Eksteriorizatsiya- yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat
Eksternalizm - fan rivojlanishining ijtimoiy sharoitlariga tayangan holda mazkur rivojlanish sabablarini tushunish mumkin emasligini ta’kidlaydilar.
Erkin tadqiqot (izlanish) - odatda individual xususiyat kasb etadi yoki ish maqsadini mustaqil belgilash va unga zarur bo‘lgan mablag‘larni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish imkoniyatiga ega bo‘lgan olim tomonidan boshqariladi.
Ehtimoliy-statistik metodlar - barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko‘plab tasodifiy omillarning ta’sirini e’tiborga olishga asoslanadi.
Ehtiros - ijod jarayoniga tegishli bo‘lgan biror narsani qadriyat sifatida baholash yoki bilish usuli
Yaxlit xossalar – ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Yaxlitlik tamoyili – tadqiq qilinayotgan ob’ektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa ob’ektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o‘zaro aloqada bilish.
Professor-o’qituvchi: Ish joyi:. Bog’lanish uchun telefon nomeri: E-mail: (Eslatma: tayanch Sillabus asosida har bir o’qituvchi o’zining individual-shaxsiy ishchi dasturini tuzadi). Prerekvizitlar: Mazkur fanni o’zlashtirgunga qadar magistrantlar quyidagi fanlarni o’zlashtirgan bo’lishlari shart: “Falsafa”, “Mantiq, etika va estetika”
Postrekvizitlar: Fan tugallanganidan so’ng, magistrantlar quyidagi modular bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim: “Ilmiy tadqiqot metadologiyasi”
Fanni o’rganishning zaruriyati. “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani 1-kurs barcha mutahasisliklardagi magistrantlarga umum metodologik fanlar qatorida o’quv yilining 2- semester davomida o’qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu fan magistrant talabalarga Ilmiy tadqiqotlarni asosiy tushunchalari ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularni Ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperementlarni bajarish usullarm, olingan natijalarini ishlab chiqish va taxlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etishdan iboratligi-bu fanni ijtimoiy hayotda muxim ekanligini ko’rsatadi va zaruratga aylantiradi.
Fanning maqsadi – magistrlarning ilmiy tadqiqot dasturini tuzish va unda nazariya va amaliyot birligiga rioya qilish malakalarini shakllantirishdan iborat. Magistrantlarni ilmiy faoliyatga tayyorlash- mazkur fanning asosiy maqsadlaridan biridir.