Metod - (yunoncha, methods - tadqiqot, tekshirish) - bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi.
|
Tajribada qo’ullaniladigan metodlar sirasiga quyidagalarni kiritish mumkin.
1. Ko'zatish metodi. Kishining har kungi psixik faoliyatini odatdagi hayot va sharoitlarida tahlil qilishdan iboratdir.
Yosh davrlar psixologiyasi bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini-o’zi) ko'zatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni ko'zatish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
a) ko'zatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
b) ko'zatiladigan ob’ekt tanlanadi;
v) sinaluvchining yoshi, jinsi haqida ma’lumotlar to’planadi;
g) tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
d) ko'zatish qancha davom etishi qat’iylashtiriladi;
e) ko'zatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat, sportda) amalga oshirilishi tavsiya etiladi;
yo) ko'zatishning shakli (yakka, guruh, jamoa) tayinlanadi;
j) ko'zatilganlarni qayd qilib borish vositalari (kundalik, suhbat daftari, ko'zatish varaqasi, magnitofon, videomagnitofon va boshqalar) taxt qilinadi.
Ko'zatish orqali turli odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, nutq faoliyati va hokazolari o’rganiladi. Ammo, o’ta murakkab ichki isixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql-zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni yetmaydi.
2. Eksperimept metodi. Sun’iy hosil qilingan psixologik sharoitda namoyon bo’luvchi psixik faoliyatni tahlil qilishdan iboratdir. Eksperimentator yoki tajriba o’tkazuvchi psixik faoliyatning o’ziga kerakli hodisasini maxsus tarzda hosil qiladi hamda uning namoyon bo’lish sharti va xarakterini belgilaydi. Tajriba metodi o’z navbatida tabiiy va laboratoriya metodlariga ajratiladi.
Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda A.F.Lazurskiy yaratgan. Tabiiy metoddan foydalanishda ishlab chiqarish jamoalari a’zolarining, ilmiy muassasalar hodimlarining, o’qituvchilarning ish qobiliyatlari, o’zaro munosabatlarini, mutaxassislikka yaroqliligi muammolarini hal qilish nazarda tutiladi. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari be xabar bo’lishi, Ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko’pincha individual (ba’zida guruh yoki jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatkichli va ilovalardan foydalanib olib boriladi. Hozir inson psixikasi o’zgarishlarini aniqlaydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari, qurilmalar, moslamalar mavjud. Ko’pincha elektron va radio o’lchagichlar, sekundomer, refleksometr, elektroentsefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |