigatel valiga keltiring.