Ilk bolalik davri - tugilgandan 3 yoshgacha;
Bogcha davri - 3 yoshdan 6, 7 yoshgacha;
Kichik maktab yoshi davri - b, 7 yoshdan 10, 11 yoshgacha;
O’rta maktab yoshi (o’smirlik davri) - 10, 11 yoshdan 14, 15 yoshgacha;
Ilk o’spirinlik (kollej va litsey o’quvchilari)- 14, 15 yoshdan 17,
18 yoshgacha.
Umuman, psixologlar tomonidats g?sh davrlarini tabaqalashtirishning puxta, ilmiy-metodol-ogik negizga ega bo’lgan qator nazariyalari ishlab chiqilgan. Hozirgi kunda ular ontogenetik qonuniyatlarni yoritishga katta hissa qo’shib, uning nazariy va amaliy muammolarini hal qilishda muqim o’rin egallab kelmoqda. Biroq, shunday bo’lsada, hozir ontogenezni tula yoritishga xizmat qila Ьladigan nazariyasini yaratish zaruriyati mavjuddir.
Mavzu yo'zasidan savollar:
1.Psixik taraqqiyotning omillari, shartlari va xarakatlantiruvchi
kuchlari xaqida ma’lumot bering?
2.Psixik taraqqiyot va Ta’limning o'zaro munosabati deyilganda
nimani tushunasiz?
3.Psixik taraqqiyotning qonuniyatlari nimalardan iborat?
4.Etakchi faoliyat deyilganda nimani tushunasiz?
5.Yosh davrlarini tasniflab bering?
6.Yosh davrlarini tabaqalash haqidagi turli nazariyalar haqida
ma’lumot bering?
3-Mavzu: SHAXS SHAKALLANISHI VA PSIXIK RIVOJLANISH PSIXOIJTIMOIY NAZARIYASI.
Reja:
1 Shaxsni o’rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi
2.Shaxsning ijtimoilashuvi muammolari
3.Shaxs va jamiyat.
Tayanch so’z iboralar: individ,shaxs,shaxsning ijtimoiylashuvi,shaxs va jamiyat,ijtimoiy ustanovkalar, ijtimoiy norma, ijtimoiy sanksiya,ijtimoiy ro’l.
Shaxsni o’rganishning ijtimoiy psixologiya uchun o’ziga xosligi
Muloqot jarayonining ham, guruhiy jarayonlarning hamda egasi—sub’ekti hamda ob’ekti aslida alohida shaxs, konkret odamdir. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiya alohida shaxs muammosini ham o’rganadiki, uni o’sha turli ijtimoiy jarayonlarning ishtirokchisi va faol amalga oshiruvchisi degan nuqtai nazardan tekshiradi. Ma’lumki, shaxs muammosi umumiy psixologiyada ham, yosh psixologiyasi va pedagogik psixologiyada ham, differensial, huquqiy psixologiya va psixologiyaning qator maxsus bo’limlarida ham o’rganiladi. Har bir bo’lim yoki tarmoq uni o’z mavzui va vazifalari nuqtai nazaridan shaxsga taalluqli bo’lgan muammolarni yoritadi. Masalan, umumiy psixologiya shaxsni psixologik faoliyatning mahsuli, alohida psixik jarayonlarning egasi deb hisoblasa, sotsiologiya uni ijtimoiy munosabatlarning ob’ekti deb qaraydi.
Shaxs muammosiga ijtimoiy-psixologik yondashishning o’ziga xosligi shundaki, u turli guruhlar bilan bo’ladigan turli shakldagi o’zaro munosabatlarning oqibati sifatida qaraladi. Ya’ni, ijtimoiy psixologiya avvalo biror guruhning a’zosi hisoblangan shaxs xulq-atvori qanday qonuniyatlarga bo’ysunishini, shaxsning muloqotlar sistemasida olgan ta’sirlari uning ongida qanday aks topishini o’rganadi. Guruhning shaxs psixologiyasiga ta’siri qay yo’sinda sodir bo’lishi ijtimoiy psixologiyada sotsializatsiya, ya’ni ijtimoiylashuv muammosi bilan o'zviy bog‘liq bo’lsa, bu ta’sirlarning shaxs hatti-harakatlari, xulqida bevosita qanday namoyon bo’lishi ijtimoiy yo’l-yo’riqlar muammosi bilan bog‘liqdir. Ana shular asosida shaxsda shakllanadigan fazilatlar va ularning turli tipdagi shaxslarda namoyon bo’lishini aniqlagan holda, shaxs xulq-atvorini boshqarishmexanizmlarini ishlab chiqish ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |