+ - + + - + - - Tranzistorlarni umumiy emmiterli (a), umumiy bazali (b), umumiy kollektorli (v) usulda ulanishi
Bipolyar tranzistorlar. Bipolyar tranzistorlarda emmiter, baza va kollektor qatlamlari yaxlit monokristallardan hosil qilingan bo`ladi (63 a-rasm). Bu qatlamlardagi erkin tok tashuvchilarning kontsentratsiyasi va qatlamlarni qalinligi qathiy qiymatga ega. 63-b rasmda bipolyar tranzistorlarni zanjirga ulanish sxemasi keltirilgan:
63-rasm a, b - bipolyar tranzistorlarni elektr zanjiriga ulash
Maydon tranzistorlari. Ma`lumki, tranzistorlar konstruktiv tuzilishiga qarab bipolyar
va unipolyar tuzilishga ega bo`ladi. Maydon tranzistorlar unipolyar tranzistorlar qatoriga kiradi. Maydon tranzistorlarda ishchi tok yarim o`tkazgich uchun asosiy bo`lgan zaryad tashuvchilar (elektron yoki kovak) yordamida vujudga keladi. Bipolyar tranzistorlarda esa ishchi tokni hosil qilishda har ikki tip tok tashuvchilar ham katta rol o`ynaydi. P-n o`tishli
maydon tranzistorlarini ulanishi sxemasi 64-rasmda ko`rsatilgan.
64-rasm: Maydon tranzistorlarni tarmoqqa ulanish sxemasi
Nazorat uchun savollar. 1. Elektronika asoslari nima? 2. Elektron asboblar nima, qaerlarda ishlatiladi?
3. Diod nima va tuzulishi qanday? 4. Elektronikani asosiy elementlari nima?
5. Tiristor nima, sxemasi va uni tuzulishi qanday? 6. Maydon tranzistori nima?
15-mavzu:TO‘GRILAGICHLAR VA TЕKISLOVCHI FILTRLAR.
Reja:
To‘g‘rilagichlar. To‘g‘rilagichlarning sxemalari va ularning ishlash prinspi.
Elektr filtrlari. To‘g‘rilagichlarning tashqi tavsiflari.
Tiristorli to‘g‘rilagichlarni boshqarish tartiblari.
1. To`g’rilagishlar sxemasi ishlash prinspi.
Chiqish kuchlanishini rostlash (boshqarish) bo`yicha barcha to`g’rilagichlar eng umumiy tarzda boshqarilmaydigan va boshqariluvchi to`g’rilagichlarga bo`linadi.
Boshqariluvchi to`g’rilagichlarda chiqish kuchlanishini rostlash quyidagi asosiy
usullar bilan ta`minlanadi:
● o`zgaruvchan tok tomonidan rostlash; ● o`zgarmas tok tomonidan rostlash;
● sxemaning ventil elementlariga bevosita tahsir qilish orqali rostlash.
Birinchi usulda to`g’rilagich sxemasiga o`zgaruvchan tok rostlagich kiritiladi: Bu rostlagichlar ventil elementlariga o`tayotgan kuchlanishni, demak chiqish kuchlanishini ham boshqarishga imkon beradi.
O`zgarmas tok tomonidan rostlashda to`g’rilagichning chiqish tomonida o`zgarmas tok rostlagichi ulanadi: O`zgarmas tok yoki o`zgaruvchan tok tomonidan rostlash qurilma-lari ulangan to`g’rilagichlar amalda kombinatsiyalangan o`zgartgichlardir, ya`ni ushbu o`zgartirgichlar to`g’rilagichdan tashqari mustaqil qurilma qaraladigan stabilizator yo rostlagichlardan tashkil topadi.
Rostlashning eng ko`p tarqalgan usuli-bu to`g’rilagichlarning ventil elementlariga bevosita
ta’sir etish usulidir: Shu maqsadda ventil elementlari sifatida boshqariluvchi ventillar, masalan tiristorlardan foydalaniladi. «Boshqariluvchi to`g’rilagichlar» nomi odatda bevosita boshqariluvchi ventillardan tuzilgan to`g’rilagichlarga tegishli bo`ladi: Boshqari-luvchi va boshqarilmaydigan ventili to`g’rilagichlar sxemalari ishlash printsiplari bo`yicha ko`p tomondan o`hshaydi. Misol uchun quyidagi keltirilgan sxemani ko`rib chiqamiz; Sxemada boshqarilmaydigan V ventilni T tiristor bilan almashtiramiz: Bu holda Rd yuklamaga tok ochuvchi impuls tahsir qilgan moment bilan belgilanadigan vaqtda ochiladigan (ulanadigan) tiristordan o`tadi. Bunda tiristor ulanishining yana boshqa zarur sharti shuki, tiristorda kuchlanishning musbat qiymati bo`lishi kerak (ya`ni anodda musbat potentsial, katodda manfiy potentsiali). Ko`rilayotgan rasmdagi holda ohirgi shart 0 ─ π;
2π ─ 3π; 4π ─ 5π va shu tarzda bajarilmoqda.
67-rasm. Bir fazali boshqariluvchi to`g’rilagich. a─sxema; b─transformator kuchlanishi va yuklama toki diagrammalari; v─diodli sxemada to`g’rilangan kuchlanish diagrammasi; g─ tiristorli sxemada to`g’rilangan kuchlanish diagrammasi.
2. To`g’rilash jarayoni tavsifi
To`g’rilanish jarayoni to`g’rilagich sxemasining bevosita ventil elementlari tomonidan amalga oshiriladi: Adabiyotda bir taktli deb ataladigan bir fazali bitta yarim davrli to`g’rilagich sxemasida to`g’rilash jarayoni mohiyatini ko`rib chiqamiz. Sxema Tr transformatori, V ventili va aktiv yuklama hisoblangan Rd rezistoridan tuzilgan (67-rasm, a) transformatorning birinchi chulg’amiga oziqlantirish tarmog’idan sinusoidal kuchlanish beriladi. Transformatorning ikkilamchi chulg’amida ham sinusoidal kuchlanish bo`ladi Uab=√2U2Sinwt Bunda U2 ─ transformatorning ikkinchi chulg’amidagi kuchlanishning haqiqiy qiymati; ω─ oziqlantirish tarmog’i kuchlanishining burchak chastotasi.
Indeks d o`zgarmas tok tomonida sxemada tok va kuchlanish elementlarini belgilash
uchun foydalaniladi. Bu indeks inglizcha «direct»-to`g’ri (ruscha pryamoy) so`zi ning birinchi harfi. Ikkilamchi chulg’am b nuqtasida potentsial a nuqtadan yuqori bo`lganda (uab kuchlanish manfiy), V ventilga yopuvchi kuchlanish qo`yiladi va ventildan tok o`tmaydi. Ikkilamchi chulg’am a nuqtasida potentsial b nuqtadan yuqori bo`lgan holda esa (bu momentlar 67-rasmda = ωt = 0; 2π; 4π…), V ventil anodiga musbat kuchlanish qo`yila boshlanadi va ventil ochiladi (ulanadi). Natijada uab kuchlanish Rd rezistorga qo`yilgan holat yuzaga keladi, yuklama orqali id tok oqa boshlaydi: Bu id tok nolgacha pasayguncha ventil o`tkazuvchan holatni saqlab turadi: Aktiv yuklama uchun tok faza bo`yicha kuchlanishga to`g’ri kelgani uchun uab kuchlanish manfiy bo`lganda V ventil o`chadi (bu momentlarga 67-rasmda = ωt = π; 3π… dagi qiymatlar to`g’ri keladi). Ventil keyingi safar ulangunga qadar yuklamadan tok o`tmaydi. SHunday qilib Rd rezistorda faqat bir qutbli pulg’slanuvchi uab kuchlanish (67-rasm, g), yoki boshqacha aytganda to`g’rilangan kuchlanish bo`ladi