Bazaviy dt umumtizimiy dt ning ahamiyatli komponentidir. ALT dasturaviy ta’minoti yaratilayotganda bazaviy DT ishlab chiqiladigan ob’yektlar qatoriga kirmaydi. Geometrik va grafik informatsiyalarga ishlov berish, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va undan foydalanish uchun mo‘ljallangan bazaviy DT bunga misol bo‘la oladi. Quruvchining avtomatlashtirilgan ishchi joyi (QAIJ) mashina grafikasining bazaviy DT yaratildi va tasdiqlandi. Uning asosini grafik kiritish-chiqarish amaliy dasturlar paketi tashkil qiladi; bu paket amaliy dastur bilan va grafikaviy qurilmalar to‘plami orasida funktsional interfeysni qurilmalar drayveri va grafikaviy drayverlar yordamida ta’minlaydi. Uning asosida ishlab chiqilgan grafikaviy hujjatlashtirishning amaliy dasturlar paketi esa maxsuslashgan dasturaviy ta’minot tarkibiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |