5.Ethernet va Fast Ethernet tarmog’i.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal satxi protokollaridan kompyuterlar, ko’priklar, kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal satxi protokollariga misol qilib - Ethernet, Fast Ethernet, Token Ring, FDDI, 100VG- AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal satxi bilan birga, undan yukorirokda turgan tarmoq va transport satxlari vazifalariga xam kiradi.
Tarmoq sathi (Ethernet) - bir nechta tarmoqlarni birlashtiruvchi yagona transport sistemasini xosil kilish uchun xizmat qiladi. Bu tarmoqlar xar xil kurinishdagi topologiyalarga ega bulishlari va kompyuterlar o’rtasida xabarlar uzatishning xar-xil tamoillaridan foydalanib ishlashlari mumkin. Tarmoqlarni o’zaro birlashtirish uchun marshrutizatorlar ishlatiladi (3-rasm). Tarmoqlar ichida, ya’ni tarmoq osti tarmoqlarda malumotlarni uzatish usha tormokning kanal satxi yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqlararo malumotlarni uzatish esa - tarmoq satxi ta’minlaydi. Bu malumotlar uzatish marshrutlarini to’g’ri tanlash vazifasini bajarish bilan amalga oshiriladi.
Tarmoq satxi xar-xil texnologiyali tarmoqlarni bir-biri bilan kelishib ishlashini ta’minlaydi. Tarmoq satxi xabarlari paketlar deb ataladi. Tarmoq satxiga tegishli ikki xil protokol mavjud:
Tarmoq protokollari (routed protocols) - paketlarni tarmoq orkali
3-rasm. Tarmoqlardan iborat tarmoq.
xarakatlanishini taъminlab beradigan protokollar.
Marshrutlash protokollari (routing protocols) - bu protokollar yordamida marshrutizatorlar tarmoqlar aro boglanishlar xakida axborot yigishni amalga oshiradilar.
Fast Ethernet tarmoq satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining IP - tarmoqlararo birgalikda ishlash protokolini va Novell stekining IPX - tarmoqlararo peketlar almashinish protokolini keltirish mumkin.
Transport satxi (Transport laer) - bu satx ilovalarga yoki stekning yukori satxlariga malumotlarni kerakli darajada ishonchlilik bilan uza- tishni taъminlab beradi. Transport satxi tomonidan xizmat kursatishning besh xil sinfi mavjud:
Tezkorlik.
Uzilgan aloqani tiklash imkoniyati.
Bir-nechta xar-xil amaliy protokollarni umumiy transport protokoli orqali bog’lab, ularni ishlashini ta’minlab berish vositalari. Bu xuddi temir yo’l transportida xar-xil yuklar ortilgan vagonlprni bir poezdga birlashtirib manzilga yetkazib berishga o’xshaydi.
Malumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
Malumotlarni uzatishda yuzaga keladigan xolatlar - malumotlarni yul davomida uchib ketishi, yuqolib qolishi va bir xil paketlarni bir necha marta uzatilishi kabi xatoliklarni tuzatishni ta’minlash.
Transport satxi va undan yuqorida joylashgan satxlar protokollari kom- pyuterlarning (stantsiyalar, serverlar va uzellarning) programma vositalari, ya’ni tarmoq operatsion tizimi tarkibidagi programmalar tomonidan amalga oshiriladi. Trasport satxi protokollariga misol qilib TCP/IP stekining TCP va UDP, xamda Novell stekining SPX protokolini keltirish mumkin.
Seanslar satxi (Sesions laer) - bu satx dialogni boshkarishni ta’minlaydi, tomonlardan kaysi biri hozirda faol ekanligini aniqlab borish vazifasini bajaradi va ishlash jarayonini bir-biriga moslashtirish vositalarini (sinxronlash) vositalarini taqdim etadi.
Taqdimlash satxi (Presentation laer) - tarmoq orqali uzatilayotgan aborotni mazmunini saqlagan xolda, shaklini o’zgartirish vazifasini bajaradi. Bu satxda malumotlarni almashinish davomida maxfiylikni ta’minlash uchun shifrlash va deshifrlash amalga oshiriladi. Bunday protokolga misol qilib Amaliy satx protokollari uchun maxfiylikni ta’minlab beradigan TCP/IP stekining SSL (Secure Socket Laer) protokolini keltirish mumkin.
Amaliy satx (Application laer) - bu shunday protokollar to’plamiki, ular yordamida tarmoq foydalanuvchilvrini tarmoq resurslariga murojaat qilish imkoniyatlari ta’minlanadi, bular - fayllar, printerlar yoki gipermatnli Web-saxifilar, xamda elektron pochta xizmati. Bu satxda juda ko’p xildagi xizmat ko’rsatish turlari mavjud. Fayl xizmatining amalga oshirilgan keng tarqalgan xillari quyidagilardir: Novell NetWare opera- tsion tizimining NCP xizmati, Microsoft Windows NT dagi SMB xizmati va TCP/IP stekiga kiruvchi NFS, FTP va TFTP xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |