15-mavzu: MPLS texnologiyasi.
Reja:
MPLS texnologiyasi.
IP global tarmoqlari.
Masofaviy ega bo’lish
Tayanch iboralar: IP global tarmoqg’i, tarmoq kontroleri, MPLS texnologiyasi, kontsentrator, tarmoq administratori, DCE, LNT transserver, repiter, qo’sh o’ram, bir modli, kuy modli, «svetovod» kampus, universallik, adapter, kontsentrator, most, port, «shassi», kommutator.
MPLS texnologiyasi.
MPLS texnologiyasi o’zida ATM ning ishonchliligi, qulayligi va yuqori tezlikda ma’lumotlarni jo’natish imkoniyatini IP tarmoqlarida birlashtirib oldi. MPLS texnologiyning asosiy afzalligi – paketlarni kommutasiyalashda jarayoning IP adres sarlavxasi taxlilidan aloxida bo’limlarda amalga oshirilishidir. Bu xolat paketlarni kommutasiyalashda talab qilinadigan vaqtni sezilarlik ravishda qisqartiradi. Mos ravishda MPLS protokolida ishlovchi marshrutizatorlar va kommutatorlar xar bir tarmoqqa kirish nuqtasida marshrutizatsiyalash jadvaliga maxsus belgi kiritadi va bu xaqida qo’shni qurilmalarga habar beradi.
Axborotlarni tarmoqlarda yetkazish holatlari o’ziga xos muhim jixatlardan iborat. Birinchidan, kompyuterlararo aloqa bo’limi uchun ularni o’zaro jismoniy yaqinligini talab qiladi. Bu tarmoqda maxsus kabel, telefon, radio orqali berilishi ham mumkin. Axborot berish jarayonida signal o’ziga xos bo’ladi, chunkn radio, telefon, tarmoq kabeli kompyuter shinasidan tubdan farq qiladi. Albatta, axborotii to’g’ri to’planganiga eъtibor berish zarur. Buning uchun kompyuterda tarmoq (setevoy) adapteri mavjud.
Tarmoq adapteri bir qancha vazifalarni bajarish uchun dasturlangan. U protsessor yordamida boshqariladi. Tarmoq adapteri komandalar bilan boshqariladi, portlarga jo’natiladigan malumotlarni kanallar orqali yetkazib beradi, serverga so’rov jo’natadi. Tarmoq adapteri barcha malumotlarni qabul qiladi, tanlab oladi, yaъni o’ziga kerakli axborotni tanlaydi. Olingan malumot adapter buferida, to stantsiya malumotni olguncha qadar saqlaydi. SHu tariqa tarmoq adapteri malumotni to’g’ri yoki noto’g’riligini tekshiradi.
Alohida kompyuterlarning hisoblari tarmoq tuguni hisoblanadi-malumotlarni berish yo’nalishi esa aloqa kanali deyiladi. Buni yana ham aniqroq aytganda tarmoq tuguni deb kompyuterga yoki boshqa qurilmaga kirish kanali deb aytiladi. Kirish joyida doimo tarmoq adapteri turadi, bu kompyuter tarmoq tuguni tarmoq adapteri bilan moslashgan bo’ladi. Agar kompyuterga bir necha tarmoq adapterlari o’rnatilgan bo’lsa, bu kompyuter bir necha tarmoq tugunlariga moslashgan bo’ladi.
Alohida lokal aloqa tugunlari bu tarmoqda muhim rol o’ynaydi. Ko’pincha tarmoq markaziy tugunda to’planadi, katta kuch va tez ishlashni talab qiladi. Markaziy kompyuter tarmog’i server, qolgan kompyuterlar ishchi stantsiyalari deb ataladi. Ishchi stantsiyalar faqat server bilan axborot almashadi, o’zaro axborot almasha olmaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |