3. Ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari.
Kompyuterning samaradorligini belgilovchi qurilmalar ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlari asosida ishlaydi. Ko’p mashinali hisoblash tizimlari ma’lumotlarni qayta ishlovchi va xamma xisob ishlarini kompyuter sinflari tashkil qilish asosida amalga oshiradi. Bu tizimda kompyuter yoqilgan vaqtda bajarilayotgan dasturlar va ishlatilayotgan ma’lumotlarni yagona tizim asosida boshqariladi.
Ko’p mashinali hisoblash tizimida doimiy xotira qurilmasi yoki qattiq disk, vinchester ma’lumotlarni doimiy saqlash bilan birga operativ xotiradagi ma’lumotlarni kompyuter tok manbaaidan uzilishi bilan o’chib ketishi va doimiy xotiradagi ma’lumotlar esa aksincha saqlanib qolishini nazorat qiladi.
Ko’p mashinali hisoblash tizimida kompyuterni boshqarishda video karta qurilmalari monitorga tasvirlarni uzatish uchun xizmat qiladi, yani tasvirlarni xosil qiladi, ovoz kartasi esa tovush, ovoz, musiqani xosil qiladi. Disk yurituvchi qurilma, diskovod egiluvchan magnit disklardagi ma’lumotni o’qish va unga ma’lumot yozish qurilmasi, CD-ROM disk yuritish qurilmasi kompakt (lazer) disklardagi ma’lumotlarni o’qish qurilmasi, ona plata yuqoridagi qurilmalarni birlashtiruvchi asosiy plata vazifalarini bajaradi.
Ko’p protsessorli hisoblash tizimlarida mikroprotsessor asosiy qurilma xisoblanadi. Uni 2 ta asosiy vazifasi bor .
1) aniq xisob kitoblarni ishlab chiqish
2) barcha tizimdagi kompyuterlarni ishlashini boshqarish .
Ko’p protsessorli hisoblash tizimida protsessorning turli qismlari turli vazifalarni bajaradi. Ko’p protsessorli hisoblash tizimida konstruktiv tuzilishi ko’plab mikrosxemalardan tashkil topgan bo’ladi . Protsessor dunyodagi eng murakkab qurilma xisoblangani uchun kompyuter sanoatining rivojlanishi protsessorning takomillashib borishi bilan bog’liq. Ma’lumotlarni tez bajarilnshini oshirish protsessor registrlari deb nomlanuvchi maxsus yacheykalarga operativ xotiradan bevosita yuboriladi.
Ko’p protsessorli hisoblash tizimining ishlash jarayoni milliardlab elementar operatsiyalardan tashkil topadi. Bu jarayonlarni bajarilishi protsessor konstruktsiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi. Xar bir mashina komandasi ular tomonidan bajariladigan operatsiya sinfiga qarab guruxlarga bo’linadi va ular quyidagi xarakatlarni bajaradi.
informatsiya blogini operativ xotiradan protsessor registriga joylashtiradi.
informatsiya blogini protsessor registridan operativ xotiraga joylashtiradi.
protsessor bajaradigan ishni tezlashtiradi.
Ko’p protsessorli hisoblash tizimi aslida bu yagona bir butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’liq va o’zaro xamkorlikdagi elementlar, qismlar majmuidir. Tuzilma – bu tizimning tarkibiy qismlariga bo’linishda namoyon bo’ladigan, uning yaxlitligi, faoliyat yuritishi, xarakatini ta’minlovchi, o’zaro belgilangan joylashishi va ular orasidagi aloqasining qulishi, tashkil qilinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |