Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo'laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo'lib, gapning zarur qismlaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun xam u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki xatto o'rnini o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajiratilgan izoxlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirishish xususyati aniq ko'rinadi,chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izoxlaydi . Undalma gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo'laklari bilan moslashuv, boshqaruv va bitishuv aloqasiga kirisha olmaydi. Ammo u gapning ayrim bo'laklari yoki butun gap mazmuniga aloqador bo'lib, gapning zarur qismlaridan biri xisoblanadi. Shuning uchun xam u ayrim gap bo'laklari va gapning umumiy mazmuni bilan o'ziga xos grammatik aloqaga kirishadi. Ma'lum bir gapdan undalmaning chiqarilishi yoki xatto o'rnini o'zgartirilishi gapning umumiy mazmuniga ta'sir etadi, muallifning aytmoqchi bo'lgan fikri anglashilmay qoladi. Undalmaning ajiratilgan izoxlovchiga yaqin bo'lgan turida grammatik aloqaga kirishish xususyati aniq ko'rinadi,chunki undalma ma'lum bir bo'lakning ma'nosini izoxlaydi .
Masalan: Bosh turmishim turi, ko'nglimning shuuri. Bularning hammasi sen, Vatanim, onam.
Misolidagi Vatanim-onam undalmasi sen olmoshining ma'nosini izoxlaydi, aniqlashtiradi. Vatanim-onam undalmasi butun gap mazmuni bilan xam aloqadordir. Bu xil undalmaning asosiy vazifasi undalma bo'lsa xam, unda izoxlash xususyati xam bor. Bunday undalmalarning ajiratilgan izoxlardan farqi quydagicha :
1. Undalma chaqirish intonasiyasi bilan talafuz qilinadi. Ajiratilgan izoxlar esa ajiratilgan, sust intonasiya bilan aytiladi. Undalma ko'pincha butun bir gapga qaratilgan,izoxlar esa biror bo'lakni izoxlaydi, to'ldiradi. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izoxlar esa ma'lum kelishik affikslari vositasida ifodalanadi. Shunigdek, undalmalar nominativ (atov) gaplarga shaklan o'xshash bo'ladi. Biroq ulardan farqli tomonlari mavjud: - 1. Undalma chaqirish intonasiyasi bilan talafuz qilinadi. Ajiratilgan izoxlar esa ajiratilgan, sust intonasiya bilan aytiladi. Undalma ko'pincha butun bir gapga qaratilgan,izoxlar esa biror bo'lakni izoxlaydi, to'ldiradi. Undalma bosh kelishikda bo'ladi, izoxlar esa ma'lum kelishik affikslari vositasida ifodalanadi. Shunigdek, undalmalar nominativ (atov) gaplarga shaklan o'xshash bo'ladi. Biroq ulardan farqli tomonlari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |