Laboratoriya mashg’uloti №4
Mavzu: Konsentrator va kommutatorni ishlashini o’rganish.
Ishning maqsadi: Konsentrator va kommutatorni ishlash metodikasini egallab olish.
Topshiriq:
Nazariy qismni o’rganish.
Konsentrator va kommutator haqida.
Bajarilgan ish haqida hisobot tayyorlash.
Nazariy qism
CorelDRAW dasturi vektorli tasvirlarni yaratishda yupqa chiziqlardan tortib har xil formaga ega mo’yqalamlardan foydalanadi. Vektor grafikasi “qo’l yordamida” chizishdan yiroq shuning uchun avval obyektning vektor konturini chizish kerak keyin esa uni qanday qilib muharrirlashni o’ylab ko’rish kerak.
Shuni nazarda tutib CorelDRAW dasturi geometrik figuralarni (to’gri turtburchak, ko’pburchak, ellips, spiral va h.) chizish va muharrirlash imkoniyatiga ega va yanada “erkin chizish” (pero, kalligrafik pero, va h.k.), gradient to’rlar (Mesh Fill) va har-xil egri chiziqlarni chizish uchun Bezie (Bezier) asboblariga ham ega.
Vektor konturlarini muharrirlashda qanday asbob bilan yaratilganidan qat’iy turda Forma (Shape) va maxsus muharrir paneli (Node Edit) (tugunlarni muharrirlaydi) foydalaniladi.
Konturlar va tayanch nuqtalar
Kontur - bu dasturning obyektlarni chizishda foydalaniladigan to’gri chiziq bo’lib obyektning strukturasini tashkil qiladi. Kontur keyinchalik To’ldirish (Fill) va Chegaralash (Outline), sifatida foydalanilib bosmaga ham chiqarilishi mumkin.Agarda konturning bazi bir parametrlari yoq bolsa oddiy holda kontur ko’rinmaydi faqat maxsus holda ko’rish imkoniyati bor va bosmaga chiqarilmaydi.
Forma (Shape) asbobi yordamida ajratiladigan kontur alohida obyekt (object) bo’lib hisoblanadi. Kontur qoplagan segmentlardan tashkil topgan bo’lib u Bezie egri chizig’i, tayanch nuqtasi,va tugunlar(nodes)dan iborat. CorelDRAW dasturida konturning uch turi mavjud. Agarda bitta tayanch nuqtasini o’zgartirilsa u bilan bog’liq forma ham o’zgaradi.
Segmentning formasi o’zgatirilgan deganimiz boshqarish nuqtalari ham o’zgarishini bildiradi.
Standart obyektlar asboblari
Standart geometrik obyektlar (to’griturburchak, kvadrat, ellips, aylana, va h.) yordamida murakkab geometrik obyektlarni chizish mumkin.
To’griturburchak asbobi (Rectangle) to’gri to’rtburchaklar, kvadrat va chetlari aylana shaklidagi to’g’ri to’rtburchaklarni chizishda foydalaniladi.
To’g’ri to’rtburchak chizish uchun asbobni ishga qo’shib sichqoncha tugmasini kerakli razmerga ega bo’lguncha ushlab turilib qo’yib yuboriladi. Agarda markazdan to’g’ri to’rtburchak chizmoqchi bo’lsak tugmasi bilan birga ishlatiladi. Kvadrat chizish uchun tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi. Obyektning parametrlarini o’zgartirish uchun obyekt ajratilib sichqonchani o’ng tomoni bosiladi va menyu ochiladi bu yerda Xossalar (Properties) dan obyektning Xossalari (Object Properties) tanlanadi. Agarda to’g’ri to’rtburchak uchlarini aylana shakliga keltirmoqchi bo’lsangiz Xossalar (Properties )dan foydalanib (Corner roundness) da har bir uchining qancha foizga aylana qilinishini ko’rsatish kerak. Har bir uchining alohida aylana qilish imkoniyati ham mavjud bo’lib u Xossalar (Property Bar) yordamida amalga oshiriladi.
Ellips asbobi (Ellipse) ellips va aylanalarni chizish uchun ishlatiladi. Ellipsni ekran markazida chizish uchun bilan birga, aylanani chizish uchun esa bilan birgalikda ishlatiladi.
Obyektning xossalarida ellipsni har xil o’zgartirishlar qilish mumkin. Bu yerda ellips tiplarini tanlash mumkin: Ellips (Ellipse), Sektor (Pie) yoki Yoy (Arc).
Obyekt (Object) guruhi asboblari
Uchta asbobdan tashkil topgan bulib ular quyidagilar: Ko’pburchak (Polygon), Spiral (Spiral), Kordinat qog’oz (Graph Paper).
Ko’pburchakni tomonlari berilgan geometrik obyekt deb tushunilsa bo’ladi. Ko’pburchak turlaridan biri yulduzcha hisoblanadi, uning uchlari qavariq ko’pburchak ishiga joylashgan va maydonni kesib o’tib tutashtirilgan tomonlardan iborat figura bo’ladi. Ko’pburchaklarni chizish tepada keltirilganlardan farqi yo’q.
Agarda bilan birgalikda chizilsa to’gri ko’pburchak chiziladi ya’ni hamma tomonlari teng bo’lgan ko’pburchak.
Parametrlarini o’zgartirich uchun Obyektning Xossalaridan (Object Properties) foydalaniladi.
Ko’pburchaklarni chizganda (Polygon) tanlaniladi va uchlari, tomonlari soni ko’rsatiladi. O’ng tomonda joylashgan oynada obyektning qanday ko’rinishdaligi ko’rsatiladi.
Uchlarining qanaqa ko’rinishda bo’lishi kerakligini (Sharpness) yordamida beriladi. Ko’pburchak (Polygon) va Yulduz (Star) turlaridan birini tanlash uchun ko’rsatgich berilgan.
Bu ko’rsatkichlar asboblar panelida Xossa (Property Bar). berilgan bo’ladi. Bu yerda shuni nazarda tutish kerakki dasturda asboblar panelidagi (Polygon Tool) ko’pburchalar parametrida ko’pburchakning yana bir turi yulduz ko’pburchak (Polygon as Star) ham mavjud.
Spiral asbobi (Spiral) asosan belgili radiusga va o’ramga ega geometrik obyektlarni chizishga mo’ljallangan. Bu asbob bilan ishlash to’g’ri to’rtburchaklarni chizishga o’xshaydi. Bu yerda spiral turini simmetrik (Symmetrical) va logarifmli (Logarithmic) dan bittasini tanlash kerak.
Eni va uzunligi teng bo’lgan spirallar tugmasini bosib turib chiziladi. Spiral parametrlarini (Property Bar) o’zgartirsa bo’ladi.
Kordinata qogozi (((Graph Paper)))
Koordinata qog’ozi (Graph Paper) yordamida oldindan berilgan parametrlar bilan katakcha quriladi. Bu katakchalarni grafiklar, diagrammalar chizganda foydalansa bo’ladi. Katakcha chizish yuqaridagi asboblarga uxshash bo’ladi, masalan to’g’ri to’rtburchak bilan ishlaganga o’xshaydi
Faqat bitta farqi katakcha o’lchami bo’ladi. U Koordinat qog’oz asbobi (Graph Paper Tool) va dialog oyna Parametrlar (Options) orqali amalga oshiriladi. Katakchalar soni eniga (Number of cells wide) nechta katakcha, katakchlar soni bo’yiga (Number of cells high) nechta katakcha joylashtirishni ko’rsatadi. Agarda kvadrat shakldagi katakcha kerak bo’lsa u holda tugmasi bilan birgalikda ishlatiladi. Parametrlarini esa Xossalar (Property Bar) dan o’zgartirsa bo’ladi.
Egri chiziqlar guruhi asboblari (Curve)
Egri chiziqlar guruhi (Curve) asboblar paneli :
Chizish,(Freehand), Bezie (Bezier), Pero (Natural Pen), O’lchovli chiziq (Dimension), boglovchi chiziqlar(Connector Line) и boglagich (Connector) iborat. Chizish (Freehand) asbobi asosan hoxlagan turdagi chiziqlarni chizishga mo’ljallangan Вu asbob yordamida chizilganda avtomatik ravishda tayanch nuqtalari tanlangan vektor konturi paydo bo’ladi. Kontur chizilgandan keyin konturni muharrirlash mumkin bo’ladi.
Bu asbob bilan chilganda mos chiziq qalinligi va rangi tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |