Andijon davlat universiteti



Download 223,5 Kb.
bet1/2
Sana17.10.2019
Hajmi223,5 Kb.
#23675
  1   2
Bog'liq
6.05. Иш юритишни ташкил этиш

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI

Ro’yhatga olindi.

Tasdiqlayman”

_________________

O’quv ishlari bo’yicha prorektor:

201__ “__” __________

________t.f.n. dots. M. To’rayev




____ __________2013 - yil

ISH YURITISHNI TASHKIL ETISH



FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI

Bilim sohasi: 100000 – Ta`lim

Ta’lim sohasi: 140000 – O‘qituvchilar tayyorlarsh va

pedagogika fani

Ta’lim yo‘nalishi: 5141500– “Milliy g‘oya, ma’naviyat

asoslari va huquq ta’limi”



Andijon - 2013
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.

Tuzuvchilar:


Imomov R. – ADU, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi ” kafedrasi dotsenti, yuridik

fanlari nomzodi.
Sodiqova M. – ADU, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi ” kafedrasi, katta o‘qituvchisi;

Egamberdievа G.– ADU, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi ” kafedrasi, katta o‘qituvchisi;


Taqrizchilar:

Asqarov Sh. – ADU, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi ” kafedrasi dotsenti, tarix fanlari

nomzodi;


Madumarov T. – ADU, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va

huquq ta’limi ” kafedrasi dotsenti, yuridik

fanlari nomzodi.

Fanning ishchi o’quv dasturi “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi ” kafedrasining 2013 yil “26” avgustdagi “1” – son yig’ilshida muhokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.



Kafedra mudiri: __________yu.f.n. Imamov R.

Fanning ishchi o’quv dasturi Andijon davlat universiteti Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti kengashining 2013 yil 27 avgustdagi 1 – son majlisida muhokama etildi va ma'qullandi.



Fakultet kengashi raisi: _____________ dotsent Rasulov B.

Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i: _____ dotsent Abdullayev Q.

Kirish
Ushbu ishchi o`quv dasturi mehnat huquqi fanining predmeti, maqsad va vazifalari, ish yuritish tushunchasi, asosiy printsiplari, mehnat shartnomasi, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari, ish vaqti, ish xaqi, kafolatli va kompensatsion to’lovlar, mehnat intizomi va javobgarlik, mehnatni muxofaza kilish, davlat ijtimoiy sug’urtasi to’g’risidagi masalalarni o’z ichiga oladi.

Shuningdek, jamiyatni demokratlashtirish va iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida isloh qilishda mehnat-huquqiy voqeliklarning ahamiyati va o’rni ochib beriladi.

Dastur bo’lajak pedagoglarda mehnat -huquqiy voqeliklarga doir bilim va ko’nikmalarni shakllantirish va olgan bilim va ko’nikmalarini amaliyotga qo’llay olish masalalarini ham yoritadi.

Fanning maqsadi va vazifalari


  1. Fanning maqsadi - talabalarni O’zbekiston Respublikasi mehnat va bandlik sohasidagi huquqiy siyosat mohiyatini tushunib yetishga ko’maklashish, mehnat qonunchiligining asosiy tushunchalari va qoidalari bilan tanishtirishdan iborat. “Ish yuritish tashkil etish” fani ish yuritini tashkil etish haqida mustahkam bilimlar, barqaror ilmiy dunyoqarashni shakllantirishga mo’ljallangan.



Fanining vazifalari - talabalarga fuqarolarning mehnat qilishga bo’lgan huquqiva ushbu huquqni taminlashning konstitusiyaviy kafolatlari haqida chuqur nazariy bilimlar berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlar va ularning mazmunini tashkil qiluvchi unsurlar haqida to’liq malumotlar berish, mehnatga oid huquqiy munosabatlar subektlari, ularning huquq va majburiyatlari haqida malumotlar berish, mehnat qilishga bo’lgan huquqiy kafolatlarning aniq turlari haqida talabalarda tushuncha hosil qilish, mehnat shartnomasi tuzish va uning mazmuni, shartnomani o’zgartirish va bekor qilishda taraflarning huquqlarini taminlash, mehnat huquqiy kafolatlar va ularni amalga oshirilishi, mehnatni muhofaza qilish, mehnat nizolari va ularni hal etishning huquqiy vositalari haqida yetarli tasavvur hosil qilishdan iborat.
Fan bo’yicha talabalarning bilimi, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar

Fanni o’zlashtirgandan keyin talaba:



  • mehnat shartnomasi, jamoa shartnomasi va jamoa kelishuvi, ish va dam olish vaqti, kafolatli to’lovlar, mehnat nizolari, mehnat muhofazasi va uning huquqiy asoslari haqida tasavvurga ega bo’lishi lozim.

  • mehnatga oid huquqiy munosabatlar;

  • aholini ish bilan ta'minlash va mehnat resurslaridan foydalanishni huquqiy tartibga solish;

  • mehnatga haq to’lashni huquqiy tartibga solishni bilishi va qo’llay olishi lozim.

  • mehnat huquqimanbalari bilan ishlash;

  • mehnat shartnomasi asosida fuqarolarning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishdagi o’rni;

  • mehnat shartnomasi tomonlarining o’zaro moddiy javobgarligini to’g’ri ko’rsata bilish yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’lishi lozim.

Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi

“Ish yuritishni tashkil etish” fani tanlov fan fan bo’lib, 7-semestrda o’qitiladi. Ushbu fan 5111600 – “Milliy g’oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo’nalishi o’quv rejasida rejalashtirilgan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (O’zbekiston tarixi, huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, falsafa, mantiq, pedagogika, psixologiya va h.k.) dan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlikni talab etadi.

“ Ish yuritishni tashkil etish ” fani o’quv rejadagi davlat va huquq tarixi va nazariyasi, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi, xalqaro, ma'muriy, ekologiya kabi fanlar o’rganilib bo’lganidan so’ng uzviy ketma-ketlikda va o’zaro bogliqlikda o’rganiladi.

Fanning ta’limdagi o’rni

Fan tarkibida jinoyat huquqi tushunchasi, predmeti, uslubi va vazifalari, tamoyillari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tushunchasi, jinoyat tarkibi, jinoyatda ishtirokchilik, qi’lmishning jinoiyligini istisno qi’luvchi holatlar, jazo va uning turlari, jazoning qo’llanilishi, jinoiy javobgarlik va jazodan ozod qi’lish, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari, voyaga yetmaganlarning jinoiy javobgarligi va uning xususiyatlari, jinoyat turlari kabi masalalarning nazariy asoslari huquqshunos mutaxassislar va pedagoglar uchun talab etiladi. Ushbu fan huquqshunoslik fanlari tarkibida muhim fan sifatida o’rganiladi.



Fanni o’qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Talabalarning “ Ish yuritishni tashkil etish ” fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhimdir.

Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma'ruza matnlari, didaktik - tarqatma materiallar, internet materiallari, elektron materiallar, ko’rgazmali qurollar hamda har bir darsga tegishli yangi pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.



Fanni o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta'lim jarayonini optimallashtirish uchun omil bo’ladigan pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi. Dars jarayonida ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalardan (“Aqliy hujum”, “Venna diagrammasi”, “T-chizma”, “Erkin yozish”, “Bir-biridan so’rash” “Klaster” metodi, “Bumerang”, “Tarozi” texnologiyasi va boshqalar) tanlab olish imkoniyatidan foydalaniladi.

Bundan tashqari pedagogik jarayon natijalarini xolisona baholashda test usuli, reyting tizimi, talabaning bilim va ko’nikmalarini egallash jarayonini nazorat etish usullaridan foydalaniladi.

Pedagogik texnologiyalar asosida yaratilgan fanga oid o’quv uslubiy majmualar tayyorlanadi.

“Ish yuritishni tashkil etish” fanini loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:



Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim. Bu ta’lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta’limni loyihalashtirilayotganda, albatta, ma’lum bir ta’lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kelgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kelib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.

Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‘zida mujassam etmog‘i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi.

Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‘z-o‘zini faollashtirishi va o‘z-o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.

Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.

Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob’ektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.

Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.

O‘qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta’lim, keys-stadi, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.

O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.

O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.

Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar. Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, oraliq va joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.

Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.

Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.

“Ish yuritishni tashkil etish” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan foydalaniladi. Ayrim mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi fanga oid saytlrdan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.


Ish yuritishni tashkil etish” fanidan mashg’ulotlarning mavzular va soatlar bo’yicha taqsimlanishi:




Mavzular nomi

Ajratilgan soat

ja`mi

ma`ruza

Amaliy

laborat.

seminar

mustaqil ta’lim

1

Boshqaruv faoliyatini hujjatlashtirish.

6

2







2

2

2

Kelgan xat- xabarlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish va jo‘natish.

6

2







2

2

3

Hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni tashkil etish.

8

2







2

4

4

Hujjatlar yig‘majildlari nomenklaturasini tuzish va hujjatlar yig‘majildlarini shakllantirish.

8

2







2

4

5

Hujjatlarni idoraviy arxivga topshirishga tayyorlash.

8

2







2

4

6

Hujjatlarni idoraviy arxivda saqlash va ularning vaqtincha foydalanishga berish tartibi.

8

2







2

4




Jami:

44

12







12

20

Download 223,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish