5.Yo’naltirish protokollari.
Yo’naltirish protokollari lokal tarmoqda kompyuterlar (tarmoq foydalanuvchilari) va stantsiyalar ( server, kommutator, marshrutizator) malumotlarni uzatishda birgalikda foydalaniladigan muhitdan quyidagicha foydalanishlari mumkin:
1. Bitta BSS tarmoq chegarasida o’zaro axborot almashinish bilan.
2. Bitta BSS tarmoq chegarasida ulanish nuqtasi – AR orqali axborot almashinish bilan.
3. Boshqa-boshqa BSS tarmoq o’rtasida ikkita ulanish nuqtalari AR1 va AR2 orqali, hamda taqsimlangan tizim DS orqali axborot almashinish bilan.
4. BSS tarmoq bilan simli lokal tarmoq o’rtasida ulanish nuqtasi AR orqali axborot almashinish bilan.
9- rasm. IBSS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq
10 - rasm. BSS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq.
11- rasm. ESS rejimida ishlovchi simsiz tarmoq.
Odatda simsiz lokal tarmoqning diametri 100-300 metr oralig’ida bo’ladi.
WiMAX ( Worldwide Interoperability for Microwave Access) – yani, mikroto’lqinli ulanish uchun barcha xolatlarda mos keladigan texnologiya – ishchi stantsiyalar va noutbuklardan tortib to mobil telefonlarni uzoq masofalarda ulashni taъminlab bera oladigan telekommunikatsion tarmoq texnologiyasidir. WiMAX texnologiyasi IEEE 802.16 standartiga asoslangan bo’lib, u asosida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
- Wi-Fi ning ulanish nuqtalarini o’zaro va Internetning boshqa segmentlari bilan ulash vazifasini;
- alohida ajratilgan liniyalar va DSLga muqobil bo’lgan simsiz kengpolosali ulanishni taminlash;
-malumotlarni uzatish va telekommunikatsion tezkor xizmatlarini amalga oshirish.
Yo’naltirish protokollarining asosiy vazifasi bo’lib tarmoqqa egalik qiluvchi korxona ishini qo’llab–quvvatlab turish hisoblanadi. Ushbu korxona xodimlarigina korporativ tarmoq foydalanuvchilari bo’lishlari mumkin. Korporativ tarmoqning tuzilishi, biz yuqorida ko’rib o’tgan zamonaviy kompyuter tarmog’i tuzilishiga deyarli o’xshash bo’ladi. Korporativ tarmoqlarda foydalanuvchilarni birlashtiruvchi lokal tarmoqlar, korporativ tarmoq tarkibiga kiritilgan bo’ladi. Bundan tashqari korporativ tarmoq tarkibiga kirgan uni tashkil etuvchi bo’linmalar birgalikda, nafaqat tarmoq egallagan xududni, balki korxonaning tuzilishi qanday ekanligini ham ko’rsatib turadi.
Korporativ tarmoqni tashkil etuvchi bo’linmalar quyidagicha nomlanadilar:
bo’limlar va ishchi guruxlar tarmoqlari;
binolar va kampuslar tarmoqlari;
magistral tarmoqlar.
Bitta bo’limda ishlaydigan, unchalik katta bo’lmagan xodimlar guruxi foydalanadigan tarmoq – bo’lim tarmog’i deb ataladi. Bu xodimlar biron-bir umumiy masalalarni yechish bilan shug’ullanadilar, masalan buxgalteriya hisobi yoki marketing. Bo’lim 100-150 ta xodimlardan iborat bo’lishi mumkin. Bo’lim tarmog’i – o’sha bo’limga tegishli hamma xonalarni o’z ichiga olgan lokal kompyuter tarmog’idir. Bo’lim bir nechta xonalarni yoki binoning biron-bir qavatini egallagan bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |