O‘qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o‘rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O‘qitish vositalari: o‘qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan bevosita o‘zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: ko'zatish, blits-so‘rov, oraliqva joriy va yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o‘quv mashg‘uloti bosqichlarini belgilab beruvchi texnologik karta ko‘rinishidagi o‘quv mashg‘ulotlarini rejalashtirish, qo‘yilgan maqsadga erishishda o‘qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o‘quv mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning natijalarini rejali tarzda ko'zatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki yozma ish variantlari yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
“Yosh davrlari psixologiyasi” fanini o‘qitish jarayonida kompyuter texnologiyasidan, “Excel” elektron jadvallar dasturlaridan foydalaniladi. Ayrim Mavzular bo‘yicha talabalar bilimini baholash test asosida va kompyuter yordamida bajariladi. “Internet” tarmog‘idagi rasmiy ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi, tarqatma materiallar tayyorlanadi, test tizimi hamda tayanch so‘z va iboralar asosida oraliq va yakuniy nazoratlar o‘tkaziladi.
Innovatsion texnologiyalar talabalarning faol hayotiy munosabatlarini shakllantirishga qaratilgan. Ularga o’quv jarayonidagi yangi shakldagi intreaktiv usullar kiradi. Talabalar dars jarayonida Mavzuni o’zlashtirish uchun doira shaklida o’tiradilar.
Psixologik Ta’lim tizimiga mediatsiyaga kirish texnologiyasini kiritish mumkin. Talabalarda vujudga kelgan ijtimoiy nizolarni neytral vositachi - Mediator ishtirokida tinch yo’l bilan hal etishni o’rgatish. Bu holatda talabalar insonlarga beg’araz yordam berishning o’ta muhim tartib va vazifa ekanligini tushunib yetadilar. Bu texnologiya bugungi kunda rivojlangan horijiy mamlakatlarning jumladan, Amerika Qo’shma shtatlari, Germaniya, Yaponiya va Rossiya davlatlarining oliy Ta’lim muassasalarida Ta’lim va Ta’lim jarayonlarini tashkil etishda keng qo’llanilmoqda. Biz quyida dars jarayonida mediatsiya texnologiyasini qo’llash masalasini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |